So’nggi yangiliklar

22:05Суперлига. ОКМК Санчеснинг дубли эвазига "Пахтакор" майдонида ғалаба қозонди  54 22:04"Тоттенхэм" "Ал Ҳилол" ҳужумчисини сотиб олиши мумкин  0 21:36"Боруссия" АПЛдан 25 млн еврога ўйинчи сотиб олиши мумкин  0 21:08Жек Грилиш "Эвертон"га ўтиши мумкин  0 20:37"Реал Мадрид" Родриго бўйича бирорта клубдан таклиф олмагани маълум бўлди  4 19:51"Эспаньол" Лукас Васкесни таркибга қўшиб олмоқчи  0 19:22МЮ "Лейпциг"га Шешко учун катта сумма таклиф қилди  1 18:49Суперлига. "Пахтакор" – ОКМК. Таркиблар маълум  6 18:36"Ювентус" Тоналини харид қилмоқчи  1 18:09ФИФА собиқ ҳаками вафот этди  1 17:46Диёра Ҳабибуллаева – "Севинч" аъзоси!  0 17:30Суперлига. 17-тур дисквалификациялари: "Динамо", "Сўғдиёна" ва "Андижон"да йўқотишлар бор  0 17:13МЮ "Реал" футболчиси учун йирик таклиф билан чиқмоқчи  7 16:44"Андижон" собиқ футболчиси фаолиятини Черногорияда давом эттиради  2 16:16"Реал" собиқ ҳужумчиси Греция жамоасига ўтди  0

2009-2012 yillarda tavallud topgan bolakaylar uchun, "Junior Football" klubi ish boshladi Yangiliklar

2009-2012 yillarda tavallud topgan bolakaylar uchun, "Junior Football" klubi ish boshladi

Teglar :  Junior Football
Mazkur loyiha italiyaliklar bilan hamkorlikda tashkil qilinadi.

Ilyos Zeytullaevning Toshkentga safaridan so'ng, u bilan hamkorlikda, poytaxtda "Junior Football" bolalar futbol klubi ish boshladi. Mazkur loyiha 5-8 yoshli futbolchilarni o'ziga jamlaydi va haftasiga uch marotaba mashg'ulot olib boriladi.

Klub vakillari 5-12 sentyabr kunlari Italiyaning Rim, Abrucco hamda Karpi shahrida bo'ladilar. Rejaga ko'ra, Italiyaning 200dan ortiq futbol akademiyalari bilan hamkorlikda istedodlarni tarbiyalab A Seriyaga uchirma qiladigan "Karpi" futbol akademiyasi vakillari bilan uchrashuv bo'lib o'tadi. Unda, o'zbekistonlik yosh istedod egalarini Evropaga chiqarish masalasi muhokama qilinishi ko'zda tutilgan.

Mazkur loyiha Odil Ahmedov va Ilyos Zeytullaev bilan hamkorlikda amalga oshiriladi. 

"Italiya o'zining yangi metodikasini ishlab chiqdi va buni amalda qo'llay boshladi. Biz eng kichik yoshdagi bolalar bilan ish boshlamoqchimiz. Undan tashqari, Italiyaga borib kelgach, zamonaviy sport qurollari bilan boshqa klub vakillari uchun alohida yakka tartibdagi mashg'ulotlarni ham o'tkazishni reja qilganmiz", - deydi klub rahbari Jahongir Usmonov. 

Malumot uchun telefon: (+998 97) 7724345. Soat 09:00dan 20:00gacha.

2011-12 yillar uchun mashg'ulotlar haftaning dushanba/chorshanba/juma kunlari o'tkazilinadi. SHanba kuni shahmat to'garagi va o'rtoqlik uchrashuvi.

2009-2010 yillar uchun mashg'ulotlar sentyabr oyidan seshanba/payshanba/shanba kunlari o'tkazilinadi. Yakshanba o'rtoqlik uchrashuvi.


Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика