25 yoshli futbolchi qayiqlar to'qnashuvidan keyin vafot etdi
19 jan 2023 21:54
Yangiliklar


25 yoshli futbolchi qayiqlar to'qnashuvidan keyin vafot etdi
AQSHning "SHarlott" klubida o'ynagan 25 yoshli Anton Uolks baxtsiz hodisa sababli vafot etdi.
Mayamidagi ko'llardan birida ikki qayiqning to'qnashuvi natijasida u qattiq yaralanib, xushidan ketgan holida topilgan va kasalxonaga etkazilgan. SHifokorlar esa uning hayotini saqlab qola olmadi.
Uolks "Tottenxem" klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Bunga qadar u "Portsmut" va "Atlanta Yunayted" kabi jamoalar tarkibida o'ynagan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar