So’nggi yangiliklar

10:50“Барселона“ Маркус Рэшфорд бўйича бир қарорга келди  1 10:23“Ливерпуль“ яна тўртта трансферни амалга оширмоқчи  5 09:57“Краснодар“ футболчисига МЮ ва ПСЖ қизиқиш билдирмоқда  2 09:30Неймар “Сантос“ билан янги шартнома имзолади. Унинг янги маоши маълум  1 09:01Ўзбекистон кубоги. Бугун яна бир чорак финалчи аниқланади  2 08:30Ўзбекистон аёллар терма жамоаси ўртоқлик учрашувида йирик ҳисобдаги ғалабани қўлга киритди  3 08:02Клублар ўртасидаги ЖЧ. Навбатдаги нимчорак финалчилар маълум  6 07:21Франциянинг номдор жамоаларидан бири Лига 2 га тушириб юборилди  3 02:30Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Бенфика" "Бавария"ни мағлубиятга учратди  16 01:30Уильямс "Атлетик" раҳбариятга "Барселона"га ўтмоқчи эканини айтди  1 01:15"Барселона" Фати билан шартномани узайтириб, уни ижарага беради  7 00:50"Арсенал", "Челси" ва "Бавария" Барколяни сотиб олиш учун кураш олиб бормоқда  1 00:30Григорий Колосовский: "Бугун "Арал"дан кўра иккита кўп хато қилдик"  2 00:17Неъматилло Қуттибоев: "Бугун ғалаба қозонмасак, "Локомотив" билан орадаги фарқ ортиб кетарди"  1 00:02Асрор Алиқулов: "Кубокка даъвогар жамоани мусобақадан чиқариб юбордик. "Нефтчи"нинг услубига тайёр эдик"  9

2023 yil Birinchi ligada 17 ta jamoa qatnashadi. Klublar uchun yangi musobaqa tashkil etiladi Yangiliklar

2023 yil Birinchi ligada 17 ta jamoa qatnashadi. Klublar uchun yangi musobaqa tashkil etiladi

Teglar :  Birinchi liga
2023 yilgi mavsumda Birinchi ligada 17 ta jamoa ishtirok etadi.

Ulardan faqatgina 1 tasida sport principi orqali Pro liga yo'llanmasini qo'lga kiritish imkoniyati bo'ladi. Jamoalarga, shuningdek, licenziyalash talablarini bajarish shartida Pro liga eshiklari ochilishi mumkin. Avvalroq bunday imkoniyatdan “Andijon-SGS” hamda “Yunired” unumli foydalangandi.

Birinchi liganing joriy mavsum uchun geografiyasi ancha katta. Zero musobaqada eng sharqiy Andijondan ham, g'arbiy Qoraqalpog'istondan ham va janubiy Surxondaryodan ham jamoa mavjud. SHunga qaramay, Liga barcha jamoalar o'zaro to'qnash kelishi uchun harakat qiladi. Unga ko'ra, Birinchi ligada bir davrali 17 ta tur uchrashuvlari bo'lib o'tadi. Mazkur holatda har bir jamoa 16 tadan o'yinda ishtirok etadi. Bellashuvlarning qay biri safarda va qaysi biri uyda o'tishi masalasiga qura yordamida aniqlik kiritib olinadi.

17-tur yakunida eng so'nggi o'rinni band etgan jamoa musobaqa bilan xayrlashadi. 1-o'rin egasi esa Pro ligaga o'tish o'yinida ishtirok etish huquqini qo'lga kiritadi.


Mana shu musobaqadan keyin Liga Birinchilik kubogini tashkil etadi. Kubokda tabiiyki, Birinchi liga yakuniga ko'ra eng so'nggi o'rinni band etgan jamoa ishtirok etmaydi. Qolgan 16 jamoa esa ikki savatga ajratiladi. Yani, Birinchi ligada dastlabki sakkiz o'rinni egallagan jamoalar birinchi savatdan joy oladi, keyingi sakkizlik avtomatik ravishda ikkinchi savatda bo'ladi.

Qura yordamida mazkur 16 jamoa sakkiz juftlikka ajratib olinadi. Bunda bir savat jamoalari o'zaro to'qnash kelmaydi. SHu tariqa 1/8 final doirasida jamoalar uy-safar o'yinida ishtirok etadi. Bunda safarda urilgan gollar qiymatga ega bo'lmaydi. Har ikki o'yin natijasiga ko'ra hisob teng bo'lsa, navbat darhol penaltilar seriyasiga beriladi.

1/4 va 1/2 final bosqichlari uchun ham alohida qura tashlanadi. Bunda jamoalar savatlarga ajratilmaydi. Mazkur bosqichlarda ham o'yinlar uy-safar tizimida va yuqorida qayd etilgan ko'rinishda bo'lib o'tadi. Yakunda final o'yiniga poytaxt Toshkent mezbonlik qiladi. G'olib esa Pro liga yo'llanmasi uchun o'tish o'yinida ishtirok etish huquqini qo'lga kiritadi hamda poytaxt Toshkentda Birinchi liga g'olibi bilan to'qnash keladi. Mana shu o'tish o'yini g'olibi Pro liga chiptasini qo'lga kiritadi. Agar Birinchi ligada ham, Birinchilik kubogida ham bitta jamoa zafar quchsa, u holda o'tish o'yini bekor qilinadi.

SHu tariqa Birinchi ligada 17-o'rinni egallagan jamoa mavsum davomida 16 ta o'yinda ishtirok etadi. Birinchilik kubogini 1/8 finalda tark etgan sakkiz jamoa mavsum davomida 18 ta o'yin o'tkazgan hisoblanadi. Mos ravishda 1/4 finalda musobaqani tark etgan to'rt jamoada o'yinlar soni 20 tani, 1/2 final ishtirokchilarida esa 22 tani tashkil qiladi. Final hamda o'tish o'yini ishtirokchilari mavsum davomida 24 ta bellashuvda maydonga tushadi.

Birinchi liga musobaqasiga tez orada qura tashlanadi hamda musobaqa taqvimi Liga tomonidan alohida elon qilinadi.

Reyting: -7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика