So’nggi yangiliklar

15:47Папарига фаолиятини Индонезияда давом эттиради  0 15:27"Навбаҳор" собиқ ҳужумчиси Боливияга йўл олди  0 15:00Янис Лери ўзбек футболи, Қатардан таклиф ва ислом динига эътиқоди ҳақида гапирди  3 14:42АПЛ мураббийлари Гвардиола мавсум охирида "Ман Сити"ни тарк этишига ишонмоқда  2 13:55Мирко Йеличич: "Биринчи турда исталган жамоа кутилмаган совға тайёрлаши мумкин"  1 13:11Пакета "Вест Хэм"дан "Фламенго"га 42 миллион евро эвазига ўтди - бу Бразилия учун рекорд  1 12:43Грилиш мавсум охиригача сафдан чиқди  1 11:54"Реал" икки сабабга кўра Португалия терма жамоаси аъзосидан воз кечди  7 11:27"Интер" "Ливерпуль” ярим ҳимоячисини ижарага олмоқчи  1 10:43Лиам Росеньор: "Челси" футболчилари ҳақида ёмон фикр билдира олмайман"  1 10:02Ғулом Ҳайдар Гулямов: "Жамоани алмаштирмоқчи бўлсам, биринчи навбатда Қўқон-1912" билан музокара ўтказишни ваъда бергандим"  4 09:38Бутрагеньо: "Бенфика" билан 60 йил давомида ўзаро учрашувлар бўлмаган, энди эса бир ой ичида учта ўйин ўтказамиз"  12 09:00Санжар Шомуродов: "Элдор болалигидан Европада ўйнашни ният қиларди"  5 08:26Садриддин Ҳасанов: "18 ёшга тўлганимдан сўнг "Брага"га кетаман"  7 08:01Тимур Кападзе: "Бу мукофот мени янада кучли қилади"  5

2017 yilning eng qiziq 7ta futbol o'yini (Android/iOS) Yangiliklar

2017 yilning eng qiziq 7ta futbol o'yini (Android/iOS)

Android smartfonlar yoki Apple kompaniyasining iOS tizimida ishlovchi iPhone apparatlari hayotimizning ajralmas bo'lagiga aylanib qoldi.

Bo'sh vaqtimizda zerikmaslik uchun ushbu smartfonlarda turli o'yinlar o'ynaymiz, musiqa eshitamiz. Etiboringizga siz uchun qiziq bo'lgan futbolga oid 7ta mobil o'yinni taqdim etamiz.


Retro Soccer

Minecraft grafikasi uslubida ishlangan ushbu o'yin eski platformalar ishqibozlari uchun ajoyib sovg'a. Dendi va Segada futbol o'ynagan yigit va qizlar "Retro Soccer"ni sevib qolishlari aniq. Turli terma jamoalarni boshqarib, jahon chempionatida ishtirok etish va unda g'olib bo'lish imkoniyatini qo'ldan chiqarmang.


Real Football 2018

Haqiqiy futbolga o'xshab ketadigan "Real Football"da ajoyib rejim bor. Unda do'stlaringiz bilan 5ga5 futbol o'ynashingiz mumkin. Bundan tashqari, o'yinda agentlik tizimi mavjud. Siz futbolchilaringizning saviyasini oshirib, ularni sotishingiz yoki boshqa klublardan o'yinchilar xarid qilishingiz mumkin.


Pixel Cup Soccer 16

Ayollar futboli, 18 ta stadion, multipleyr rejim, turli ligalar mavjud bo'lgan Pixel Cup Soccer 16 sizga yoqib qolishi aniq. Retro uslubda ishlangan o'yinda sirpanish (podkat), dribling va zarbadan foydalanib raqiblaringizni taslim eting.


Score! HERO

3D grafikaga ega ushbu o'yin orzularingizni hech bo'lmasa o'yinda ro'yobga chiqishini taminlaydi. Ismingizni yozing va nomingiz tushirilgan futbolkali futbolchini Evropa grandlari to'purariga aylantiring. Fizika qonunlariga to'liq amal qiluvchi ushbu o'yinda gollar urib, chempion va futbol yulduziga aylaning!


SkillTwins Football Game 2

10 mingdan ortiq bosqich bilan boyitilgan o'yinda televizorda ko'rgan fintlaringizdan foydalanish imkoniyati bor. Turli shaharlar, futzal arenasi fintlarni namoyish etish uchun ajoyib joy. Ronaldu, Ronaldino, Messining harakatlarini takrorlang va sovrinlarni qo'lga kiriting. Iloji yo'q narsaning o'zi yo'q.


PES2018

Dunyoning mashhur futbol simulyatorini smartfoningizda ham sinab ko'ring. Sevimli klubingiz va futbolchilaringiz bilan katta muvaffaqiyatlarga erishing. CHempionlar ligasi, afsonaviy futbolchilar mavjud bo'lgan PES2018dan rohat oling. Do'stingiz bu o'yinni sizdan yaxshi o'ynay olishini aytyaptimi, unda multipleyr rejimida bunday emasligini isbotlang.


 FIFA Soccer (FIFA Mobile)

Dunyodagi birinchi raqamli futbol simulyatori FIFA endi telefonlarda. O'zingizning "ULTIMATE TEAM"ni yarating, futbol afsonalarining oching va shunchaki futboldan rohat oling.

Reyting: +23   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика