So’nggi yangiliklar

11:58Фабрицио Романо: Флориан Вирц "Ливерпуль" билан шартнома имзолади  0 11:25Де Брюйненинг эҳтимолий янги клуби маълум, у Италиядан  2 11:00Роналду ўрнини босадиган беш футболчи: янги авлод юлдузлари  12 10:45“Манчестер Сити“ АПЛдан яна бир ҳимоячи сотиб олмоқчи  2 10:18Лука Модрич фаолиятини қаерда давом эттириши мумкинлиги маълум  2 09:50Клаудио Раньери “Рома“да қолади, бироқ бошқа лавозимда  5 09:23"Ал Ҳилол" Бруну Фернандешга ўйлаш учун 72 соат берди. Саудияликлар футболчига қанча ойлик бериши маълум  4 08:54Вирц “Ливерпул“га ўтиб, тарихдаги учинчи энг қиммат трансферга айланади  6 08:26Конте тарихий натижани қайд этди  13 07:55А Сериянинг энг яхши футболчиси аниқланди  5 07:30Суперлига. Бугун 2 та учрашув бўлиб ўтади  2 07:20Озарбайжон. "Сумқайит" мавсумни йирик ғалаба билан якунлади, Жалолиддиновдан иккита, Абдихолиқовдан битта ассист  1 01:53Суперлига. "Насаф" - ОКМК 2:1  2 01:48Мактомини ва Лукаку "Наполи"ни чемпионга айлантирди!  25 01:16"Бавария" "Брайтон" ва "Милан" юлдузларига кўз тиккан  0

22 noyabr: "Paxtakor" - "Dinamo" Tbilisi faxriylari uchrashuvi Yangiliklar

22 noyabr: "Paxtakor" - "Dinamo" Tbilisi faxriylari uchrashuvi

22 noyabr, shanba kuni "Paxtakor" va Tbilisining "Dinamo" jamoasi faxriylari Toshkentda o'rtoqlik o'yinini o'tkazadi.
Uchrashuv Gruziyaning "Dinamo" jamoasi Sobiq Ittifoq chempionatida ilk bor oltin medallarni qo'lga kiritganiga 50 yil to'lishi munosabati bilan o'tkaziladi. 1964 yil "Dinamo" birinchi o'rin uchun "Paxtakor" stadionida o'tgan "oltin" o'yinda "Torpedo"ni 4:1 hisobida mag'lubiyatga uchratib, o'zining ilk chempionligini nishonlagan. Ushbu tarixiy voqeani munosib nishonlash maqsadida tbilisiliklarning faxriy futbolchilari Toshkentda "Paxtakor" faxriylari bilan bellashuvda maydonga tushishadi.

Toshkentga Gruziya futboli faxriylaridan Vladimir Barkaya, Georgiy Sichinava, Aleksandr CHivadze, Vladimir Gucaev, Otar Gabeliya, Nukri Kakilashvili va Kaxa Cxadadze tashrif buyuradi. Maydonga tushadigan futbolchilar ro'yxati esa quyidagicha:

Kaxaber Kaladze, Irakliy Zoidze, Soso Grishikashvili, Levan Kobiashvili, Archil Arveladze, Aleksandr Iashvili, Georgiy Kinkladze, Georgiy Nemsadze, Levan Ckitishvili, Mixail Kavelashvili, Gocha Jamarauli, Georgiy Demetradze, Georgiy Anchabadze, David Mudjiri, Murtaz SHeliya, Nutzar Lobjanidze, Mamuka Machavariani, Soso Barkaya.

Tadbirda qatnashish uchun bir necha nafar jurnalist va faxriy muxlislar maxsus reysda Toshkentga tashrif buyurishadi. Mehmonlar "Paxtakor-79" jamoasi xotirasini yod etish uchun Botkin qabristonidagi yodgorlik majmuasiga borishlari ko'zda tutilgan. Gruziyaliklar 21 noyabr kuni poytaxtimizga etib kelishadi. 22 noyabr kuni soat 13:30da "Paxtakor" Markaziy stadionida "Paxtakor" va "Dinamo" jamoalari faxriylari o'rtasida uchrashuv boshlanadi.

O'yinda "Paxtakor" sharafini jamoamiz safida turli yillarda himoya qilgan Anvar Rashidov, Aleksey Roshin, Murod Aliev, Baxtiyor Ashurmatov, Sergey Kovshov, Farhod Magometov, Andrey Miklyaev, Yorqin Nazarov, No'mon Hasanov, SHuhrat Rahmonqulov, Ravshan Bozorov, Mirjalol Qosimov, Sobir Xodiev, Gennadiy Denisov, Azamat Abduraimov, Rustam Do'rmonov, Jafar Irismetov, Oybek Usmonxo'jaev, Igor SHkvirin, SHuhrat Maqsudov, Jasur Abduraimov, Muxtor Qurbonov va Baxtiyor Qambaraliev singari futbolchilar himoya qilishlari kutilmoqda.

Barcha muxlislarni ushbu uchrashuvni stadionda tomosha qilishga taklif etamiz. 22 noyabr, shanba kuni soat 13:30da "Paxtakor" va "Dinamo" Tbilisi faxriy yulduzlari o'yiniga tashrif buyuring!
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика