3-tur o'yinlaridan birida to'rtta hakamlik xatosi bo'ldi. Hakamlik bo'yicha ekspertimizdan tahlil
19 mar 15:00
Yangiliklar
3-tur o'yinlaridan birida to'rtta hakamlik xatosi bo'ldi. Hakamlik bo'yicha ekspertimizdan tahlil
Championat.Asia'ning hakamlik bo'yicha eksperti, rossiyalik sobiq hakam Anatoliy Sinyaev ("Alyo, ref!" telegram kanali) Superliga 3-tur o'yinlaridagi hakamlik bilan bog'liq bo'lgan eng bahsli vaziyatlarni tahlil qildi.
✅ "Lokomotiv" - "Paxtakor"
Hakamning yaxshi va tezkor qarori. So'zsiz penalti. "Paxtakor" himoyachisi ehtiyotsizlik sabab fol qayd etdi. Hakam yaxshi poziciyada turgandi.
❌ "Neftchi" - "Metallurg"
"Neftchi" o'yinchisi tomonidan qizil kartochkaga yaqin juda qattiq fol. Qizil kartochka uchun yuqori ko'tarilgan oyoq va folning yuqori intensivligi bo'lishi kerak. Hakamning qanday qaror chiqarishga shubhalanib qolgani ko'rinib turibdi.
Afsuski, katta planda takroriy lavha yo'q va biz asosiy narsani ko'rmayapmiz. O'yinchi tishlari bilan raqibga tegmoqdami? Agar tekkan bo'lsa, aynan qaerga. Agar fol toyib ketish natijasida bo'lgan bo'lsa, qarorni tushunish mumkin. Agar "Neftchi" o'yinchisi tishlari bilan raqibning tizzasiga tekkan bo'lsa uni chetlatish kerak edi. Ko'proq qizil kartochka tarafdoriman.
❌ "So'g'diyona" - "Olimpik"
Agar VAR'da takroriy lavhalardagi kameralar bo'lsa, assistentning ofsayd haqidagi qarorini bekor qilish mumkinmas: uning yaqqol xatoga yo'l qo'yganiga isbot yo'q.
Ajablanarlisi, VAR hujum nimadan boshlanganiga etibor qaratmadi. Bosh fazada "So'g'diyona" futbolchisi qo'l bilan o'ynadi va sakrash paytida raqibining elkasiga o'zini tashladi. VAR bosh hakamni folni baholash va gol haqida qaror qabul qilish uchun monitorga chorlashi kerak edi.
Menimcha, agar hujumning boshi haqida gapirsak, "So'g'diyona"ning golini hisobga olmaslik uchun asos bor edi.
❌ "So'g'diyona" - "Olimpik"
Penalti "Olimpik" foydasiga noto'g'ri belgilandi, bu hakamning yaqqol xatosi. VAR vaziyatga aralashishi kerak edi. "Olimpik" o'yinchisi raqib kabi poziciya uchun kurashda qo'lni ishlatdi. Ularning kontakti yiqilish uchun etarli emas, u juda ham "engil". SHu bilan birga, hujumchi himoyachi chiqarib yuborgan to'pga o'ynash uchun hech qanday imkoniyatga ega emasdi. Hakamning qo'pol xatosi.
❌✅ "So'g'diyona" - "Olimpik"
Agar hakam "Olimpik" o'yinchisini qo'l bilan ushlashni qayd etgan bo'lsa, unda u gol urish uchun yaqqol imkoniyatdan mahrum etgani uchun "So'g'diyona" himoyachisiga qizil kartochka ko'rsatishi kerak. Hujumchi keyingi teginish bilan jarima maydonchasi tashqarisidan zarba berishi mumkin edi. Qoida buzilish joyi haqida: fol haqiqatdan ham jarima maydonchasiga qadar sodir bo'ldi va VAR to'g'ri malumot etkazdi.
❌✅ "So'g'diyona" - "Olimpik"
Ushbu o'yindagi ajablanarli qarorlar festivali VAR'ga qadar ham etib bordi. Monitorga chaqirish uchun sabab nolga teng - hakam vaziyatni o'zi ko'rdi va o'yinni davom ettirdi. Nega unga tanaga yopishgan va qoida buzilish hisoblanmaydigan qo'lni ko'rsatish kerak? Bu erda ro'y bergan bo'lishi mumkin bo'lgan yagona narsa: hakam o'zidan bosimni olib tashlash uchun takroriy lavha ko'rishni o'zi aytgan. Bunaqasi o'yin so'nggidagi bahsli vaziyatlarda bo'lishi mumkin. Agar bu yaqqol xatoga bog'liq bo'lgan bo'lgan holda VAR'ning qarori bo'lsa, unda aralashuv xato.
Hakamlar yakunda to'g'ri tahlil qilishdi va "Olimpik" darvozasi tomon penalti belgilashmadi. Ammo, oldin aytganimdek, VAR'ning aralashuvi xato.
✅ "Surxon" - "Andijon"
Hakam va baholash uchun oddiy vaziyat: penalti. Faqatgina "Surxon" o'yinchisining nega bunday tarzda oyoq bilan tashlanishi tushunarsiz. U to'p uchun o'ynash imkoniyatiga ega emasdi. Agar "Surxon" futbolchisi tasodifan yiqilgan bo'lsa ham, bu baribir "ehtiyotsizlik sabab" fol. U maydondagi harakatlariga javobgar. "Andijon" o'yinchisi to'pga birinchi bo'lib o'ynadi, shundan so'ng ushbu kontakt ro'y berdi.
❌ "Surxon" - "Andijon"
Katta ehtimol bilan "Andijon" o'yinchisi tishlari bilan raqibning boshiga tegmadi. Ammo, shunday holatda ham xavfli o'yin uchun sariq kartochka ko'rsatish mumkin. SHu bilan birga, hakamning qanday qaror qabul qilgani ko'rinmagan. Xavfli o'yin bo'lganda erkin zarba belgilash kerak bo'lardi, folda (kontakt bo'lganini hisobga olgan holda) esa jarima zarbasi.
✅ "Surxon" - "Andijon"
Katta ehtimol bilan ofsayd yo'q. VAR chiziqlarisiz bosh hakam assistentning qarorini qabul qiladi. Bunday nozik vaziyatlarda hujum foydasiga o'ynashga berish bo'yicha ko'rsatma bor. Gol to'g'ri hisoblandi.
✅ "Surxon" - "Andijon"
Umumiy plandan takroriy lavha yo'q, ammo assistent to'g'ri qaror qabul qilganga o'xshaydi. "Surxon" o'yinchisi orqadan yugurib chiqdi va qoidabuzarliksiz gol urdi.
✅ "Bunyodkor" - "Navbahor"
Qiziqarli va juda noyob vaziyat. Ammo, yakuniy qaror to'g'ri bo'ldi: agar to'p sherigining (bu holatda darvozabon) to'pga bo'lgan atayin harakatidan so'ng qo'lga tekkan bo'lsa, bu erda fol yo'q. Bu vaziyatda "Bunyodkor" darvozasi tomon penalti bo'lishi haqida gap-so'z bo'lishi mumkin emas. Hakam vaziyatni yaxshi baholadi.
✅ "Bunyodkor" - "Navbahor"
VAR'ning to'g'ri aralashuvi va to'g'ri qaror. "Bunyodkor" darvozasi tomon penalti: qo'l notabiiy holatda, o'yinni davom ettirish uchun asos yo'q.
✅ OKMK – "Dinamo"
OKMK himoyachisi to'pni bloklagan holda baribir unga o'ynayotgandek ko'rinmoqda, shundan so'ng o'yin to'qnashuvi ro'y berdi. Uning harakatlarida hech qanday ehtiyotsizlik yo'q, hakam o'yinni davom ettirib to'g'ri qildi.
✅ OKMK – "Dinamo"
"Dinamo" o'yinchisi folni yaqqol "ko'rsatdi". Balki qandaydir teginish bo'lgandir, ammo bu penalti belgilash uchun sabab emas. Hakamning o'yinni davom ettirish haqidagi to'g'ri qarori.
SHunday ekan, Superliga hakamlari 14 vaziyatdan 6tasida xatoga yo'l qo'yishdi.
Fikrlar