So’nggi yangiliklar

17:23Хитой футбол ассоциацияси собиқ вице-президенти 11 йиллик қамоқ жазосига ҳукм қилинди  0 16:55"Ал Насср" Роналдунинг ёнига Мессини олиб келса ҳам, "Ал Ҳилол"ни енга олмайди"  2 16:34FourFourTwo портали АПЛ тарихидаги энг яхши дарвозабон номини эълон қилди, бу Шмейхель эмас  3 16:12Манба: Эмери Феликсга ҳар куни қўнғироқ қилмоқда  2 15:50Перуда ғалати ҳодиса: футболчи ўйин пайтида қовуғини бўшатди  3 15:28Клопп қайтмоқда!  4 15:07Холанд: "Қизиқчи йигит"  1 14:53Сунъий интеллект АПЛнинг барча даврлар рамзий термасини тузди  19 14:32"Навбаҳор" – "Бунёдкор" учрашувини ким шарҳлаб боради?  6 14:15"Майдонга туш азартда, кўзинг қизил ғазабда!"  1 14:05"Пахтакор" Абдуманноповнинг дубли эвазига "Локо"ни таслим қилган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  1 13:55Элит ОЧЛ. "Пахтакор"нинг 1-турдаги рақиби сафидаги энг машҳур легионер ким? У Жаҳон ва Европа чемпионатларида гол урган  6 13:42Елкасидан жароҳат олган Сардор Рашидовнинг ҳолати қандай?   10 13:25Наманган вилояти ҳокими ўринбосари "Навбаҳор"га ҳомийлик учун пул олиб, шахсий манфаатларига ишлатиб юборгани аниқланди  40 12:58"Реал" тарихда 20-бор мавсумни дуранг билан бошлади. Улардан нечтасида "Мадрид" чемпион бўла олган?  8

35 yillik ayriliq: "Paxtakor-79"ni xotirlab Yangiliklar

35 yillik ayriliq: "Paxtakor-79"ni xotirlab

Ushbu sanada "Paxtakor" aviahalokat tufayli 17 nafar o'g'lonidan ajralib qolgan. Biz esa o'sha jamoa azolarini xotirlagan holda mudhish halokat tafsilotlari to'g'risida eslab o'tsak.
1979 yilning 11 avgusti. Toshkent vaqti bo'yicha soat 13dan 35 daqiqa 38 soniya o'tgan. SHu lahzada Toshkent-Gurev-Doneck-Minsk reysida parvoz qilayotgan TU-134 samolyoti CHelyabinsk-Kishinyov reysini bajarayotgan shu rusumdagi boshqa samolyot bilan to'qnashib ketdi. Fojea erdan 8400 metr balandlikda yuz berdi va ikki samolyot bortida bo'lgan 178 kishi halok bo'ldi. Ular orasida o'sha vaqtda o'zbek futbolining faxri hisoblangan Paxtakorning 17 nafardan iborat tarkibi ham bo'lgan. Afsuski, dispetcherning xatosi ikki yuzga yaqin insonlarni bu hayotdan olib ketdi.
 
O'sha kuni Xarkovdagi havo harakatlarini boshqarish markazida 6 nafar dispetcher navbatchilik qilayotgandi. Bo'lim boshlig'i Sergeev yosh Nikolay Jukovskiyni ish o'rniga o'tkazdi va unga rahbarlik qilib turishni Vladimir Sumskoyga topshirdi.
 
O'sha kuni bu hududda ob-havo unchalik yaxshi emasdi. Osmonni bulutlar egallagan bo'lib, ular 8-9 kilometr balandlikda ham qalin joylashgandi. 65735 bort raqamli Tu-134 samolyoti Moskva vaqti bilan soat 13:11da Doneckdan havoga ko'tariladi. A.S.Komarov boshchiligidagi ekipaj azolari 77 yo'lovchini manzillari tomon etkazib qo'yishlari zarur edi. 12:53da Voronejdan uchgan boshqa bir Tu-134 esa 65816 bort raqamiga ega bo'lib, unda A.A.Taranenko komandirlik qilayotgandi. Moldaviyaga tegishli samolyot salonida 88 nafar yo'lovchi ro'yxatga olingandi. Ulardan 16 nafari 12 yoshgacha bo'lgan bolalar bo'lgan.
 
11 avgustda sodir bo'lgan voqealar quyidagi holatda yuzaga kelgan.
7:50. Xarkov havo harakatlarini boshqarish markazida rahbar Sergeev janubiy-g'arbiy yo'nalishga masul etib katta tajribaga ega bo'lmagan Jukovskiyni qo'ydi. Uning harakatlarini nazorat qilishni esa birinchi klassli dispetcher Sumskoyga topshiradi. Vaholanki, bu hudud sobiq SSSRda samolyotlar eng ko'p uchib o'tadigan yo'lga ega edi. Odatiy kunlarda ham ushbu joy osmonida boshqa hududlardan ko'ra ish ancha qizg'in bo'lardi.
13:17. Moldaviyaga qarashli Tu-134 samolyoti Xarkov markazi bilan aloqaga chiqdi. Komandir 9600 metr balandlikni egallashni so'radi. Lekin Jukovskiy unga bu yo'l band bo'lishini aytib, rad javobini berdi.
 
Keyin esa aloqaga Minskka tegishli bo'lgan Tu-134 chiqib, komandir Komarov samolyot 5700 metr balandlikda ekanini aytib, o'zi uchun belgilangan 9600 metr masofaga ko'tarilishni so'radi. Har ikki samolyot yo'nalishi Dneprodzerjinsk tumani osmonida to'g'ri burchak ostida kesishar, lekin oradagi farq bir daqiqani tashkil etardi. Biroq Jukovskiy hisobda adashib ketadi hamda ikki samolyot uchib o'tish farqi 3 daqiqa deb belgilab oladi. SHu sababli u Komarovga 7200 metr balandlikni egallashga buyruq beradi.
 
13:34. Minsk ekipaji 8400 metr balandlikka ko'tarilishga buyruq oladi hamda navbatdagi buyruqni kuta boshlaydi. CHunki bu yo'ldan Il-62 uchib o'tishi lozim edi. Va Jukovskiy yana bir xatoga yo'l qo'yadi. Buni Paxtakor uchayotgan samolyot komandirining aloqaga chiqib aytgan so'zlaridan payqagan Sumskoy boshqaruvni qo'lga oladi hamda uchuvchilar bilan aloqaga o'zi chiqishni boshlaydi.
13.34.07: - 676chi (Il-62ning bort raqami), 9600 metr balandlikni egallang.
13.34.28: - 735chi, siz esa 9000 metr balandlikka o'ting. Dneprodzerjinskda 8440 metr balandlikda yo'llar kesishadi.
 
Javob esa quyidagicha yangraydi:
- Tushundim, 8400.
 
Sumskoyning xatosi shunda bo'lganki, u javobni qaysi samolyot komandiri aytganini so'rab, tasdiqlatishni esdan chiqargan. Har ikki dispetcher buyruqni kim bajarganini so'rashni yoki lokatorga qarab, samolyotlar qaysi yo'nalishda harakat qilayotganini tekshirishni unutishgan.
 
13.35.38: 95 daraja burchak ostida 65916 raqamli Tu-134A shu rusumdagi 65735 raqamli boshqa bir samolyot bilan to'qnashib ketadi. Har ikki samolyot uchuvchilari qalin bulut tufayli qarshisidagi samolyotni ko'rish imkoniyatiga ega bo'lishmagan. 8300 metr balandlikda Moldaviya samolyoti Minskka qarashli samolyotning qanot qismiga kelib urilgan. Komarov Paxtakor uchayotgan layner boshqaruvini 4500 metr balandlikkacha germetizaciya buzilgan holatda ham ushlab turgan, biroq shundan keyin samolyot keskin ravishda qulashni boshlagan.
Halokat to'g'risida birinchi bo'lib o'sha payt havoda bo'lgan AN-2 samolyoti ekipaji xabar beradi: Kurilovka hududida qulayotgan samolyot qismlari ko'zga tashlanmoqda. Menimcha, bu TU-134 parchalari.
 
Ikki laynerning 8400 metr balandlikdagi to'nashuvi natijasida 178 nafar inson halok bo'ldi. 9 oydan keyin bo'lib o'tgan sudda Jukovskiy va Sumskoy ustidan sud qarori elon qilindi. Ular umumiy rejimda 15 yildan ozodlikdan mahrum etildilar. Boshqa javobgar shaxslar esa suvdan quruq chiqishgan.
 
Ushbu halokatdan juda ko'pchilik o'zini yo'qotib qo'ygan. CHunki o'sha mavsumda Paxtakor ishonchli o'yin ko'rsatib, yuqori o'rinlardan joy egallashga haqli ekanligini isbotlab kelayotgandi. Hatto, bazi mutaxassislar jamoaning yaqin yillar ichida Evrokuboklarda o'ynashi mumkinligi to'g'risida taxmin qilayotgandi. Fojea oqibatida nafaqat ko'plab insonlar halok bo'ldi, balki bu o'zbek futbolining rivojlanishiga ham o'zining salbiy tasirini ko'rsatdi. Tasavvur qiling, o'shanda bizning eng yaxshi futbolchilarimiz dunyodan ko'z yumdi. Natijada bir butun bir avloddan ajralib qoldik. Agar o'sha halokat bo'lmaganda futbolimiz hozirgi saviyasidan ikki-uch barobar yuqoriroq bo'lishi mumkin edi. Samoda halok bo'lgan o'yinchi va jamoa azolarining ro'yxati mazkur insonlardan iborat:
 
Idgay Borisovich Tazetdinov         13.01.1933      Murabbiy
Vladimir Vasilevich CHumakov      08.12.1932      SHifokor
Mansur Inomjonovich Tolibjonov          04.04.1944      Mamur
Mixail Ivanovich An          19.11.1952      Yarim himoyachi
Vladimir Ivanovich Fyodorov        05.01.1956      Hujumchi
Olim Masolievich Ashirov 25.01.1955      Himoyachi
Ravil Rustamovich Agishev            14.03.1959      Himoyachi
Konstantin Aleksandrovich Bakanov         25.05.1954      Yarim himoyachi
Yuriy Timofeevich Zagumennix      07.06.1947      Himoyachi
Aleksandr Ivanovich Korchyonov      04.05.1949      Yarim himoyachi
Nikolay Borisovich Kulikov         25.04.1953      Himoyachi
Vladimir Vasilevich Makarov     09.03.1947      Yarim himoyachi
Sergey Konstantinovich Pokatilov          20.12.1950      Darvozabon
Viktor Nikolaevich CHurkin           25.01.1952      Hujumchi
Sirojiddin Ahmadovich Bozorov  10.08.1961      Hujumchi
SHuhrat Mo'sinovich Eshbo'taev        08.02.1959      Hujumchi
Vladimir Valievich Sobirov         14.01.1958      Hujumchi
 
 
SHu tariqa ishqibozlarni armonda qoldirib, Paxtakor aviahalokatga uchradi. Tez fursat ichida Toshkentga boshqa jamoalardan futbolchilar chaqirilib, jamoa mavsumni davom ettirdi. Uch mavsum mobaynida jamoaga oliy ligadan tushib ketmaslik imkoniyati taqdim etildi. Lekin hayotdan ko'z yumgan butun bir jamoa o'rnini hech kim va hech narsa bosa olmasdi. O'sha mashum halokat tufayli ko'p ming sonli ishqibozlar futboldan butunlay ko'ngil uzishdi. Paxtakorchilarning oila azolariga qanchalik qiyin bo'lganligini tasavvur qilish mushkul bo'lmasa kerak. Navbatdagi uchrashuvlarga tashrif buyurgan muxlislar ko'zlarida yosh bilan yangi jamoa ishtirokidagi o'yinni kuzatib borishardi.
 
Bugun... Bugun esa yangi tong otmoqda. Kimlarningdir qalbida yangi orzular bilan, kimlardadir esa unutib bo'lmas xotira va armonlar. Biz esa paxtakorchilarni yodga olamiz. Aslida ular har doim bizning qalbimizdagi, bizning yodimizda. Sizlarni hech qachon unutmaymiz, "Paxtakor"ning chinakam o'g'lonlari!
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика