So’nggi yangiliklar

19:16"Сурхон" тажрибали дарвозабонини "Хоразм"га ижарага берди  0 18:55Оливер Кан телевидениега қайтмоқда  1 18:28Гвардиола дарвозага янги посбон изламоқда. Португалия терма жамоаси аъзоси – номзодлардан бири  0 18:00"Барселона" Рэшфордни ўз таркибига қўшиб, таваккал қилди. Маркус бу трансфер амалга ошиши учун 10 миллиондан воз кечди  1 17:46"Навбаҳор" 7 кун ичида ФИФА тақиқидан қутулиши, собиқ футболчилари олдидаги қарзларини тўлаб бериши лозим — ПФЛ  10 17:36ПСЖ "Реал" ярим ҳимоячисини харид қилмоқчи  2 17:07"Машъал" легионери билан хайрлашди  0 16:39Ўзбекистонлик ҳакамлар ОФК семинарида қатнашмоқда  0 16:11"Пахтакор" Файзуллаевнинг трансфери ортидан қанча ишлаб олиши маълум  18 15:48"Арсенал" янги меҳмон либосини тақдим этди  2 15:25"Страсбур" "Челси" ҳимоячисини ижарага олади  0 15:04Аббос Файзуллаев фаолиятини Туркияда давом эттиради  29 14:47Ўзбекистон U-17 терма жамоаси бош мураббийи йиғинни тарк этди  3 14:30Лёв кутиб турсин (мутолаа учун)  33 14:09"Тоттенхэм" янги бош мураббийи: "Ваъда бераманки, биз албатта ўйинларда ютқазамиз"  7

2014 yilda bizning jamoalarimiz qanday musobaqalarda ishtirok etishadi? Yangiliklar

2014 yilda bizning jamoalarimiz qanday musobaqalarda ishtirok etishadi?

Mana yangi 2013 yil yakunlanib bormoqda, 2014 yil eshik qoqmoqda.
Bu yil terma jamoalarimiz va klublarimiz bir qator xalqaro musobaqalarda ishtirok etishadi. Biz OFK rasmiy sayti tomonidan taqdim etilgan 2014 yil taqvimi bilan tanishtiramiz. Ushbu taqvim o'quvchilarimizga tushunarli bo'lishi uchun bir necha qismga bo'lib chiqdik.   

Dastlab O'zbekiston milliy terma jamoasi haqida to'xtalib o'tamiz. Mirjalol Qosimov boshchiligidagi terma jamoamiz yangi yilda OK-2014 saralashi doirasida so'nggi tur o'yinini o'tkazadi. 2014 yil terma jamoamiz oldida boshqa rasmiy o'yinlar yo'q. Turli o'rtoqlik uchrashuvlari haqida malumotlar bor, ammo hozirgacha O'FF bu borada rasmiy xabar bergani yo'q. Keyingi yilda ham odatdagidek bir nechta FIFA kunlari mavjud.

Keyingi mavsumda Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichiga chiqish uchun pley-off o'yinlari esa 2, 8 va 15 fevral kunlari bo'lib o'tadi. Unda Toshkentning “Lokomotiv” va Qarshining “Nasaf” klublari ishtirok etishidan xabaringiz bor. Guruh bosqichi o'yinlari esa 25 va 26 fevral kunlari start oladi. Bu bosqich 23 aprelga qadar davom etadi. "Bunyodkor" klubi guruhdagi o'z raqiblarini kecha bilib oldi. Keyingi yil ham 1/8 final va final o'yini ikkita o'yindan iborat bo'ladi.  

SHuxrat Maqsudov boshchiligidagi O'zbekiston yoshlar (U22) terma jamoasi 11 yanvardan 26 yanvarga qadar Ummonda bo'lib o'tadigan yoshlar o'rtasidagi (U22) Osiyo chempionatida ishtirok etadi. O'FF qaroriga ko'ra bu musobaqaga asosan 1993 yilda tug'ilgan futbolchilardan iborat bo'lgan yangi olimpiya terma jamoasi boradigan bo'ldi. SHu sababli yanvar oyida Sankt-Peterburgda bo'lib o'tadigan MDH kubogida O'zbekiston ishtirok etmaydi.

Yozda, aniqrog'i 17-31 iyul kunlari keyingi yil bo'lib o'tadigan yoshlar o'rtasidagi (U22) Osiyo chempionati uchun saralash o'yinlari bo'lib o'tadi. Unda ham olimpiya terma jamoamiz ishtirok etadi.

Temur Olimxo'jaev ustozlik qilayotgan O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi kelasi yilning 6-20 sentyabr oralig'ida Tailandda bo'lib o'tadigan o'smirlar o'rtasidagi (U17) Osiyo chempionatida ishtirok etadi. O'smirlarimiz Toshkentda tashkil etilgan saralashdan muvaffaqiyatli tarzda qatnashib musobaqaga yo'llanma olgandi.

Aleksey Evstafeev boshchilik qilayotgan O'zbekiston yoshlar terma jamoasi kelasi yilning 9-23 oktyabr oralig'ida Myanmada bo'lib o'tadigan yoshlar o'rtasidagi (U19) Osiyo chempionatida ishtirok etadi. Jamoamiz Qatarda bo'lib o'tgan saralashda yo'llanmani qo'lga kiritgandi.

19 sentyabr - 4 oktyabr kunlari oralig'ida Janubiy Koreyaning Inchon shahrida 17-Osiyo o'yinlari bo'lib o'tadi. Bu musobaqada ham katta extimol bilan olimpiya terma jamoamiz ishtirok etadi.

Futzal bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi 30 aprel - 10 may kunlari Vetnamda bo'lib o'tadigan Osiyo chempionati final bosqichida qatnashadi. Bahodir Ahmedov shogridlari Toshkentda bo'lib o'tgan saralashda yo'llanmaga ega bo'lgandi.

OFK 2014 yilning lauretlarini 26 noyabr kuni taqdirlaydi.

2014 yil taqvimi
Milliy terma jamoamiz o'yini
5 mart O'ZBEKISTON – BAA (Osiyo kubogi-2015 saralashi)
1-9 sentyabr FIFA kunlari
6-14 oktyabr FIFA kunlari
10-18 noyabr FIFA kunlari

Osiyo jamoalari ishtirok etadigan musobaqalar taqvimi
19-30 may OFK chaqiriq kubogi saralashi
1-11 may OFK Prezidenti kubogi guruh bosqichi
12 iyun-13 iyul FIFA Jahon chempionati
6 sentyabr – 20 sentyabr O'smirlar o'rtasidagi (U16) Osiyo chempionati
9 oktyabr – 23 oktyabr Yoshlar o'rtasidagi (U19) Osiyo chempionati
22-28 sentyabr OFK Prezidenti kubogi final bosqichi
26 noyabr OFK yil lauretlarni taqdirlash marosimi
10-20 dekabr FIFA klublar o'rtasidagi Jahon chempionati
19 sentyabr - 4 oktyabr. 17-Osiyo o'yinlari
 
Narzulla Saydullaev.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика