18 yoshli koreyalik hujumchi Bundesliga klubiga o'tdi + FOTO
13 dek 2018 16:25
Yangiliklar
18 yoshli koreyalik hujumchi Bundesliga klubiga o'tdi + FOTO
"Incheon Yunayted" U-18 jamoasi forvardi nemis klubi bilan 2023 yilning 30 iyuniga qadar shartnoma imzoladi.
Eslatib o'tamiz, ayni paytda "Augsburg" tarkibida yana ikki nafar koreyalik futbolchi Ku Ja CHol va Ji Don Von ham to'p tepadi.
Seon-Xun yangi jamoasi ixtiyoriga yanvar oyida kelib qo'shiladi va "Augsburg"ning U-19 jamoasi bilan mashg'ulotlarga kirishadi. Klub sport direktori SHtefan Reyterning so'zlari ko'ra, Ku Ja CHol va Ji Don Vonning qo'llab-quvvatlashi yordamida CHeon jamoaga tez ko'nikib ketadi. SHu bilan birga 18 yoshli forvard bosqichma-bosqich asosiy jamoaga jalb qilib boriladi.
Malumot uchun CHeon Seon-Xun ayni paytda "Augsburg"dagi to'rtinchi koreyalik hisoblanadi. Yuqoridagi uch o'yinchidan tashqari, nemislarning U-17 jamoasida Teo Kim ham to'p tepadi.
Germaniya chempionati turnir jadvali >>>>> BUNDESLIGA
Fikrlar