So’nggi yangiliklar

17:38"Милан" Влаховични олиш учун ярим ҳимоячисидан воз кечадими?  0 17:10Гонконгга келган Златан Ибрагимович Брюс Ли билан "куч синашди", Гвардиол Хорватия махсус кучлари машғулотида қатнашди, Гвардиола мўйлов қўйди. Футбол юлдузлари ўтган ҳафтани қандай ўтказди?  0 16:50Винисиус Жуниор: "Мен кўп нарсага эришдим, лекин орзуларим ҳали тугамаган"  1 16:22"Наполи" "Ювентус" ярим ҳимоячисини сафига қўшиб олмоқчи  0 15:58Суперлига. 16-тур дисквалификациялари: "Нефтчи", "Пахтакор" ва "Андижон"да йўқотишлар бор  1 15:26"Манчестер Юнайтед" ва "Ньюкасл" Шешко учун курашади  1 14:57"Бавария" дарвозабони Улрайх ўғли вафот этганини эълон қилди  0 14:29CAFA турнирида иштирок этадиган терма жамоага бош мураббий тайинланди  2 14:03Трамп Бразилия фуқароларининг ЖЧ-2026га келишига тўсқинлик қилиши мумкин  4 13:34ЦСКА футболчиси Гайич Файзуллаевга Туркиядаги фаолиятини муваффақиятли ўтказишни тилади  1 13:05Пул топишни "Пахтакор"дан ўрганиш керак  14 12:39​Ўзбекистон терма жамоаси тажрибали ҳимоячисига Озарбайжондан қизиқиш бор  2 12:08Ўзбекистон терма жамоаси собиқ аъзоси Гонконгга йўл олмоқда  8 11:47Ўзбекистон аёллар терма жамоаси бош мураббийи Котрина Кулбите: "Осиё Кубогида осон рақиблар бўлмайди"  5 11:08"Насаф" ёзги трансфер ойнасини қандай ўтказди? Скаут мулоҳазаси  6

3-tur. Bugungi to'rtta o'yinida imkoniyatlar qanday? Yangiliklar

3-tur. Bugungi to'rtta o'yinida imkoniyatlar qanday?

Bugun O'zbekiston oliy ligasining 3-turidan o'rin olgan 4ta o'yin bo'lib o'tadi.
"Neftchi" (Farg'ona) - "Navbahor" (Namangan)
4 aprel 2015. Qo'qon. "Markaziy" stadioni. 16:00
Hakamlar
: R.Ermatov, M.Saidqosimov, A.Usmanov, A.Ergashev.
Nazoratchi: V.Valickiy
Imkoniyatlar: 50-50%



Safarda "Lokomotiv"dan ochko olib qaytgan "Neftchi" mana bugungi o'yinda to'liq tarkib bilan qatnasha oladi. Olimpiya terma jamoasining ortga qaytishi, jamoa zaxira o'rindig'ini to'lishiga olib keldi. Afsuski shunday chiroyli stadioni turib, jamoa mana 3-tur o'yinini ham o'z maydonida o'tkaza olmaydi, bugungi bahs Qo'qonda bo'lib o'tadi. "Neftchi" safida hech qanday yo'qotish yo'q, barcha o'yinga jiddiy hozirlik ko'rgan. Xuddi shunday "Navbahor"da ham ijobiy tomonga o'zgarish bor, jamoa mavsumda ilk marotaba o'z bosh murabbiyi bilan o'yinda ishtirok etadi. Baxtiyor Ashurmatov Bangladeshdan qaytib kelgach o'yinga jamoasini qanchalik tayyorlay olganini bugun ko'ramiz.

Bu o'yinda imkoniyatlarni teng baholayotgan bo'lsakda, ammo ikki jamoadan biri g'alaba qozonishini taxmin qilishimiz mumkin. Vodiy derbisiga qadar, ikki jamoada ham g'alaba yo'q.


"Metallurg" (Bekobod) - "Mashal" (Muborak)
4 aprel 2015. Bekobod. "Metallurg" stadioni. 16:00
Hakamlar
: B.Nomozov, R.Serazetdinov, A.Sidorov, SH.Qayumov.
Nazoratchi: S.Najafaliev.
Imkoniyatlar: 55-45%



Bu ikki jamoa mavsumda juda yaxshi start oldilar. Turnir jadvalida "Mashal" ustunlikka ega bo'lib turgan bo'lsada, "Metallurg"ning o'z maydonidagi raqibi ancha jiddiy, "Lokomotiv" bo'lganligini yoddan chiqarmaslik kerak. Ikki jamoa ham Namanganga safar qilgan, unda Xomekov g'alaba qozongan bo'lsa, Mirsodiqov durang o'ynadi. Bekobodda "Metallurg" ustunlik qilishini aytish mumkin. "Mashal" esa yaxshi himoyalanish orqali ochko olish mumkin, xuddi "Navbahor" bilan bo'lgan o'yin kabi.


"Dinamo" (Samarqand) - "Qizilqum" (Navoiy)
4 aprel 2015. Samarqand. "Dinamo" stadioni. 16:00
Hakamlar:
I.Tantashev, A.Qo'ldoshev, V.Lushin, K.Rasulov.
Nazoratchi: SH.Jumaev.
Imkoniyatlar: 50-50%



Saviyasi bir xilda bo'lgan ikki jamoa o'rtasidagi o'yindagi imkoniyatlar ham tabiiyki bir xil bo'ladi. SHunday ekan, bu o'yinda ikki jamoa ham bitta gol evaziga g'alaba qozonishi mumkin. Yani kim birinchi gol ursa, o'sha jamoa u ochkoni qo'lga kiritadi. "Dinamo"dagi maydon yaxshi holatda, bu esa "Qizilqum"ga texnik futbol namoyish etish imkonini beradi. Huddi shunday uslubda maydon egalari ham harakat qilishadi. Garchand, oliy liga favoriti bo'lmasada, bu ikki klub o'rtasidagi o'yin qiziq bo'lishi aniq.


"Olmaliq" (Olmaliq) - "Andijon" (Andijon)
4 aprel 2015. Olmaliq. "OKMK" stadioni. 17:00
Hakamlar
: O.Tolibjonov, X.SHodmonov, R.SHoyaxmetov, A.Najafaliev.
Nazoratchi: G.Imomov.
Imkoniyatlar: 60-40%



"Andijon" hech bo'lmasa uchinchi turga kelib o'z maydonida "Olmaliq"dan ochko olishi mumkin bo'lgan vaziyatda, o'yin maydonning holati tufayli Olmaliqqa ko'chirildi. Bu esa, chempionatni juda chiroyli boshlagan "Olmaliq"ning imkoniyatlarini keskin oshirib yubordi. Avvalo SHkvirin jamoasi yana bitta o'yinni uyida o'ynaydi, so'nggi o'yinida "Nasaf"ni mag'lubiyatga uchratdi. Bu ruhiy holatni yanada yaxshilaydi. "Andijon" esa qatorasiga uchinchi turni safarda o'tkazadi, jamoa hali bironta ochko ishlagani yo'q, raqib "Olmaliq". Bu esa andijonlik futbolchilarni ruhiy bosim ostida qoldirishi mumkin. Aytishlaricha jamoaning moliyaviy holati yaxshilana boshlagan, qolganini vaqt ko'rsatadi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика