So’nggi yangiliklar

22:50Уильямсни сотиб олса ҳам "Барселона" Рэшфордни трансфер қилишга уриниб кўради  0 22:31Фарҳод Нишонов: "Бир нечта футболчиларимизда Суперлигадан клубларидан таклифлар бор"  0 22:13Асрор Алиқулов: "Чарчоқ ёки иссиқ ҳаво деган гаплар қуруқ баҳона. Ҳар бир учрашув ҳам ўхшайвермайди"  3 21:57Суперлига. "Қизилқум" сўнгги дақиқаларда гол уриб, "Нефтчи"ни ғалабадан маҳрум қилди  63 21:21ПроЛига. "Олимпик Мобиуз" "Олимпик" дарвозасига жавобсиз 4та гол урди ва пешқадамликни қўлига олди  1 20:55Суперлига. "Навбаҳор" ўз майдонида "Машъал"га жавобсиз 6 та тўп йўллади, Ғуломовда дубль, Жияновда 3 та ассист!  66 20:16Тер Штеген "Барселона"да қолмоқчи  0 19:58Бобир Абдихолиқов "Келажак бунёдкори" медали билан мукофотланди  7 19:35"Милан" "Торино" футболчисини сотиб олади  1 18:51Клопп клублар ўртасидаги ЖЧ форматини жиддий танқид қилди  6 18:32Хаби Алонсо "Ювентус"га қарши ўйин ҳақида: "Уларнинг "Манчестер Сити"га қарши ўйини ҳеч нимани англатмайди"  3 17:45"Милан" 3 футболчини сотиб олмади ва жамоасига қайтариб юборди  0 17:20"Штутгарт" футболчисини 100 млн еврога баҳоламоқда, "Бавария" эса 50 миллионга  0 16:51"Пахтакор" Қаршида сўнгги дақиқаларда иккита гол уриб, мағлубиятдан қутулиб қолган учрашувдан ГАЛЕРЕЯ  4 16:23"Барселона" Месси, Коутиньо, Куман олдидаги қарзларини ёпди  14

2-liga. "Pulka" uchun kurash davom etmoqda Yangiliklar

2-liga. "Pulka" uchun kurash davom etmoqda

Toshkent shahar 2-liga bellashuvlarining hal qiluvchi bahslari davom etmoqda.

8-tur natijalariga ko'ra peshqadam SKIF jamoasi 6 o'yindan 12 ochko jamg'argan, bir yo'la to'rtta klub - "Bunyodkor-A", "O'rikzor", "Namuna" va "Paxtakor-1" bir xil 10 ochkoga ega.

Ushbu bosqichda g'olib chiqqan klub "Pulka"da ishtirok etadi.

Kecha "Tramvaychi" hamda "O'rikzor" jamoalari o'rtasidagi uchrashuv o'tkazildi.

Uchrashuvning birinchi bo'limida tashabbus ko'proq "O'rikzor" tarafida bo'ldi, yaratilgan qulay imkoniyatlardan foydalanishga kelganda futbolchilar oqsashdi. Mezbonlar esa qarshi hujumlarning birini golga aylantirishdi. Ikkinchi bo'limda esa mezbonlar "Tramvaychi" jamoasida golli vaziyatlar ko'proq yuzaga keldi. Ikkita vaziyatda mehmonlar darvozaboni Mirsodiq Maxamatov jamoasini goldan qutqarib qolgan bo'lsa, yana bir nechta holatlarda omad mezbonlardan yuz o'girdi. O'yinning so'nggi daqiqalarida mehmonlar vaziyatni o'nglash uchun ketma-ket hujumlar uyushtirishdi. Uchrashuvga hakam tomonidan qo'shib berilgan ikkinchi daqiqada "O'rikzor" jamoasi sardori Doniyor Usmonovning burchak zarbasidan etkazib bergan to'pini zahiradan maydonga tushgan Abdulla Yo'ldoshev boshi bilan raqib darvozasiga joylab qo'ydi. SHu tariqa, "O'rikzor" so'nggi daqiqada mag'lubiyatdan qutulib qoldi va o'z hisobiga bir ochko yozib qo'ydi.



"Tramvaychi" - "O'rikzor" 1:1
Gollar: Baxtiyor 30 - A.Yo'ldoshev 90+2

"O'rikzor": Mirsodiq Maxamatov, SHerzod Qodirov, Abdurashid Valixonov, Abdulla Mahkamov, Jamshid Islomxo'jaev, Aziz Toxirov, Doniyor Usmonov, Nuriddin Nasriddinov, SHukur Mo'minov, Bekzod Mirsaidov, Bahrom G'ofurov.
Zahira: Zoir Toshmatov, SHoyqul Rahimov, Aziz Aminjonov, Abdulla Yo'ldoshev, Turg'unpo'lat Turg'unov, Muhamadazim Nurmatov, I.G'aynazarov.

Uchrashuv yakunlangach "O'rikzor" bosh murabbiyi Baxtiyor Ergashev fikrlarini bildirib o'tdi.

- Bugun juda og'ir o'yinni o'tkazdik. Raqib o'yinchilari jismonan baquvvat bo'lgani uchun yigitlar qo'shimcha kuch bilan o'ynashga majbur bo'lishdi. Tarkibimiz yosh o'yinchilandan iborat bo'lgani uchun biroz tajriba etishmayapti. Har o'yinda birinchi bo'lib to'p o'tkazib yuborib, keyin hisobni tenglashtirmoqdamiz.
Jamoamizga imkoniyatlardan unumli foydalanadigan hujumchi etishmayapti, ayni paytda tarkibimizda bor yosh hujumchilarimizni o'stirishga harakat qilayapmiz.

8-tur
"Namuna" - SKIF 0:0
"Paxtakor-1" - "Lokomotiv BFK" 1:0
"Paxtakor-2" - "Bunyodkor-A" (qoldirilgan)
"Tramvaychi" - "O'rikzor" 1:1

Qoldirilgan uchrashuvlar:

1-tur
SKIF - "Namuna"
"Bunyodkor-A" - "Paxtakor-2"
"O'rikzor" - "Tramvaychi"

2-tur
"Paxtakor-1" - "Bunyodkor-A"

5-tur
"Paxtakor-1" - "Paxtakor-2"

6-tur
SKIF - "Paxtakor-2"


#    

Jamoa                           

U      

G'          

D          

M            

T-N               

O      

1

SKIF

6

1

3

0

5-2

12

2

Bunyodkor-A

6

2

4

0

8-5

10

3

O'rikzor

8

2

4

2

15-14

10

4

Namuna

8

2

4

2

14-13

10

5

Paxtakor-1

6

3

1

2

6-10

10

6

Lokomotiv BFK

9

2

2

5

14-14

8

7

Tramvaychi

8

1

4

2

9-11

7

8

Paxtakor-2

5

2

0

3

10-11

6



FK "O'rikzor" Matbuot xizmati

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика