So’nggi yangiliklar

10:23“Ливерпуль“ яна тўртта трансферни амалга оширмоқчи  3 09:57“Краснодар“ футболчисига МЮ ва ПСЖ қизиқиш билдирмоқда  1 09:30Неймар “Сантос“ билан янги шартнома имзолади. Унинг янги маоши маълум  1 09:01Ўзбекистон кубоги. Бугун яна бир чорак финалчи аниқланади  1 08:30Ўзбекистон аёллар терма жамоаси ўртоқлик учрашувида йирик ҳисобдаги ғалабани қўлга киритди  3 08:02Клублар ўртасидаги ЖЧ. Навбатдаги нимчорак финалчилар маълум  6 07:21Франциянинг номдор жамоаларидан бири Лига 2 га тушириб юборилди  2 02:30Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Бенфика" "Бавария"ни мағлубиятга учратди  16 01:30Уильямс "Атлетик" раҳбариятга "Барселона"га ўтмоқчи эканини айтди  1 01:15"Барселона" Фати билан шартномани узайтириб, уни ижарага беради  4 00:50"Арсенал", "Челси" ва "Бавария" Барколяни сотиб олиш учун кураш олиб бормоқда  1 00:30Григорий Колосовский: "Бугун "Арал"дан кўра иккита кўп хато қилдик"  2 00:17Неъматилло Қуттибоев: "Бугун ғалаба қозонмасак, "Локомотив" билан орадаги фарқ ортиб кетарди"  1 00:02Асрор Алиқулов: "Кубокка даъвогар жамоани мусобақадан чиқариб юбордик. "Нефтчи"нинг услубига тайёр эдик"  9 23:50Ўзбекистон аёллар терма жамоаси назорат ўйинида Фаластинни йирик ҳисобда мағлубиятга учратди  1

2017 yilgi Xitoy Superligasi hamyurtlarimiz uchun qanday o'tdi? Yangiliklar

2017 yilgi Xitoy Superligasi hamyurtlarimiz uchun qanday o'tdi?

4 noyabr kuni Xitoy Superligasida 2017 yilgi mavsum o'z nihoyasiga etdi.

O'zbekistonlik futbol muxlislariga yaxshi tanish bo'lgan Luiz Felipe Skolari boshchiligidagi "Guanchjou Evergrand" klubi qatorasiga 7-marta Xitoy chempioni bo'lishga erishdi. Jamoa safida Alan Karvalyu, Rikardo Gulart va Muriki kabi braziliyalik legionerlar to'p tepishdi. Mavsum davomida Paulino, Jekson Martnes kabi yulduzlar jamoani tark etishdi. Andre Villash Boash boshchiligidagi "SHanxay SIPG" klubi esa marraga ikkinchi bo'lib etib keldi. Ushbu jamoa sharafini O'zbekiston terma jamoasi sardori Odil Ahmedov himoya qilgani ko'pchilikka yaxshi malum. Yani Ahmedov Xitoydagi birinchi yildayoq vice-chempion bo'ldi. Klubda hamyurimizdan tashqari Xalk, Elkeson, Oskar va Rikardo Karvalyu kabi legionerlar ham faoliyat olib borishdi.

Bronza medallari esa italiyalik Jahon chempioni va "Oltin to'p" sohibi Fabio Kannavaro boshchiligidagi "Tianjin Kuanjian" klubiga nasib etdi. Ushbu klubda o'quvchilarimizga yaxshi tanish bo'lgan jahon yulduzlari Aksel Vitcel, Aleshandre Pato va Entoni Modest to'p tepishdi.

Bu yil Xitoyda uch nafar o'zbekistonlik futbolchi faoliyat olib bordi.


Odil Ahmedov qishda "Krasnodar" klubidan "SHanxay SIPG" safiga ko'chib o'tgandi. U Andre Villash Boashning taklifiga ko'ra Xitoyga kelgandi. Biroq mavsum starti arafasida Superligada legionerlarga cheklov qo'yildi va bitta o'yinda faqat 3 nafar xorijiy futbolchi maydonga tushishi mumkinligi belgilab qo'yildi. Yani uchrashuv qaydnomasidan maksimum 3 nafar legioner joy olishi mumkin bo'ldi. SHu sababli Villash-Boash Ahmedovni bir qator o'yinlarda maydonga tusha olgani yo'q. SHunga qaramay o'zbekistonlik futbolchi 30ta turdan 20tasida maydonga tushishga va 3ta gol urishga muvaffaq bo'ldi. 14-turdan o'rin olgan "Xenan Czyane" bilan bahsda klubi safidagi ilk golini urdi. 22-turda "CHongyaing Lifan"a qarshi uchrashuvda ham Ahmedov to'p kiritishga muvaffaq bo'ldi. Nihoyat 25-turda SHanxay derbisida "SHanxay SHenxua" bilan o'yinda Odil o'z hisobini tabloga yozib qo'ydi. Odil Ahmedov mavsum davomida 4 bor hakamlar tomonidan ogohlantirildi. "SHanxay SIPG" Osiyo chempionlar ligasida ham muvaffaqiyatli ishtirok etdi va yarim finalga qadar etib keldi. Yarim final bahslarida Yaponiyaning "Urava Red Daymonds" klubiga imkoniyat boy berib qo'yildi.


O'zbekiston terma jamoasining tajribali himoyachisi Anzur Ismoilov Xitoy Superligasidagi ettinchi mavsumini o'tkazdi. Legionerlarga qo'yilgan cheklov Anzurga u qadar tasir qilgani yo'q. Sababi himoyachi 30ta o'yinning faqat 6tasida maydonga tushmadi xolos. Himoyachi bo'lishiga qaramay Ismoilov o'z hisobiga 3ta gol yozib qo'ydi. 8-turdan o'rin ogan "Tianjin Kuanjian" bilan safardagi o'yinda hamyurtimiz bu mavsumdagi ilk golini urdi. 24-turda chempion "Guanchjou Evergrand" bilan o'yinda ham Ismoilov raqib darvozasiga yo'l topa oldi. Keyingi tur "Tianjin Teda" yirik hisobda taslim qilinishida Ismoilovning ham xissasi bo'ldi. Futbolchi mavsum davomida ikki marta sariq va bir marta qizil kartochka bilan "siylandi". "CHanchun Yatay" 2017 yilgi mavsumni 7-o'rinda yakunladi.

"Beyjing Guan" himoyachisi Egor Krimec esa limit qurboni bo'ldi desak yanglishmaymiz. Sababi O'zbekiston terma jamoasi azosi bu mavsum davomida Superligada atiga 5ta uchrashuvda ko'rinish berdi xolos. Qolgan 25ta uchrashuvda legionerlarga qo'yilgan cheklov tufayli Krimec qaydnomadan o'rin olmadi. O'tgan yil hamyurtimiz ushbu klub safida 30ta o'yindan 28tasida maydonga tushgan edi. Bu mavsum Egor 5ta uchrashuvda 2 marta hakamlar tomonidan sariq kartochkaga loyiq ko'rildi. "Beyjing Guan" 40 ochko bilan mavsumni 9-pog'onada yakunladi.


To'purarlar poygasida "Guanchjou RF" klubining hujumchisi Eran Zaxaviga teng keladigani topilmadi. Isroillik futbolchi mavsum davomida 27ta gol urishga erishdi. Bir yo'la uch nafar fubolchi 20tadan gol urdi: "Guanchjou Evergrand"ning braziliyalik legioneri Rikardo Gulart, "Xebey CHayna Forchun" vakili Ezekel Lavessi va "SHanxay SIPG"ning mahalliy hujumchisi Vu Ley.

Golli pas berish borasida argentinalik Lavessi yakka peshqadam bo'ldi. PSJ klubi sobiq hujumchisi mavsum davomida 15 bor sheriklari gol urishi uchun imkoniyat yaratib berdi. Xalk ("SHanxay SIPG") 12 marta golli pas berdi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика