2022/23 yilgi mavsumda eng ko'p foyda ko'rgan klublar ro'yxati malum qilindi
25 jan 14:27
Yangiliklar
2022/23 yilgi mavsumda eng ko'p foyda ko'rgan klublar ro'yxati malum qilindi
"Deloitte" nashri futbol klublarining 2022/23 yilgi mavsumdagi foydalarini taxlil qilib chiqdi. Unga ko'ra, reytingdagi 20 klub umumiy hisobda 10,5 mlrd evro foyda qilgan, bu 2021/22 yilgi mavsumdagi natijadan 14 foizga (9,2 mlrd evro) ko'proq.
Ro'yxatda "Real" etakchi bo'ldi, klub 2017/18 yilgi mavsumdan beri ilk marta peshqadamlik qildi. "Real" o'tgan mavsumni rekord darajadagi 831 mln evro foyda bilan yakunlagan.
Kuchli yigirmatalikda APLning 8 klubi bor. O'tgan safargi reytingda ularning soni 11ta edi.
1. "Real" (831,4 mln evro);
2. "Manchester Siti" (825,9 mln evro);
3. PSJ (801,8 mln evro);
4. "Barselona" (800,1 mln evro);
5. "Manchester Yunayted" (745,8 mln evro);
6. "Bavariya" (744 mln evro);
7. "Liverpul" (682,9 mln evro);
8. "Tottenxem" (631,5 mln evro);
9. "CHelsi" (589,4 mln evro);
10. "Arsenal" (532,6 mln evro);
11. "Yuventus" (432,4 mln evro);
12. "Borussiya" Dortmund (420 mln evro);
13. "Milan" (385,3 mln evro);
14. "Inter" (378,9 mln evro);
15. "Atletiko" (364,1 mln evro);
16. "Ayntraxt" Frankfurt (293,5 mln evro);
17. "Nyukasl" (287,8 mln evro);
18. "Vest Xem" (275,1 mln evro);
19. "Napoli" (267,7 mln evro);
20. "Marsel" (258,4 mln evro).
Fikrlar