So’nggi yangiliklar

13:33Луис Диас "Бавария"га ўтиш арафасида: клублар музокараларга киришмоқда  3 13:06"Спортинг" Гёкерешни Суарес билан алмаштирмоқчи  1 13:05U-16 халқаро турнири. Ўзбекистон Японияга қарши баҳс юритмоқда (онлайн ҳисоб)  4 12:39Файзуллаевнинг мураббийи: "Аббос ўзи учун тўғри қарор қабул қилади"  2 12:18Марко Верратти Қатарда жамоасини ўзгартирди  0 11:50"Комо" таркибни кучайтиришда давом этади. А Серия клуби "Селтик" юлдузини 19 млн еврога сотиб олмоқчи  4 10:50Ўзбекистон МТЖ аъзосига Туркия клуби қизиқиш билдирмоқда  4 10:24Мусиала операция қилинди  7 09:53“Навбаҳор“ футболчиси ОКМКга ўтди  3 09:22“Пахтакор“ вингери фаолиятини “Андижон“да давом эттиради  9 08:51Ўзбекистон U-16 терма жамоаси Японияга қарши баҳс олиб боради  6 08:20“Пахтакор“ Муҳаммадали Ўринбоевнинг трансферидан қанча ишлаб олди?  10 08:00Суперлига-2025. “Нефтчи” - “Хоразм” 2:0  0 07:48Анхель Ди Мария янги жамоаси билан шартнома имзолади  0 01:12Суперлига-2025. Биринчи давранинг эсда қоларли лаҳзалари  1

2 hafta davomida sport va futzal bilan yashaymiz! Yangiliklar

2 hafta davomida sport va futzal bilan yashaymiz!

Bugun tongda o'zbekistonlik sportchilarini o'z bag'riga olgan samolyot Toshkent - Ashxobod yo'nalishi bo'yia Turkmaniston poytaxtiga uchib bordi.

250 nafardan ortiq delegaciya bilan qo'shni yurtga etib borgan sportchilarimiz ertadan musobaqadagi ishtiroklarini boshlaydilar.

17 sentyabr kuni ochilish marosimi bo'lib o'tadigan yopiq inshootlar o'rtasidagi Osiyo o'yinlari bu safar alohida qiziqishlarga sabab bo'layapti. Musobaka tashkilotchilarini, to'rt yillikning muhim o'yinlarini saviyasini oshirish maqsadida, bu safar Okeaniyadan ham bir nechta davlatlarni o'ziga qo'shib oldi. Jami 62ta davlatdan kelgan sportchilar g'oliblik uchun kurash olib boradilar. Bahodir Ahmedov boshchiligidagi O'zbekiston futzal terma jamoasi medallar uchun kurashishi kutilmoqda. Raqiblar o'sha-o'sha, Yaponiya, Eron va Tailand.

Aksar sport turlari bo'yicha ikkinchi tarkibi bilan ketgan delegaciyamizdan maksimal natija kutib qolamiz. Hisob bo'yicha 5-musobaqada 21ta sport turi bo'yicha g'oliblar aniklanadi. Avvalgi musobaqada O'zbekiston terma jamoasi yakuniy hisobda 10-o'rinni olgan edi. O'shanda 3ta oltin, 4ta kumush 3ta bronza medallariga ega chiqqanmiz. Turkmanistonda Incheondagi natijamizni yaxshilashni kutib kolamiz.

Xuddi Bokuda bo'lib o'tgan Islom birdamligi o'yinlarida bo'lgani kabi, championat.asia va olamsport.com saytlarida musobaqa professional tarzda yoritib boriladi. Bu borada O'zbekiston jismoniy tarbiya va sport davlat qo'mitasi hamda O'zbekiston milliy olimpiya qo'mitalariga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz.

Demak, saytimizda siz-u, bizni qaynoqqina ikki hafta kutayapti.

Nodirxo'ja Yuldashev
Turkmaniston, Ashxobod.


Reyting: -5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика