So’nggi yangiliklar

17:07Стив Брюс Ямайка терма жамоасида иш бошлаши мумкин  0 16:50Париж-2024. Ўзбекистон - Доминикан Республикаси: Асосий таркибимиз маълум  21 16:17Ҳусниддин Алиқулов ва Остон Ўрунов бугунги ўйинни ўтказиб юборади  21 15:54Фабрицио Романо: "Атлетико" Конор Галлахер трансферига яқин  2 15:23"Челси" Лукакуни Осимхенга алишмоқчи  1 14:58"Арсенал" Саненинг атрофидаги вазиятни кузатмоқда  1 14:09Эшитдик-да! "Бунёдкор" бугун "Олимпик" ўйинчиси билан шартнома тузади  2 13:39"Пахтакор" стадионига таъмир керак. У Суперлигани қабул қила олмайди  29 13:10Энцо Фернандес АҚШда "Челси" сафига бориб қўшилди  1 12:52Ўзбекистонлик спортчиларнинг Париж Олимпиадасидаги иштирокидан ОНЛАЙН  3 12:31ЦСКА ҳужумчиси Греция клуби билан шартнома имзолайди   2 12:05Шерзод Файзиев қаерда?   8 11:50"Краснодар" бразилиялик футболчиси билан янги шартнома имзолади   1 11:29Леон Горецкага "Атлетико Мадрид" ва "Наполи" қизиқиш билдирмоқда  1 10:33«Олимпик» 7 нафар футболчи билан шартнома тузди  7

2002 yilgi Jahon CHempionlari hozir qaerda? Yangiliklar

2002 yilgi Jahon CHempionlari hozir qaerda?

Braziliya terma jamoasining so'nggi bor jahon chempioni bo'lganiga ham mana 15 yil bo'libdi.

Roberto Karlos 44 yoshida nabirali bo'lgan bo'lsa, Ronaldino hozirda mini-futbolda faoliyatini davom ettirmoqda. Bugungi mavzumiz aynan ular haqida.

2002 yilgi mundial Yaponiya va Janubiy Koreya yashil maydonlarida o'tgani hech kimga sir emas. Deyarli ikki yil “ketmoni chinakamiga uchmayotgan” Ronaldo aynan shu musobaqada barchani yoqa tishlashga majbur qildi. Millionlab muxlislar Fenomen va jamoadoshlarining o'yinidan chinakamiga zavq olishdi. “So'yloq tish” esa 8 gol bilan Braziliya termasini hozircha so'nggi yirik g'alabaga etaklab bordi va chempionat 7 o'yinining hammasida zafar quchdi. Braziliya guruh bosqichida Turkiya, Kosta-Rika va Xitoy ustidan g'alaba qozondi. Pley-offning dastlabki bosqichida Belgiyadan omad yuz o'girdi. Keyin esa Angliya ham turnirdan chiqarib yuborildi va Ronaldino Simenning darvozasiga o'sha mashxur golni urishga muvaffaq bo'ldi. Yarim final va finalda Ronaldo o'ziga xosligi bilan boshqalardan yaqqol ajralib turdi: avvaliga u turklar darvozasiga “oyoq uchida” gol kiritdi. Finalda esa hal qiluvchi jangdan oldin Jahon Kubogida eng yaxshi futbolchi deb etirof etilgan Oliver Kan darvozasini ikki marta ishg'ol qilishga muvaffaq bo'ldi.


Markos, 44 yosh. JCH-2002da = 7 o'yin, 4ta gol o'tkazib yuborgan.
Braziliya termasining posboni 2002 yilda “pentakampeon” unvoniga sazovor bo'lgan. 38 yillik faoliyatining 20 yilini birgina “Palmeyras” futbol klubida o'tgan. Qo'lqoplarini “mixga ilgach”, qaxramonimiz “yashil-oqlar” elchisiga aylandi, hamda “San Markos” avtobiografik filmi suratga olish jarayonida ishtirok etdi.

Dida, 44 yosh. JCH-2002da = 0 o'yin.
2002 yilgi turnirda asosiy tarkib uchun raqobatni Markosga yutkazgan bo'lsa-da, Evropada ajoyib faoliyat davrini boshlashga muvaffaq bo'ldi, yani “Milan”ning ajralmas bo'lagiga aylandi. U bu jamoa bilan bir qancha yutuqlarga erishdi, jumladan ikki marotaba CHempionlar Kubogida zafar quchdi. O'sha ko'pchilikning xotirasida qolgan “Buyuk Milan”ning asosiy posboni aynan Dida edi. Bundan ikki yil avval esa o'z faoliyatiga nuqta qo'ydi va murabbiy bo'lishga qaror qildi. Bir qancha vaqt Xitoy klubi “SHenchjen” murabbiyi Klarens Zedorfning yordamchisi bo'lib ishladi. Hozirda esa Janluijji Donnarumma kelajakda eng kuchli darvozabon bo'lishiga ishonch bildirgani holda, “Milan” bosh murabbiyi bo'lish haqida orzu qilmoqda.

Rojerio Seni, 44 yosh. JCH-2002 = 0 o'yin.
“San-Paulu”ning afsonaviy darvozaboni va 100dan ortiq gollar muallifi 2015 yil dekabr oyida faoliyatini tugatgani haqida xabar bergan edi. SHu yilning boshida esa Rojerio “San-Paulu”ning bosh murabbiyi bo'ldi va u erda bor yo'g'i yarim yil ishladi. Iyul boshida, “Flamengo” bilan bo'lgan bahsda 0:2 hisobidagi mag'lubiyatdan so'ng istefoga chiqarildi.



Kafu, 47 yosh. JCH-2002da = 7 o'yin.
Braziliya terma jamoasi himoyachisi hamon diqqat markazimizda. Bunga sabab, shu yilning mart oyida “Konfederaciyalar Kubogiga qadar 100 kun” tadbirida ishtirok etdi. Braziliyalik 8 mart xalqaro xotin-qizlar kunida ko'cha bo'ylab barcha ayollarga gullar sovg'a qildi va Rossiya termasi nomiga maqtovlarni ayamadi.

Roke Junior, 41 yosh. JCH-2002da = 6ta o'yin.
JCH-2014da Braziliya terma jamoasining texnik kuzatuvchisi bo'lib ishladi. Biroq, asosan murabbiylik ambiciyalarini hayotga tadbiq qilish bilan shug'ullandi. 6ta o'yin klubda rahbarlikni ushlab turdi, birozdan keyin esa “Lacio”ga ishga qabul qilindi. SHu yilning martidan-iyunigacha Braziliyaning “Ituano” klubiga rahbarlik qila boshladi.

Lusio, 39 yosh. JCH-2002da = 7 o'yin.
Muvafaqiyatli mundialdan so'ng “Bavariya” va “Inter” uchun “ter to'kdi”. Yaqin kungacha esa hind klubi “Goa”da faoliyat yuritar edi. SHunday bo'lishiga qaramay, rasman ketishi haqida elon qilgani yo'q.

Edmilson, 41 yosh. JCH-2002da = 6ta o'yin, 1ta gol.

“Kosta-Rika” darvozasiga urilgan ajoyib gol muallifi muvafaqqiyatli tadbirkor bo'ldi va hozirda Braziliya futbol Konfederaciyasida ishlamoqda. U erda islohotlar qo'mitasiga rahbarlik qiladi.

Roberto Karlos. 44 yosh. JCH-2002da = 6ta o'yin, 1ta gol.
Turkiya, Qatar va Hindiston klublarida murabbiy bo'lib ishlashga ulgurdi. SHuningdek, u “Real”ning elchisi hisoblanadi. Kuni kecha esa nabirali bo'ldi. SHu munosabat bilan uni yana bir bor muborakbod etamiz!



Belleti, 41 yosh. JCH-2002da = 1ta o'yin.
2011 yilda doimiy jarohatlanishlardan charchab, faoliyatiga nuqta qo'ydi. Bir yil avval esa “Koritiba” futbol klubi rahbari etib tayinlandi.

Anderson Polga, 39 yosh. JCH-2002da = 2ta o'yin.
Lissabon “Sporting”ida 9 yil ishlab, faoliyati so'ngida “Korintians” bilan Libertadores Kubogini yutish uchun Braziliyaga qaytdi. Hozirda sobiq futbolchi shirin hayot kechirmoqda: televideniedan takliflar olish, turli xil tadbirlarda qatnashish va mini-futbolda ham ishtirok etib turish bilan band.

Junior, 44 yosh. JCH-2002da = 1ta o'yin, 1ta gol.
Junior 2010 yilga qadar futbol o'ynagan bo'lsa, undan so'ng o'zini yangi sohada sinab ko'rishga qaror qildi va restorator bo'ldi. Haqiqatdan ham, hozirgi kunda jonajon Baiya shtatida rahbarlik lavozimini egallab turibdi.

Jilberto Silva, 39 yosh. JCH-2002da = 7ta o'yin.
Bir necha yil avval futbol faoliyatini yakunlagach, oilasi bilan kichik ferma ochib, o'sha erda yashashi haqida aytib o'tgan edi. Ammo, Jilberto “Panatinaikos”ning sport rahbari etib saylandi. Aprel oyida esa FIFAning bosh markazi ochilishida ishtirok etish uchun Rossiyaga keldi.

Rivaldo, 45 yosh. JCH-2002da = 7ta o'yin, 5ta gol.
Futbol ko'p vaqtgacha Rivaldoni ko'yib yubormadi. U futboldan bir necha bor ketib, yana qaytib keldi. Malum muddat “Bunyodkor”da ham o'ynadi. 43 yoshigacha “Moji-Mirin”da (mulla-jiring emas) to'p tepdi va keyinchalik klub prezidenti bo'ldi.

Rikardino, 41 yosh. JCH-2002da = 3ta o'yin.
2012 yildan beri bosh murabbiy bo'lib ishlab kelmoqda Asosan quyi diviziondagi bir necha Braziliya komandalarini almashtirishga ulgirdi.

Ronaldino, 37 yosh. JCH-2002da = 5ta o'yin, 2ta gol.
Bugungi kunda Kataloniyaning “Barselona” klubi elchisi hisoblanadi. Hindistonda mini-futbolni qoyilmaqom qilib o'ynaydi, xattoki bu ketishda bilan Braziliya futzal terma jamoasida ham o'ynashi mumkin. Hozirda reklamalarda suratga tushmoqda.



Kleberson, 38 yosh. JCH-2002da = 5ta o'yin.
U yaqin kunlargacha, garchi MLSda bo'lmasa xam, AKSHda futbol o'ynab kelardi. Uning so'nggi jamoasi - Floridaning “Fort-Loderdeyl Straykers” klubi.

Vampeta, 43 yosh. JCH-2002da = 1ta o'yin.

San-Paulu shtatida deputatlikka o'z nomzodini qo'ygan. Braziliyaning “Gremio Osasko” to'rtinchi divizionida oz vaqt murabbiylik bilan shug'ullangan va keyinchalik klub prezidenti etib tayinlangan.

Junino Paulista, 44 yosh. JCH-2002da = 5 o'yin.
Futbolchilik faoliyatini yakunlagach, “Ituano” jamoasida ishlagani malum.

Kaka, 35 yosh. JCH-2002da = 1 o'yin.
O'shanda futbolchi hali yosh edi. Kakaning oltin davri keyinroq boshlandi, u “Milan”, “Real” tarkibida to'p tepganda. Bu vaqt ichida yarim himoyachi “Oltin to'p” sohibiga aylandi. Kuni-kecha MLS vakili “Orlando Siti” tarkibida faoliyatidagi so'nggi o'yinni o'tkazdi. Bu haqida futbolchi avvalroq o'z intervyusida aytib o'tgandi.



Ronaldo, 41 yosh. JCH-2002da = 7 o'yin, 8ta gol.
2002 yil yozida millionlab bolakaylar soch turmaklarini huddi Ronaldoki kabi qilib olishlari shunchaki ro'y bermadi. Faoliyatini yakunlagandan so'ng, Fenomen, o'zbekchasiga aytganda, o'zini biroz “qo'yib yubordi”. Braziliyadagi tashkiliy qo'mita raisi vazifasini bajardi, keyinroq o'zining agentlik byurosini ochdi, poygalarda qatnashadigan klub va futbol jamoasining akciyalarini sotib oldi. Yaqindagina, mabodo “Real”ga u kerak bo'lsa, sport formasini tiklashini va maydonga qaytishga tayyorligini bildirdi.



Denilson, 40 yosh. JCH-2002da = 5 o'yin.
Futbol uchrashuvlarini sharhlab turadi, ekspert sifatida TV va radioda muntazam ravishda efirga chiqmoqda.

Edilson, 46 yosh. JCH-2002 = 4 o'yin.
Jahon CHempionatidagi g'alabadan so'ng, qator jamoalar sharafini himoya qilgan, 2010 yilda esa faoliyatini yakunlagandi. Ammo oradan olti yil o'tib, futbolni sog'indi chog'i, braziliyaning “Toboan” jamoasida o'ynay boshladi.

Luizao, 41 yosh. JCH-2002da = 2 o'yin.
Agentlik biznesiga kirib ketgan futbolchi, Jorje Mendesh imperiyasi tarkibiga qo'shilgan. Luizao mashhur Mendeshning Braziliyadagi vakili sifatida faoliyat olib bormoqda.

Luis Felipe Skolari, 68 yosh.
Mundialdagi g'alabadan ikki yil o'tib, o'ziga xos natijaga erishishi mumkin edi. Skolari 2004 yil Evropa CHempionatida Portugaliyani chempionlikka olib borishga yaqin edi. 4 yil ichida avvaliga Lotin Amerikasi jamoasi bilan JCHda g'alaba, keyin esa Evropa chempionligi. Ammo bunga yunonlar qarshilik qilishdi.
Londonning “CHelsi” klubida ishladi. O'zbekistonga kelib, bir muddat Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi bosh murabbiyi lavozimida ham faoliyat olib borgan. Braziliya termasiga qaytish achinarli yakun topdi, o'z uyidagi Jahon CHempionati yarim finalida Germaniyadan 1:7 hisobida uchralgan mag'lubiyatni futbol jamoatchiligi uzoq vaqt eslab yurishi aniq. Ayni paytda Xitoyning “Guanchjou Evergrand” klubini boshqarmoqda.


Xorij saytlaridan Nozima Zaripova tarjima qildi

Reyting: +31   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика