24 noyabr kuni Ravshan Haydarov ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tadi
23 noy 2018 12:03
Yangiliklar
24 noyabr kuni Ravshan Haydarov ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tadi
Dubay shahrida tashkil etilgan xalqaro “Dubay Cup” turnirida ishtirok etgan hamda chempion bo'lgan O'zbekiston olimpiya terma jamoasi ayni damda Toshkentga etib keldi.
Malumot uchun, Ravshan Haydarov murabbiyligidagi terma jamoa ushbu musobaqada BAA, Quvayt hamda Yaponiya terma jamoalari bilan bahsda musobaqa g'olibligini qo'lga kiritishdi.
Ushbu munosabat bilan, ertaga, 24 noyabr Ravshan Haydarov ishtirokida OAV vakillari bilan matbuot anjumani o'tkaziladi. Matbuot anjumani Milliy Olimpiya Qo'mitasi majlislar zalida soat 11:00da boshlanadi.
Ushbu matbuot anjumaniga barcha OAV xodimlari taklif etiladi.
Fikrlar