So’nggi yangiliklar

03:15Равшан Эрматов билан дуч келган мундиалда майдонга тушиш учун пул тўлаган, "Атлетико Мадрид" либосини кийган ҳамда Арманистонда рекордлар қайд этган "Насаф"нинг янги легионери билан яқиндан танишамиз   0 00:40"Барселона" бош мураббийи Флик: "Рэшфордни кўп йиллардан бери кузатиб келаяпман"  2 00:16Куртуа фаолиятини якунлагандан сўнг пойгаларда қатнашиш истагини билдирди  1 00:07Ўзбекистонда трансфер ойнаси расман ёпилди  4 23:46"Ал Насср" ўртоқлик ўйинида "Тулуза"ни мағлубиятга учратди. Феликсдан дебют, Роналдудан гол  3 23:27"Ман Юнайтед" "Ман Сити"га керак бўлмай қолган дарвозабонга қизиқмоқда  3 22:59Гёкереш: "АПЛ – дунёдаги энг яхши лига. Бу ерда ўйнашни доим орзу қилганман"  0 22:35Месси МЛСда ой ўйинчиси деб топилди  31 22:07Расман: "Қўқон-1912" Клейди Даци ва Аброр Каримовни ўз сафига қўшиб олди  1 21:23"Ливерпуль" яна бир супер трансферни ҳал қилишга яқин  3 20:51Расман: "Қўқон-1912" яна икки нафар футболчини ўз сафига қўшиб олди  0 20:38Расман: Маҳмуд Маҳамаджонов мавсумнинг иккинчи қисмини "Динамо"да ўтказади  1 20:25Расман: Аббосбек Файзуллаев - "Истанбул Башакшехир" футболчиси!  15 20:06Ўртоқлик ўйни. "Ливерпуль" японларни мағлуб этди  5 19:55Футзал. ОКМК икки нафар бразилиялик футзалчилар билан шартнома имзолади  2

2018 yilgi Osiyo chempionlari: "Ortda qolgan o'yinlar davomida ularning muxlisiga aylandik" Yangiliklar

2018 yilgi Osiyo chempionlari: "Ortda qolgan o'yinlar davomida ularning muxlisiga aylandik"

Timur Kapadze boshchiligidagi O'zbekiston U-23 terma jamoasi yurtimizda bo'lib o'tayotgan U-23 Osiyo kubogining chorak finalida Yaponiya bilan to'qnash keladi.


"Samuraylar" yutib bo'lmaydigan jamoa emas. Bu ishni 2018 yil olimpiya terma jamoamiz uddasidan chiqa olgandi. Xo'sh, bugungi uchrashuv oldidan ular qanday fikrda?


Javohir Sidiqov - Yaponiyaga qarshi o'yin futbolchilarimizning keyingi faoliyatiga tasir qiladi. Bugun shunday kun. Hamma bosimni tashqarida qoldirish kerak. Yaqinlari, ota-ona, do'stlari faxrlanishligini his qilishsin. Maydonga esa masuliyat bilan tushishning o'zi g'alabani taminlaydi. Xudodan duo qilib g'alaba yor bo'lishini so'rab qolamiz. Ortda qolgan o'yinlarda biz ham sizlarning muxlisingizga aylandik.  2018 yilgi uchrashuvga kelsak, o'shanda ichki muhitimiz ajoyib, jamoa ahil bo'lgan. Hozirgi terma jamoamizni ham tashqaridan kuzata turib bu borada muammo yo'qligini sezyapman. 


Botirali Ergashev - Nima bo'lganda ham omad tilaymiz. Ukalarimizga ishonamiz. Ular buning uddasidan chiqishadi. Musobaqa yakunida chempionlik kubogini bosh uzra baland ko'tarish nasib qilsin. Hissiyotlarga boy o'tgan 2018 yilgi Osiyo kubogida Yaponiyani kuchli xarakter va iroda evaziga yutgan edik. Bugun ham shunday bo'lishini  istaymiz. 


Bobir Abdixoliqov - Yaponiyaning bu musobaqadagi o'yinlarini ko'rmadim. SHu bois biror narsa deyishim qiyin. Terma jamoamizga esa omad tilayman. Futbolchilarimizga ishonamiz. Ular kutilgan natijani qo'lga kiritishadi. 

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика