So’nggi yangiliklar

11:57"Реал" асосий жамоанинг 5 нафар футболчиси, жумладан, Родриго билан хайрлашишга тайёр  2 11:30Зайнутдинов тиббий кўрикдан ўтди — трансфер якуний босқичда  0 10:36"Манчестер Юнайтед" - "Вест Хэм" учрашувида рекорд қайд этилди  5 09:58"Насаф" ярим ҳимоячиси "Бунёдкор"га ўтиши мумкин  3 09:20"ФарДУ" иккинчи даврада Суперлиганинг бир нечта футболчиси билан шартнома имзолаши мумкин  1 08:46Назорат учрашуви. "Қўқон-1912" "Арал"ни мағлуб этди. Қўқонликлар сафида ОКМК футболчиси ҳаракат қилди  1 08:13ЦСКА директори Файзуллаев трансфери ҳақида гапирди  7 07:48Мираброр Усмонов хотира турнири. Бугун чемпион аниқланади  4 00:01Англия финалда Испанияни мағлуб этиб, аёллар ўртасидаги Евро-2025 ғолибига айланди  7 23:38Артур Испанияга қайтиши мумкин  0 23:15Доннарумма "Галатасарой"дан таклиф олган. Истанбулликлар дарвозабоннинг ПСЖ билан музокараларидаги қийинчиликдан фойдаланмоқчи  0 22:40"Ал Насср" Феликсдан сўнг ЖЧ ғолибини нишонга олди  5 22:16Диас "Бавария"га 75 млн евро эвазига ўтмоқда, томонлар барчасини келишиб олишди. "Ливерпуль" вингери 4 йиллик шартнома имзолайди  7 21:48"Ювентус" машғулотларни ўтказиб юборгани учун Дуглас Луисни 40-120 минг евро жаримага тортади. Хавбек Англияга йўл олмоқчи  0 21:21"Милан" "Реал"дан Фран Гарсиянинг нархини сўради. "Қироллик клуби" эса...  0

20 yildan beri to'xtamayotgan jizzaxlik afsona Yangiliklar

20 yildan beri to'xtamayotgan jizzaxlik afsona

Jismoniy holat masalasi futbolimizning og'riqli nuqtalaridan biri bo'lib, xalqaro maydonda ko'p bor pand bergan.

SHu tufayli o'zbek futbolidagi o'rtacha yosh Evropa yoki SHarqiy Osiyo mamlakalariga nisbatan past. Bu aksar hamyurtlarimizning sport formasi 30 yoshdan keyin "o'lib qolishi"da ko'rinadi. Biroq, mustasno holatlar ham yo'q emas.

Ulug'bek Baqoev Jizzaxda raqobatbardosh jamoa qurishni uddaladi. "So'g'diyona"ni kuztganlar jamoaning o'yini tajribali Jasur Hasanovning atrofiga qurilganini tezda ilg'ashadi. Hujumlarning 70 foizi aynan u orqali tashkil qilinadi. Umuman olganda, har qaysi futbolchi yil o'tgani sayin aqllilashib, maydonni yaxshiroq ko'rishi, "maestro"ga aylanishi tabiiy hol. Ammo, Hasanovning tezligini ham alohida takidlash kerak.

Xabaringiz bor, Jazzax klubi kecha Dushanbening "Istiqlol"ini mag'lub qildi. 70 daqiqaga yaqin maydonda bo'lgan Hasanov o'z ananasiga sodiq qolgani holda tinim bilgani yo'q. 1-taymda bir necha bor 20 yoshli Vaxdat Xanonovni tezlikda ortda qoldirgan bo'lsa, 2-bo'limning 13-daqiqasida Daler Imomnazarovdan o'zib ketdi va SHohruz Norxonovning goliga qoyilmaqom tarzda hammualliflik qildi.

Malumot uchun, Jasur Hasanov tez orada 38 yoshni qarshi oladi. Kecha unga qarshi o'ynaganlardan darvozabon Muxriddin Hasanov, himoyachilar Vaxdat Xanonov va Manuchehr Safarov, oldingi chiziq vakillari Alisher Zoirov, Rustam Soirov hamda SHervoni Mabatshoevlar Jasur katta futbolda debyut qilganida hali tug'ilishmagan edi.

Odatda Zlatan Ibragimovich, Xaver Zanetti yoki Rayan Giggz singari futbolchilarning katta yoshda ham yuqori templi o'yinlarda yo'qolib qolmagani haqida gap ketsa, hayratimizni yashirolmaymiz. Lekin, shu ishni o'zbek futbolida takrorlaganlar ko'pincha etibordan chetda qoladi. Hasanov 10 kunda keyin 38 ga to'lishi haqida aytdik. Deyarli barcha tengdoshlari allaqachon sport bilan xayrlashib, muxlislar xotirasidan chiqishga ham ulgurgan bo'lsa-da, jizzaxlik yarim himoyachi hozircha bu haqda o'ylamayapti.

"Istiqlol" bilan o'yindan keyin uning o'zi sport formasi haqidagi savolga shunday javob qaytardi:

"Bizda yulduz degan tushunchaning o'zi yo'q. Jamoada barcha birdek mehnat qiladi, yuguradi. Jismoniy holatimni meyorda ushlash uchun mashg'ulotda 2 hissa kuch bilan harakat qilaman. Buning hech qanday dieta yoki vitaminlar bog'liq siri yo'q. Faqat mehnat. Oxirgi paytlarda ko'pchilik faoliyatimning yakuni to'g'risidagi savollar bilan murojaat qilyapti. Yo'q, hozir kuchim bor va bu haqda o'ylamayapman. Xudo xohlasa, yana 4-5 yil birga bo'lamiz".

Hasanov deganda kishining xayooliga tezlik keladi. U har doim shu hislati bilan boshqalardan ustun edi. "Bunyodkor"dagi reydlari, Rivaldo-yu Vilyanuevalarni golli uzatmalar bilan taminlab yurgan kezlari yodingizda bo'lsa kerak. Oradan 10 yil o'tdi. Umuman olganda, u katta futbolda yugurishni boshlaganiga 21 yil bo'ldi. Jasur Hasanovning hanuz farzandi tengi yigitlardan tezroq yugurayotgani tahsinga sazovor. Tajribali yarim himoyachining muvaffaqiyatlarini ko'proq futbolga bo'lgan mehr va ishtiyoq bilan bog'lash to'g'ri bo'lardi. Bu ikkalasi esa quyida suratda o'z ifodasini topgan↓↓↓

foto: Tolibjon Qosimov

P.s. Tez orada Jasur Hasanov bilan katta intervyu tashkillashtirishni reja qilganmiz. Umid qilamizki, 38 yoshda ham to'xtash nimaligini bilmayotgan jizzaxlik afsona yosh hamkasblariga kerakli motivaciyani bera oladi.

"Qashqirlar makoni"dagi Aktamov yoxud "Qizilqum"ning favqulodda porlashi

Muallif :
Reyting: +46   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика