So’nggi yangiliklar

11:35Франк Лебёф: "Реал"да Беллингем, Винисиус ва Мбаппе бор – бу муаммо"  0 10:45"Ливерпуль" марказий ҳимоячи учун 90 миллион евро тўлаши мумкин  2 10:18Семеньонинг янги жамоаси маълум (Романо)  1 09:52Рўзиқул Бердиев: "Йигитлар майдонда бор кучларини ишга солишди"  11 09:22"Челси" ва "Манчестер Юнайтед" "Барселона"нинг собиқ ҳужумчиси учун курашмоқда  2 08:55"Манчестер Сити"нинг марказий ҳимоячиси қишда жамоадан кетиши мумкин  3 08:30Элит ОЧЛ. "Ал Иттиҳод" – "Насаф" 1:0  2 08:27Вадим Абрамов: "Таркиб асосини деярли сақлаб қолдик, кетганлар ўрнига янги ўйинчиларни таклиф қиламиз"  3 07:59ОЧЛ 2. Бугун "Андижон" плей-офф йўлланмасини қўлга киритиши мумкин  8 07:30Sofascore. Саудиядаги мағлубиятдан сўнг "Насаф" футболчилари неча баҳо олишди?  2 03:25Англия лига кубоги. "Арсенал" "Кристал Пэлас"ни пенальтилар сериясида мағлубиятга учратди. Ярим финалдаги рақиб – “Челси”  8 01:28Самвел Бабаян: “Бизда бир қатор йўқотишлар бор. Гуруҳдан чиқиш вазифасини бажаришимиз керак”  8 01:10Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди  67 00:55“Ал Аҳли” бош мураббийи: “Андижон” мусобақа давомида кучли жамоалигини кўрсатди”  1 00:25"Челси" Семеньо трансферидан воз кечди  1

3 ta dubl, golga aylanmagan penalti va qahramonlar - 24-turning qiziq raqamlari Yangiliklar

3 ta dubl, golga aylanmagan penalti va qahramonlar - 24-turning qiziq raqamlari

Teglar :  24-tur Superliga
O'zbekiston chempionatining 24-turi doirasidagi 6 uchrashuv yakunlandi.

AGMK 3:2 "Andijon", 456 kishi

"Bunyodkor" 1:0 "Qizilqum", 960 muxlis

"Lokomotiv" 1:0 "So'g'diyona", 688 tomoshabin

"Navbahor" 1:0 "Metallurg", 1 022 muxlis

"Mashal" 0:0 "Turon", 368 tomoshabin

"Paxtakor" 5:0 "Surxon", 8 379 kishi

"Nasaf" — "Qo'qon-1912" (OFK kubogi finali tufayli qoldirildi)

Mazkur turni 11 873 muxlis stadionning o'zidan tomosha qildi (o'tgan turga nisbatan 4 016 kishiga kamroq). Bu  har o'yinda o'rtacha 1 979 nafar tomoshabin arenaga kelayotganini bildiradi. Guvohi bo'lganingizdek, eng ko'p ishqiboz "Paxtakor" maydoniga keldi (8 379 nafar). Eng yomon natija esa "Meashal" — "Turon" o'yinida qayd etildi (368).

6 o'yinda jami 13 gol urildi (o'tgan turga nisbatan 1 taga ko'p). Bu har o'yinda o'rtacha 2,2 tadan gol degani. To'plarning 11 tasi mezbon, 2 tasi mehmon jamoalar tomonidan kiritildi. Safarda o'ynagan klublardan faqat "Andijon" raqib darvozasiga yo'l topdi. Muborakdagi o'yinda bu tur ham gol ko'rmadik.  

3 nafar futbolchi dublga erishdi — Martin Boake (AGMK), Dragan CHeran va SHerzod Temirov ("Paxtakor").

Xet-trik yoki poker qayd etilmadi. 

Referilar 6 o'yinda 27 marta sariq kartochkaga murojaat qilishdi. Hech kim maydondan chetlatilmadi. 

Eng qo'pol o'yin "Bunyodkor" — "Qizilqum" bo'ldi (8 ta sariq, 2 penalti).

7 marta 11 metrlik jarima zarbasi belgilandi.

2 futbolchi penaltini golga aylantirolmadi — Islom Kenjaboev ("Qizilqum") va Marko Kolakovich ("So'g'diyona").

Muhammadkarim Toirovning Superligadagi debyut goli turning eng chiroyli goli sifatida tanlandi.

Turning eng yaxshi murabbiyi — "Andijon" bilan o'yinda "kambek" qilgan Mirjalol Qosimov.

Tur qahramoni — zaxiradan maydonga tushib, Superligadagi ilk dublini rasmiylashtirgan Martin Boake.

Malumot uchun, "Nasaf"ning "Qo'qon-1912"ga qarshi o'yini FIFA kunlarida (9-16 noyabr) o'tkaziladi.

Samarqanddagi chempionat "qog'ozda" o'tkazildimi?

Muallif :
Reyting: -5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика