So’nggi yangiliklar

02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  1 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  0 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  1 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  2 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  10 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  3 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  1 20:52"Интер" Канселу трансфери бўйича "Ал Ҳилол" билан келишувга эришди, аммо...  2 20:24"Ман Сити" Гвардиол ва Диашнинг жароҳати сабаб қишки трансфер ойнасида ҳимоячи сотиб олмоқчи  17 19:50"Бавария"нинг порлаб келаётган юлдузи "Реал"да ўйнашни орзу қилади  3 19:22Ашортиа: "Андроникашвили билан биргаликда "Андижон" яхши натижаларига эришиши учун ёрдам берамиз"  1 18:57Вадим Абрамов: "Аввал бизга етарлича баҳо беришмасди, энди эса даража кўтарилди"  5

2-liga o'z yakuniga etdi, "Bunyodkor"dan super kambek! Yangiliklar

2-liga o'z yakuniga etdi, "Bunyodkor"dan super kambek!

Kecha 3 oy davom etgan Toshkent shahar chempionatining 2-liga musobaqalari o'z yakuniga etdi.

Pandemiya sharoitida, qiyinchilik bilan bo'lsada uy safar tizimida o'tgan chempionat ancha qiziqarli o'tdi. Vaziyatdan kelib chiqib 8ta jamoa "A" va "B" guruhlarida uy safar tizimida 14ta turni o'tkazdilar. O'z hududlarida 1 va 2-o'rinni egallagan klublar, "Neftgazmontaj", "Bunyodkor", "Oq Tepa" va Toshkent akademiya jamoalari 1/2 final bosqichida to'qnash keldilar. Bir guruhdan joy olgan "Neftgazmontaj" va "Bunyodkor" jamoalari yakunda ham finalda to'qnashdilar.

Kecha "Oq Tepa" stadionida sovrinli o'rinlar uchun ikkita bahs bo'lib o'tdi. 

CHempionatning bronza medallari uchun kechgan bahsda Toshkent akademiyasi vakillari g'alaba qozondi. Pro Liga o'yiniga 2 nafar asosiy tarkib azosi ketib qolgani "Oq Tepa"ga bugun yaxshigina bilindi. Penaltilar seriyasida omad akademiya vakillariga kulib boqdi.

3-o'rin uchun. 

"Oq Tepa" - TFA 1:1 (2:4)

Bosh hakam: R.Lutfullin.

Yordamchi hakamlar: A.Galeev va O.Kallaxo'jaev.

Bosh sovrin uchun kechga bahs haqiqiy dramaga aylanib ketdi. Dastlabki bo'libda ikkita chiroyli gol bilan "Bunyodkor" darvozasini ishg'ol qilgan "gazchilar"ning ikkinchi bo'limda nima uchundir o'yinlari chiqmadi. Bundan "qaldirg'ochlar" yaxshigina foydalanib qoldilar. Qizig'i shundaki, Murod Otajonov bugun 2004 yillarda tavallud topgan, Mirjamol Qosimovning 6 nafar shogirdini asosiy tarkibda navbati bilan sinab oldi. Yoshlarga berilgan imkoniyat esa o'z samarasini berdi. 2:0 hisobida ortda borayotgan jamoa uchrashuvni penaltilar seriyasiga qadar olib bora oldi. "Neftgazmontaj" 11 metrlik lotareya seriyasiga ikkinchi darvozabonni tushirishni reja qilib turgan bir pallada, o'yinda to'xtalish bo'lmadi. Lotareyada esa "Bunyodkor" posboni jamoadoshidan farqli ravishda 2ta zarbani qaytarishga muvaffaq bo'ldi.

Final. 

"Neftegazmontaj" - "Bunyodkor" 2:2 (2:4)

Bosh hakam: A.Risqullaev.

Yordamchi hakamlar: D.Saylavov va R.Nugmanov.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика