So’nggi yangiliklar

11:45Марко Ройс нима сабабдан Саудия Арабистони клублари таклифини қабул қилмаганини айтди  0 11:20Дидье Дешам: "Тўпни ҳужумга етказишда муаммога дуч келдик"  0 11:00Ўзбекистон терма жамоасининг БАА билан ўйин учун тахминий таркиби  14 10:37"Барселона" ёзда бомба трансферни амалга оширмоқчи  6 09:58"Арсенал"нинг яна бир етакчиси терма жамоада жароҳат олди  0 09:20"Реал Мадрид"нинг 32 ёшли футболчиси жароҳатлар сабаб фаолиятини якунламоқчи  2 08:40"Андижон" бош директори Рубин Хебайнинг жамоага келиши ҳақидаги саволга жавоб берди  5 08:08Гвардиола Чемпионлар лигасида қайси жамоага тўқнаш келишни истамаслигини айтди  11 07:31ЖЧ-2026 Саралаш. Бугун БААга қарши майдонга тушамиз  23 06:01Ёрқин Назаров: "БАА ақлли жамоа, ғалаба қозонмаслик мундиал вазифасини қийинлаштиради"  8 01:56Миллатлар лигаси. "Сўғдиёна" футболчиси иштирок этган баҳсда Уэльс зафар қучди, Украина дурангга рози бўлди ва бошқа натижалар  2 01:47Миллатлар лигаси. "Гигантлар тўқнашуви"да немисларнинг қўли баланд келди  3 01:44Миллатлар лигаси. Коло Муанининг голлари Францияга Бельгия устидан ғалабани тақдим қилди  0 01:40Миллатлар лигаси. Италия Исроилни йирик ҳисобда таслим қилди  6 01:21Гюндоган, Мюллер ва Нойер терма жамоа билан хайрлашишди  1

2015 yilning eng yaxshi futbolchisi kim bo'ladi? Yangiliklar

2015 yilning eng yaxshi futbolchisi kim bo'ladi?

Yil yakuniga etishiga ham roppa-rosa 15 kun qoldi. Futbolimiz uchun 2015 yilni o'rtacha kechdi deb aytgan bo'lardik.

Osiyo chempionatida imkon boricha harakat qilindi. Ravshan Haydarov boshchiligidagi O'zbekiston yoshlar terma jamoasi JCHda chorak finalga qadar etib bordi. U-16 va U-19 jamoalari navbatdagi Osiyo chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritdilar. Faqatgina klublarimiz OCHLda ishonchni oqlay olmadilar. Legionerlarimiz uchun ham bu yil yaxshi o'tdi. “Lokomotiv” va “Krasnodar” Evropa ligasining navbatdagi bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdilar.

Futbolchilarimizni yil davomida ko'rsatgan o'yinlaridan kelib chiqib, “Yilning eng yaxshi futbolchisi” bo'lishga munosib o'yinchilar ro'yxatini tuzib chiqdik.



Odil Ahmedov (“Krasnodar”)
Oleg Kononov bu yil Ahmedovga “stavka” qilishda davom etdi. Jamoasi yutqazayotganda mag'lubiyatdan qutilib qolish uchun uning o'rniga hujumkor yarim himoyachini tushirayotganini inobatga olmasa, hamyurtimiz “Krasnodar”ning asosiy figurasidan biriga aylanib ulgurdi. Osiyo Kubogida ham ishonchli harakat qildi. Terma jamoa postiga o'ziga yaxshi tanish bo'lgan murabbiy kelgach, MTJdagi vazifasi yanada oshdi va u bugunda terma jamoa sardori sifatida maydonga tushyapti. Premer-ligada bu yil 3ta gol urgan yarim himoyachi, MTJ safida 4ta golga mualliflik qildi. Evropa ligasining guruh o'yinlarini deyarli to'liq o'tkazdi. 2014/15 yilgi mavsumda klubi safida Rossiya chempionatining bronza medallarini qo'lga kiritdi.



Vitaliy Denisov (“Lokomotiv” Moskva)
Terma jamoamizning alishtirib bo'lmas chap qanot himoyachisi Osiyo Kubogida o'z chizig'ining etakchilaridan biriga aylandi. Ayniqsa, Janubiy Koreyaga qarshi kechgan o'yinda o'z faolligi bilan ajralib turdi. “Lokomotiv” safida bu yil hisobidan 28ta uchrashuvda maydonga tushdi. Afsuski, 2014/15 yilgi mavsum uning klubi uchun zo'r o'tdi deb bo'lmaydi, shunga qaramay, Evropa ligasi yo'llamansini qo'lga kiritgan “Loko”, bu yilgi mavsumda avvalgi xatolarini takrorlamayapti. Klub ishonchli tarzda Evroliganing 1/16 bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdi. Premer-liganing 18-turiga kelib Vitaliy Denisov va moskvalik “temiryo'lchilar” uchinchi o'rinni band etib turibdilar. Vitalik bu yil MTJ safida 10ta o'yinda maydonga tushdi.


Sanjar Tursunov ("Vorskla")
So'nggi marotaba 2009 yilgi mavsumda Ukraina chempionatida beshinchi o'rinni olgan “Vorskla” tarkibida bor-yo'g'i uch nafar legioner bor. SHulardan biri hamyurtimiz Sanjar Tursunov. “Volga NN”dan keyin o'ziga mos jamoa topa olmayotgan Tursunov shu erda o'zini “topdi”. Klubining ham natijalari yaxshilandi. 6 yillik tanaffusdan so'ng poltavaliklar yana beshinchi o'rinni qo'lga kiritdilar. Joriy mavsum ham natijalar yomon emas. Lekin nima uchundir Tursunov MTJ safiga to'liq kirishib keta olmayapti. Bunga ikkita sababni ko'rsatish mumkin, yo murabbiy unga to'liq ishonmaydi, yo uning o'yin uslubi hozirgi taktikaga mos emas. Sanjar 28 o'yinda 4ta gol urib yilni yakunladi. MTJ safida esa 10ta uchrashuvda maydonga tushdi.



Azizbek Haydarov (“Al SHabab”)
Bu futbolchining ham milliy terma jamoamiz tarkibida tutgan o'rni katta. Hujumda ko'rinmasa-da, “orqa”ni ushlab turadigan “stopper”. “Al SHabab” uchun ham Osiyodan haqiqiy topilma. Lekin afsuski, BAA Pro ligasida “Al SHabab” o'z oldiga yuqori maqsadlarni qo'yish haqida o'ylayotgani yo'q. OCHLda ham shunchaki ishtirok etyapti. Azizga o'xshagan futbolchilarga kamida “Al Ayn”dek jamoalar kerak. Lekin “Al SHabab” uni osonlikcha qo'yib yubormaydi. Aziz Haydarov Avstraliyada bo'lib o'tgan Osiyo Kubogida ham ishonchini to'liq oqladi, albatta o'z imkoniyatidan kelib chiqib. Mavsum davomida 22ta o'yinda maydonga tushdi va ikkita gol urdi. MTJ safida esa 12 uchrashuvda harakat qildi va bir necha yillik orzusiga aynan shu yil erishdi. Yamanga qarshi kechgan safardagi o'yinda MTJ safidagi debyut golini nishonladi.


Sardor Rashidov (“Al Jayish”)
Vingerimiz MTJ safida katta o'sishga erishdi. 13 o'yinda maydonga tushgan yarim himoyachi 6 marta raqiblar darvozasini ishg'ol qildi. “Bunyodkor”ning OCHLga chiqishida ham katta rol o'ynadi, ammo OCHL va O'zPFLning birinchi davrasida o'zidan kutilgan o'yinni namoyish eta olmadi. Lekin MTJda buning aksini ko'rdik. Qatar yulduzlar ligasiga ko'chib o'tgach ishtahasi yana ochilib ketdi. 13ta o'yinda 9ta gol yangi legioner uchun juda zo'r natija deb aytsak ham bo'laveradi.



Igor Sergeev (“Paxtakor”)
2015 yil Sergeevning yili bo'ldi deb aytsak ham bo'ladi. Hujumchi oliy ligada 30ta o'yinda maydonga tushdi va 24 marta darvozani ishg'ol qildi. MTJ safida esa 6 marotaba gol urdi. Sardor kabi unda ham OCHLda muammo bo'ldi, jamoasi guruhdan chiqa olmadi. Aslida futbolchilarimizning kuchini OCHLda bilib olishimiz mumkin, hozircha O'zbekiston chempionatidagi futbolchilar bu ishonchni oqlay olishmayapti. Sergeev yanada o'sishi uchun 2016 yilni O'zbekistonda o'tkazmasligi kerak. SHundagina undan keyinchalik ham MTJ safida foydalanishimiz mumkin.



Server Jeparov (“Ulsan Xyunday”)
33 yoshga kirgan bo'lsa-da, Server Jeparovni bu yil ikkinchi yoshligini o'tkazdi desak bo'ladi. Jeparov yoshlarga ko'p jihati bilan o'rnak bo'la oladi. Maydonni yaxshi ko'ra olishi, mashg'ulotdan keyin yana qolib ishlash Jeparovga begona emas. Osiyo Kubogini to'liq o'tkazmagan bo'lsa-da, o'yinlarda yaxshi harakat qildi. “Ulsan” safida esa 22ta o'yinda 6ta gol urdi. Agar saviyasini shu tarzda ushlab tura olsa, O'zbekiston chempionatida qiyinchiliksiz yana 3-4 mavsum o'ynashi mumkin.



Sanjar SHoahmedov (“Lokomotiv”)
Oliy liganing 29 o'yinida 14ta gol urgan Sanjar SHoahmedov haqiqiy jamoasini topdi deb bemalol ayta olamiz. Faoliyatini havaskor jamoalardan birida boshlagan futbolchiga “Olmaliq” imkoniyat berdi va u “Lokomotiv”da mavsum kashfiyotiga aylandi. 2014 yilgi mavsumda 3 marotaba gol urgan SHoahmedov bu yil 14ta urdi. Uni bunday harakat qilishiga ko'proq Jasur Hasanovning kattasi ham sababchi bo'ldi. Katta Jasur ko'p vaziyatlarda uni golli paslar bilan taminladi.



Doston Hamdamov (“Bunyodkor”)
“Bunyodkor”ning yosh iqtidor egalaridan biri Doston Hamdamov allaqachon o'zining shaxsiy sovrinini qo'lga kiritishga ulgurdi. U OFK tomonidan joriy mavsum “Osiyoning eng yaxshi yosh futbolchisi” deb topildi. Doston hali yosh bo'lgani sababli milliy terma jamoa tarkibida maydonga tushishga ulgurgani yo'q. U hozircha “Bunyodkor” safida o'zini ko'rsatib kelmoqda. Hamdamov yoshlar o'rtasidagi Osiyo birinchiligida ham eng yaxshi futbolchilardan biri bo'ldi. Qolaversa, oliy ligada 10ta gol urish 19 yoshli yarim himoyachi uchun yaxshi ko'rsatkich hisoblanadi.



Jasur Hasanov O. (“Lokomotiv”)
Jizzaxda tug'ilib o'sgan Jasur Hasanov futboldan rohat olishda davom etmoqda. U ham joriy mavsumni yuqori notada o'tkazdi. Katta Hasanov “Lokomotiv” safida eng yaxshi o'yin namoyish etgan futbolchilardan biri bo'ldi. Ko'p o'yinlarda zaxiradan tushgan bo'lishiga qaramay, jamoasini qiyin vaziyatlardan olib chiqib keta oldi. Jasur Hasanov bu yil MTJ safida ettita o'yinda ishtirok etdi. Oliy ligada beshta gol urgan yarim himoyachi ayniqsa, safarda “Buxoro” darvozasini juda chiroyli tarzda nishonga olishga muvaffaq bo'ldi.

 

Nodirxo'ja Yuldashev

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика