So’nggi yangiliklar

00:55Антони: "Ишонаверинг, янги мавсум менинг исмимни гол ва ассистлар билан бирга эшитасиз"  3 00:32Александр Крестинин: "Яратган вазиятларимизнинг учдан бир қисминиголга айлантира олганимизда ҳам бугун ғалаба қозонган бўлардик"  2 00:30Париж-2024 финал. Франция - Испания 3:5, Анри бошчилигидаги Франция ютқазди  0 00:12Расман: Давид Де Хеа – "Фиорентина" дарвозабони!  5 23:47Испания Францияни қўшимча бўлимларда мағлуб қилиб, Париж Олимпиадаси олтин медалларига эга чиқди!  22 22:30Денис Коростиченко: "Жамоада катта ўзгаришлар рўй берди. Суперлигада жон сақлаб қолиш эмас, юқорироқ ўрин эгаллашни мақсад қилганмиз"  3 22:09Про лига. "Қўқон-1912" меҳмонда "Машъал" устидан ғалаба қозонди  3 21:35Суперлига. "Локомотив" - "Олимпик" 1:1  8 21:17Суперлига. "Олимпик" ҳамон "тирик" экан, ёш футболчилар "Локомотив" билан дуранг ўйнашди  6 21:10Ольмо "Барселона"да қайси рақамда ўйнаши маълум бўлди  5 20:45"Челси" тез орада 60 млн евролик трансферни амалга оширади  5 20:17Париж-2024. Франция ва Испаниянинг финал ўйини учун бошланғич таркиблари аниқ  1 19:45ПСЖ 40 млн еврога ҳимоячи сотиб олди  1 19:18"Тоттенхэм" "Борнмут" юлдузини трансфер қилмоқда  1 18:58Про лига. "Машъал" – "Қўқон-1912". Таркиблар маълум  2

2014 YILNING ENG YAXSHI FUTBOLCHISI KIM BO'LADI? Yangiliklar

2014 YILNING ENG YAXSHI FUTBOLCHISI KIM BO'LADI?

Yana bir necha kundan so'ng O'zbekiston futbol federaciyasi tomonidan mamlakatimizning eng yaxshi futbolchisi va murabbiyini aniqlash uchun maxsus so'rovnoma chiqadi.
Unda O'FF tomonidan tan olingan OAV vakillari yilning eng yaxshilariga ovoz beradilar. SHuningdek, mana ikkinchi yildirki, PFL ham o'z yaxshilarini aniqlaydi. Bu tanlovda “Paxtakor” menejeri Samvel Babayan va jamoa yarim himoyachisi Jamshid Iskanderov eng yaqin taqibchilaridan ancha o'zib ketishgan. Aynan shu ikkisi PFL yo'nalishida oliy liganing eng yaxshilari bo'lishadi. Qolaversa ular, birinchi marotaba “championat.asia” sayti tomonidan o'tkazilgan tanlovda ham birinchilikni qo'lga kiritdilar. Endigi navbat nafaqat oliy liganing, balki O'zbekistonning eng yaxshilarini aniqlashga. Ayni paytda eng yaxshi murabbiy va eng yaxshi hakam kim bo'lishi haqidagi savol deyarli yopiq. Bu unvonga Samvel Babayan hamda Ravshan Ermatov yil davomida unga haqli ekanliklarini isbotlab bo'ldilar. SHunday ekan, bu mavzuga nuqta qo'ygan holda, keling, eng yaxshi o'yinchi kim bo'lishi haqida mulohaza yuritsak.

Terma jamoa va klubda tutgan o'rinidan kelib chiqib, quyidagi futbolchilarni tanlab oldik. Bular, terma jamoamiz sardori Server Jeparov, “Krasnodar”ning mavsumdagi eng yaxshi xaridlaridan biri bo'lgan Odil Ahmedov, “Al SHabab”ning “kalit” o'yinchisi Aziz Haydarov, “Vorskla”ning asosiy tarkibidan muqim joy olgan Sanjar Tursunov, Moskvaning eng yaxshi chap qanot himoyachilaridan biri Vitaliy Denisov va O'zbekistondan oliy liga bezaklari Sardor Rashidov, undan keyin Jamshid Iskanderov. Yana “Lokomotiv” safida eng yaxshi bo'lgan Jasur Hasanovning kattasi.





Odil AHMEDOV (“Krasnodar”, Rossiya)
2014 yil Premer ligasida o'tkazgan o'yinlari soni – 24.
MTJ safida o'tkazgan o'yinlarining soni: 6 ta o'yin, 476 daqiqa (o'rtacha 79 daqiqa), 2ta gol.

Joriy yilning eng yaxshisi bo'lish uchun Odilda boshqalarga nisbatan imkoniyat biroz kattaroq. “Anji”ning 2013/14 yildagi omadsiz ishtiroki uning ruhiyati va maqeiga jiddiy tasir o'tkazdi. Bir yil avvalgi mavsumdan kelib chiqib, muxlislar orasida avvalgi Odil Ahmedovni yo'qotdik degan gap-so'zlar ham ko'paydi. Aksiga olib, O'zbekiston milliy terma jamoasining ham JCH -2014 saralashi finishida omadi chopmadi.
2014 yil esa Odil uchun avvalgisidan ancha yaxshi keldi, xuddi 2012 yildagi kabi. Rossiya Premer ligasining birinchi davrasida (2013 y.) birorta o'yinda g'alaba qozona olmagan “Anji”ga (0-7-11) yangi yil biroz omadli keldi. Tarkibda bazi bir o'zgarishlar bo'ldi, Ahmedov esa yana asosiy rolga chiqdi. “Anji” yilni g'alaba bilan boshladi (3-3-5).  Ammo poezd allaqachon ketib bo'lgan edi. “Anji” quyi ligaga tushib ketganidan keyin, Ahmedov O'zbekiston futboli tarixidagi eng qimmat futbolchisi sifatida dog'istonliklar safidan “Krasnodar” tarkibiga borib qo'shildi (8 million evro). Galickiy jamoasida futbolchimiz asosiy tarkibning muqim o'yinchisiga aylanish bilan birga, yana avvalgi holatiga qayta oldi. Bu esa uning terma jamoadagi o'yinlariga ham tasir qila boshladi va u yana eski Ahmedov sifatida muxlislarni quvontira boshladi. “Krasnodar” 2014 yilni Rossiyada kuchli uchlik qatorida yakunladi. Ayni paytda jamoa ECHL yo'llanmasi uchun kurash olib boryapti. Agar jamoa ikkinchi o'rinni qo'lga kirita olsa, Ahmedov 2015/16 yilgi mavsumda o'z orzularidan biriga erishishi mumkin.
Undan tashqari so'nggi ikki yilda uni terma jamoamiz murabbiylari goh himoyada, goh tayanch yarim himoyasiga qo'yib, uning asil kuchidan foydalanmay kelayotgan edilar. Bugun esa Oleg Kononov va Mirjalol Qosimov uni o'z nuqtasiga qo'ymoqdalar va u ishonchni oqlayapti. Ayniqsa, Osiyo Kubogidan avval Yangi Zelandiya va BAAga qarshi o'tkazgan o'yinlari juda yaxshi chiqdi.





Server JEPAROV (“Seongnam”, Janubiy Koreya)
2014 yil “K-Liga”da  o'tkazgan o'yinlari soni – 24.
MTJ safida o'tkazgan o'yinlari soni: 4 ta o'yin, 324 daqiqa (o'rtacha 81 daqiqa), 2ta gol.

Garchand, Osiyoning ikki marotaba eng yaxshi futbolchisi bo'lgan Server Jeparov eng yaxshi bo'lish yo'lida favorit bo'lmasa-da, uning ham imkoniyatlari malum foizda mavjud. Balki, Jeparovning yoshi o'tib borayotgan bo'lishi mumkin, ammo uni terma jamoada to'liq almashtirib yuboradigan futbolchi oliy ligada yaqqol ko'zga tashlanmayapti. Yil davomida Koreya matbuoti tomonidan tanqid qilingan futbolchimiz, aslida jamoaning yaxshilaridan biri edi. Murabbiy o'z mag'lubiyatlarini u bilan bog'lashga urindi. Agar futbolchining mahorati gol urish bilan baholanadigan bo'lsa, Jeparov shubhasiz jamoasining birinchi raqamli futbolchisi. U Janubiy Koreyada 2014 yilgi mavsumda o'tkazilgan jami o'yinlarda (Kubok va chempionat) 24 marotaba maydonga tushdi hamda 7ta gol urdi. Jamoa hujumchilari Dong Sub Kim (34ta o'yin, 4ta gol), Dong Xi Kim (32ta o'yin, 5ta gol) va  Eu Jo Xuang (28ta o'yin, 4ta gol)kabi mahalliy futbolchilar bilan solishtiradigan bo'lsak, Jeparovning ularga qaraganda foydasi ancha ko'p bo'ldi. Qolaversa, u Janubiy Koreya Kubogi finalida jamoasiga muhim g'alabani qo'lga kiritishida munosib hissa qo'sha oldi. CHempionatda omadi chopmagan klub, Kubokda zafar quchish bahonasida yangi mavsum uchun OCHL yo'llanmasini naqd qilib oldi.





Vitaliy DENISOV (“Lokomotiv”, Rossiya)
2014 yil Premer ligasida o'tkazgan o'yinlari soni – 27.
MTJ safida o'tkazgan o'yinlari soni: 3 ta o'yin, 262 daqiqa (o'rtacha 87 daqiqa).

Vitaliy mazkur sovrinning amaldagi g'olibi sanaladi. Darhaqiqat, 2013 yili Denisov Rossiya premer-ligasidagi eng yaxshi o'tishlardan biri bo'lgan edi. “Lokomotiv” chempionatning birinchi davrasida ajoyib o'yin namoyish etdi va uzoq yillardan so'ng chempionlik poygasidagi asosiy davogarga aylandi.
Aslida Denisov va uning jamoasi uchun yangi yil omadli boshlangandi. Dastlabki uchta o'yinda g'alaba, ammo shundan keyin har bir g'alabaning orasida bittadan durang bo'ldi. Kamiga, chempionat tugashiga uch tur qolganida, “Lokomotiv” “rels”dan chiqib ketdi. 28-tur, “Lokomotiv” – “Zenit” o'yini chempionatning finali bo'lishi kerak edi. “Lokomotiv” - “Anji” o'yinini ko'rish uchun Moskvaga tashrif buyurganimda, jamoaning matbuot xizmati vakillari bilan Denisov bilan intervyu o'tkazish borasida suhbatlashgandik. O'shanda hamkasblarimiz, “Zenit”ga qarshi o'yin chempionlik masalasini hal qilishi haqida aytib o'tishgan edi. Afsuski, chempionat yakunida “Zenit” bilan uyda durang natija qayd etildi, keyin “Rostov”ga imkoniyat boy berildi. Bu orada CSKA ham ancha ko'tarilib oldi. 30-turda Moskva derbisi, CSKA- “Lokomotiv”. Piterliklarni quvib etib bo'lmaydi, “Loko” g'alaba qozonsa ECHLga chiqadi, CSKA esa chempion bo'lishi mumkin. Bu o'yinni muxlislarimiz yaxshi yodga olsalar kerak, “armiyachilar” 1:0 hisobida g'alabani qo'lga kiritgandilar.
Yangi mavsum Denisov uchun omadli boshlangan edi. 3ta o'yinda 7 ochko. “Lokomotiv” - “Rostov” (2:1) bahsidagi ikkala golga hamyurtimiz assistentlik qildi. Ammo shundan keyin “Lokomotiv”ni omad tark etdi. 5ta o'yinda bor-yo'g'i ikki ochko ishlandi. CHempionlik poygasidagi asosiy raqiblar, “Zenit” va CSKAga imkoniyat boy berildi. Yilning to'rtinchi choragi esa jamoaga samarali keldi va “Lokomotiv” medallar uchun kurashadigan jamoalar qatoriga qo'shildi.
Ammo Denisov terma jamoada u qadar ko'p o'yin o'tkaza olmadi. Hozirgacha o'tkazilgan 9ta o'yindan uchtasida maydonga tushdi.





Aziz HAYDAROV (“Al SHabab”, BAA)
2014 yil BAA PRO ligasida o'tkazgan o'yinlari soni – 17.
MTJ safida o'tkazgan o'yinlari soni: 4 ta o'yin, 360 daqiqa (o'rtacha 90 daqiqa).

Haydarov terma jamoada o'tkazgan barcha to'rt uchrashuvida maydonda to'liq harakat qildi. “Al SHabab” safida esa 2014 yil hisobidan 20ta o'yin o'tkazdi. 2013/14 yilgi mavsum “Al SHabab” uchun u qadar omadli kelmadi. Kuchli uchlik uchun kurash olib borgan jamoa yakunda to'rtinchi o'rin bilan cheklandi. “Bunyodkor”ning pley-offdagi raqibi “Al Jazira” bor-yo'g'i 1 ochkoga orada qoldirib “Al SHabab”ni to'rtinchi o'ringa tushirib qo'ydi. Agar hozir “Al Jazira” emas, “Al SHabab” uchinchi o'rinni olganida, pley-offda Aziz Haydarov o'zining sobiq jamoasiga qarshi Toshkentda maydonga tushish imkoniyatiga ega bo'lardi. Bu yil esa Aziz va uning jamoasi ishlari yurishyapti. Aksar o'yinlarda jamoasini sardorlik bog'ichi ostida maydonga olib tushayotgan Haydarov tayanch yarim himoyachisi bo'lishiga qaramay, “Al Ittihod” (Kalba), “Emireytes” va “SHarja”ga qarshi kechgan ketma-ket uchta o'yinida bittadan jami uchta gol urdi. Ayniqsa, “Emireytes”ga qarshi o'yin 2:1 hisobida imkoniyatni boy berib turgan jamoasini Vilyanueva bilan birga “olib” chiqib keta oldi. Hozircha “Al SHabab” peshqadam “Al Vahda”dan bor-yo'g'i uch ochko ortda boryapti, shuni takidlash lozimki, “Al SHabab”ning hisobida “Al Ayn”ga qarshi bitta qoldirilgan o'yin bor.
Azizning terma jamoada tutgan o'rni haqida hammamiz yaxshi bilamiz. U bilan Ahmedov markaz va tayanch yarim himoyasidan joy olsalar, boshqalar uchun ancha jiddiy raqibga aylanamiz.





Sanjar TURSUNOV (“Vorskla”, Ukraina)
2014 yil Ukraina Premer ligasida o'tkazgan o'yinlari soni – 25.
MTJ safida o'tkazgan o'yinlari soni: 4 ta o'yin, 296 daqiqa (o'rtacha 74 daqiqa).

2012 yil Sanjar Tursunov O'zbekistonda yilning eng yaxshi futbolchisi deb topilgandi. O'sha yili uni O'zbekiston milliy terma jamoasi safida urgan muhim gollari g'oliblar qatoriga olib kirganligini unutganingiz yo'q. Puldan ko'ra sifatni ustun qo'ygan Tursunov arab va Xitoy klublaridan tushgan takliflarning barchasiga rad javobini bergan holda, Ukrainaning o'rtamiyona jamoasi safiga borib qo'shildi. “Vorskla”dagi dastlabki mavsumida Tursunov Ukraina chempionatini 8-o'rinda tugatdi.





Jamshid ISKANDEROV (“Paxtakor”, O'zbekiston)
2014 yil oliy ligada o'tkazgan o'yinlari soni – 25
MTJ safida o'tkazgan o'yinlarining soni: 5 ta o'yin, 183 daqiqa (o'rtacha 36 daqiqa).

Agar legionerlarimiz bo'lmaganida, bu unvonni qo'lga kiritish yo'lida ikkita nomzoddan biri aynan Iskanderov bo'lardi. 2014 yil Jamshid terma jamoamizning 18talik tarkibidan muqim joy oldi. Oliy liganing esa shubhasiz eng yaxshi futbolchilaridan biri bo'ldi. Osiyo o'yinlaridan qaytgach, u jamoasining muhim o'yinlarida maydonga tushib, “Paxtakor”ni birin-ketin erishgan g'alabalariga o'zining munosib ulushini qo'shdi. Oliy ligada jami 8ta golga asistentlik qilib,  6 marta o'zi raqiblar darvozasini ishg'ol qildi.
U urgan gollarning aksariyati jamoasiga ochkolar keltirdi. Muborakda kechgan bahsda aynan uning yagona goli “Paxtakor”ga uch ochkoni keltirgandi, “Nasaf” – “Paxtakor” (1:1) o'yinida ham xorazmlik futbolchi hisobni ochgandi. CHempionatning so'nggi turidan o'rin olgan, “Bunyodkor” – “Paxtakor” uchrashuvida esa jamoasini mag'lubiyatdan qutqarib qolgan ham “Jama” bo'ladi. Avvaliga u 79-daqiqada Sergeevning goliga assistentlik qildi, ko'p o'tmay o'zi hisobni tenglashtirdi. Yakunda Sergeev yana bitta gol urib “Paxtakor”ning g'alabasini taminlagani yodingizdan chiqib ulgurmagan bo'lsa kerak.
Agar terma jamoamiz Incheonda bo'lib o'tgan Osiyo o'yinlarida g'oliblikni qo'lga kiritganida, shubhasiz, Iskanderov yilning eng yaxshi futbolchisi nomini qo'lga kiritgan bo'lardi. Ayni paytda u joriy mavsum uchun ikkita shaxsiy yutuqqa erishib bo'ldi. Birinchisi, Iskanderov “Championat.asia” sayti tomonidan oliy liganing “Eng yaxshi futbolchisi” deb topildi, garchand rasman elon qilinmagan bo'lsa-da, eng ko'p ochko yiqqan futbolchi hisobida, PFL yo'nalishida ham u “Yilning eng yaxshi”si deb topildi.





Sardor RASHIDOV (“Bunyodkor”, O'zbekiston)
2014 yil oliy ligada o'tkazgan o'yinlarining soni – 21
MTJ safida o'tkazgan o'yinlari soni: 9 ta o'yin, 333 daqiqa (o'rtacha 37 daqiqa).

Agar Osiyo o'yinlari bo'lmaganida, Rashidov va “Bunyodkor” ancha yaxshi natijani qo'lga kiritgan bo'lardilar. “Lokomotiv” – “Bunyodkor” o'yinidan keyin Rashidov 1 oyga terma jamoa ixtiyoriga ketdi va oliy liganing 5ta o'yinini o'tkazib yuborishga majbur bo'ldi. Bu orada “Bunyodkor” o'zi uchun kerakli ochkolarni yo'qotdi. Sardor Rashidov allaqachon jamoaning asosiy kuchi bo'lib ulgurgani shundan keyin o'z isbotini topdi. CHempionat to'purari bo'lgan Artur Gevorkyan 26ta uchrashuvda 18ta gol urdi, Sardor esa 21ta o'yinda maydonga tushdi va 10ta gol urdi. Qolaversa, Gevorkyan 6ta golini penaltidan urdi, Rashidovning barcha gollari o'yindan urilgan. Agar Sardor shu tempni ushlab qolsa, yangi mavsum to'purari bo'lishi aniq.
“Bunyodkor” – “Mashal” o'yini Rashidov uchun eng yaxshilaridan biri bo'ldi. 5:0 hisobida yakuniga etgan o'yinda u o'z faoliyatidagi birinchi xet-trikini nishonladi. Gollardan ikkitasini u jarima zarbasidan urgan edi. Uning to'pga zarba berishi, mashhur Ronalduni eslatadi.
Yana Rashidov, terma jamoaning yil davomida barcha o'yinlarida maydonga tushishga muvaffaq bo'ldi, uning har bir o'yinda o'ynagan o'rtacha daqiqalari soni 37ni tashkil etdi.


Men yuqorida sanab o'tgan futbolchilar shunchaki, yil davomida ko'rsatgan o'yinlaridan kelib chiqib, “Yilning eng yaxshi” futbolchisi bo'lishi uchun nomzodlar, xolos. Bu unvonga ro'yxatdan joy olmagan boshqa futbolchilar ham kirishi mumkin, ammo real vaziyatga tayanadigan bo'lsak, bu eng optimal nomzodlar ro'yxati bo'ladi.

Ovozlar dekabr oyida qabul qilinib, katta ehtimol bilan terma jamoamizning Avstraliyadagi Osiyo chempionatidan qaytib kelganidan keyin elon qilinadi. Boisi, 2014 yil so'nggida  tadbir o'tkazilishi haqida hozircha biror gap yo'q.


Nodirxo'ja Yuldashev
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика