So’nggi yangiliklar

09:51Биринчи даврани “Локомотив“да ўтказган ҳимоячи ОКМК йиғинига қўшилди  0 09:23МЮнинг асосий дарвозабони узоқ муддатга сафдан чиқди  2 08:54“Шўртан“ сардори Ҳиндистон жамоасига кўчиб ўтди  1 08:25Аббосбек Файзуллаев: “Краснодар“ билан ўйин менинг ЦСКАдаги охирги ўйиним бўлганми ёки йўқлигини ўзим ҳам билмайман“  1 07:58Ўзбекистон МТЖнинг яна бир аъзоси фаолиятини Эронда давом эттириши мумкин  4 07:27Россия Суперкубогини қўлга киритган Файзуллаев учрашувдан сўнг нималар деди?  2 07:25“Андижон” польшалик ҳимоячи билан шартнома имзолади  2 07:00“Истиқлол“ бош мураббийи яна бир ўзбекистонлик футболчи билан шартнома тузишни истамоқда  5 02:34"Спортинг" раҳбари Гёкерешнинг йиғинга келмагани ҳақида: "Даҳолар босим ўтказиш орқали трансферни осонлаштирамиз деб ўйлашади, аммо бу уни қийинлаштиради. Ҳаммаси катта жарима ва кечирим сўраш билан ҳал бўлади"  1 00:55Футзал. "Қизилқум" ўтиш ўйинида "Пахтакор"ни мағлуб этиб, Олий лигага йўлланма олди  1 00:22"Челси"га Доннарумма ёқади. Футболчи КЖЧдан сўнг битим борасида қарор қабул қилади  2 23:58Шквирин "Андижон"да  3 23:31Суперлигада 2025 йилги мавсумнинг илк қисмидаги энг яхши 10 ўйинчи  6 22:36"Барселона"га "Челси" форварди керак  7 22:11ЦСКА ва Аббос Файзуллаев — Россия Суперкубоги соҳиби  10

20 yoshli hujumchi, 21 yoshli darvozabon, 22 yoshli himoyachi va 53 yoshli murabbiy. Superligada 8-turning eng yaxshilari Yangiliklar

20 yoshli hujumchi, 21 yoshli darvozabon, 22 yoshli himoyachi va 53 yoshli murabbiy. Superligada 8-turning eng yaxshilari

Championat.asia sayti O'zbekiston Superligasi 8-turining eng yaxshilarini aniqladi.

"Championat.asia" sayti talqiniga ko'ra, 8-turning eng yaxshi darvozaboni - Vladimir Nazarov ("Paxtakor").

"Paxtakor" bu tur Jizzaxda "Dinamo" mehmoni bo'ldi va 1:1 hisobida durang o'ynadi. Uchrashuv davomida Samarqand klubi katta tashabbusga ega bo'ldi va ko'plab hujumlar uyushtirdi, Nazarov 6 marta jamoasini goldan qutqardi. SHu tariqa Vladimir Nazarov turning eng yaxshi darvozaboni bo'ldi.




"Championat.asia" sayti talqiniga ko'ra, 8-turning eng yaxshi murabbiyi - Mirjalol Qosimov (OKMK).

Mirjalol Qosimov boshichiligidagi OKMK bu tur o'z maydonida "So'g'diyona"ni 5:3 hisobida taslim qildi. Bahs davomida mehmonlar hisobda oldinga chiqib olishdi, ammo Qosimovning o'zgartirishlaridan keyin olmaliqliklar kambek qilishdi va irodali g'alabani nishonlashdi. SHu tariqa, Qosimov 8-turning eng yaxshi murabbiyi deb topildi.




"Championat.asia" sayti talqiniga ko'ra, 8-turning eng chiroyli goli muallifi - Ahmadillo Muqumjonov ("Olimpik").

"Olimpik" mazkur tur Qarshida "Qizilqum" mehmoni bo'ldi. Uchrashuvning 53-daqiqasida mehmonlar himoyachisi Ahmadillo Muqumjonov jarima to'pini ajoyib tarzda raqib darvozasiga joylab qo'ydi. Aynan mana shu gol 8-turning eng chiroyli goli deb topildi.

GOLNI TOMOSHA QILISH




"Championat.asia" sayti talqiniga ko'ra, 8-turning eng yaxshi futbolchisi - Ali Abdurahmonov (OKMK).

OKMKning "So'g'diyona" ustidan qozongan g'alabasiga zaxiradan maydonga tushgan Ali Abdurahmonov katta hissa qo'shdi. 65-daqiqada o'yinga qo'shilgan Abudrahmonov ikkita gol urdi va jamoasini g'alaba sari etakladi. SHunday qilib, Ali Abdurahmonov Superligada 8-turning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.



Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика