

Viloyatdagi tuman va shaxarlardan jami 15 ta jamoa ikki guruhga bo'lingan holda bosh sovrin uchun kurash olib borishdi.
O'z guruhlarida dastlabki 1-2-o'rinlarni qo'lga kiritgan jamoalar musobaqaning final bosqichida bosh sovrin uchun kurash olib bordilar. Yakunda To'raqo'rg'on tumanining "Yoshlik" jamoasi finalda "Norin" jamoasi bilan kuch sinashib, penaltilar seriyasiga ko'ra g'alaba qozondi va 2022 yilgi mavsum g'olibiga aylandi.
2-liganing to'purari esa "Fortuna" jamoasi hujumchisi Abdurasul Qayumboev bo'ldi. U mavsum davomida raqiblar darvozasiga umumiy 22 ta to'p kiritdi.
Yakuniy bosqich natijalari
Namangan viloyati. 2-liga





Yarim final
25 noyabr
"Toshbuloq" o'yingohi
"Yoshlik" – "Chortoq" 0:0 (penaltilar seriyasi: 7-6)
"Norin" – "Kosonsoychi" 5:4







3-o'rin uchun
27 noyabr
"Navbahor-umid" stadioni
"Kosonsoychi" – "Chortoq" 7:4
Final
27 noyabr
"Yosh-kuch" o'yingohi
"Yoshlik" – "Norin" 1:1 (penaltilar seriyasi: 4-3)



