So’nggi yangiliklar

01:47Миллатлар лигаси. Роналду захирадан тушиб Португалияга ғалаба олиб келди, Испания ўн киши бўлиб меҳмонда йирик ҳисоб қайд этди, Хорватия ва Швециядан уйдаги ғалабалар  1 01:02Анасхон Раҳматов: "Терма жамоамизга Жаҳон чемпионати давомида имкон қадар ёрдам беришга ҳаракат қиламан"  0 00:58"Атлетико" футболчиси жароҳати боис Аргентина терма жамоасидан Мадридга қайтади  0 00:30Хосе Венансио Лопес: "Энг муҳими хатоларга йўл қўймаслигимиз керак. Бугун 36 дақиқа давомида тартибли ўйин кўрсатдик"  0 00:05Аббосбек Файзуллаев: "Хато қилган жамоалар Жаҳон чемпионатидан қуруқ қоладиган босқич бошланди"  2 23:45Элдор Шомуродов: "Бишкекка уч очкони қўлга киритиш учун келдик"  10 23:26Футзал. Тожикистон ЖЧда гуруҳдаги рақибимиз — Нидерландияни мағлуб этди  0 23:05Миллатлар лигаси. Бешта ўйин якунига етди  2 22:45Мундиал-2026. Рустам Ашурматов "Бунёдкор" академиясига қандай келиб қолгани ва 2 миллион сўм маош ҳақида   0 22:43Қирғизистон терма жамоаси футболчилари Ўзбекистонга қарши ўйин олдидан нималар дейишди?  10 22:20Милитао ўнг сон зўриқиши сабаб 10 кунни ўтказиб юборади  0 21:41Футзал. Ўзбекистон иккинчи ўртоқлик ўйинда ҳам Бразилияга йирик ҳисобда мағлуб бўлди  15 21:10БАА Лига кубоги. Ғаниев ассист қайд этди ва "Ал Батеҳ" ғалаба қозонди, аммо...  12 20:35"Барселона" ва яна тўрт клуб Томас Партига қизиқмоқда  3 19:54ПСЖ Энрике билан шартномани узайтирадими?  0

18-tur Prevyusi. "Atletiko" seriyani davom ettira oladimi, Messi bu safar kimga jarimadan gol uradi? Yangiliklar

18-tur Prevyusi. "Atletiko" seriyani davom ettira oladimi, Messi bu safar kimga jarimadan gol uradi?

Teglar :  BarselonaPrevyu
Bugun 18-turning bir qator uchrashuvlari bo'lib o'tadi.

Ispaniya. La Liga. 
18-tur "Leganes" – "Atletik Bilbao"
2017 yil 14 yanvar; 17:00 Toshkent vaqti (Uchrashuvni jonli efirda Setanta Sport + - Aleziya.com (TAS-IX tomosha qilishingiz mumkin)


18-turning dastlabki o'yinida "Leganes" o'z uyida Bilbaoning "Atletik" klubini qabul qiladi. Basklar nihoyat safardan g'alaba bilan qayta olarmikinlar, yoki mezbonlar muxlislari qarshisida uyalib qolmaslik uchun raqibni xafa qilishadimi? 

"Leganes" La Ligadagi debyut mavsumini o'tkazayotganidan xabaringiz bo'lsa kerak. Tabiiyki, "jon saqlab qolish" eng oliy vazifa sanaladi. Hozircha "o'rmonchilar" turnir jadvalida 16-pog'onani egallab turibdi. Xafli zona bilan oradagi masofa bor yo'g'i 4 ochko. Primerada jamoa 4 marta zafar quchdi va ularning bittasigina o'z uyida nishonlandi. 12-turda "Osasuna" mag'lub etilgandi 2:0, undan so'ng debyutant yana ikki bor o'z maydinida bahs o'tkazdi, "Vilyarreal" (0:0) va "Eybar" (1:1) bilan durrang. 

Maydonga tusha olmaydiganlar: 
"Leganes": Darvozabon Xon Ander Serantes va himoyachilar Diego Riko, Alberto, Kone, Robert Ibanes jarohat olgan bo'lsa, yarim himoyachi Unai Bustinsa esa diskvalifikaciya tufayli o'yinni chetdan kuzatadi.
"Atletik": Ager Akete va Yeray Alvarez 


So'roq ostida: 
"Leganes": Viktor Dias va Aleksandr SHimanovski.
"Atletik": De Markos va Inigo Lekue

"Atletik" bu mavsumda mehmonda yaxshi o'ynay olmayapti. Unda nega 7-o'rin deyapsizmi? Bu natija uchun jamoa o'z maydoni va muxlislariga tashakkur aytishi zarur. Aynan uy jamg'arilgan muhim ochkolar sabab evrokubok yo'llanmasiga yaqin turibdi. 

Safarda jamoa 8tadan 5ta o'yinda mag'lub bo'ldi. O'sha o'yinlarda bor yo'g'i 7ta gol ura olishdi basklar. SHuningdek, himoyadagi muammolar haqida ham aytib o'tish lozim. 


Statistika va o'zaro uchrashuvlar tarixi:

Ie uzr, bu raqiblar bugungi kungacha bevosita maydonda to'qnash kelishmagan. 

"Atletik" safarda o'tgan ohirgi 5 uchrashuvda bor yo'g'i 1 marta durrangga erishdi, qolganlarida raqib g'alabani nishonlagan.

"Leganes" o'z uyida 3 o'yindan buyon mag'lubiyat nimaligini bilmaydi. 

Qisqa qilib aytadigan bo'lsak, har ikki jamoa omadini hujumdan qidiradi va tomoshadinlar zerikib qolishmaydi deb o'ylaymiz. 


Turnir jadvali. Ushbu turdan avvalgi holat


Ispaniya. La Liga. 
18-tur "Barselona" - "Las-Palmas"
2017 yil 14 yanvar; 20:15 Toshkent vaqti (Uchrashuvni jonli efirda Setanta Sport + - Aleziya.com (TAS-IX tomosha qilishingiz mumkin)


"Barselona" asosiy raqibi, chempionat peshqadami "Real Madrid"dan 5 ochkoga ortda qolmoqda, etmaganiga, "qaymoqranglilar" klublar o'rtasidagi Jahon CHempionatiga ketgani sabab qoldirilgan, "Valensiya"ga qarshi o'yin ham bor. 

Vaziyat unchalik yaxshi emas. Ammo, lekin, biroq... MSN uchligi odatdagidek yaxshi formada. Suares kuni-kecha "Barsa" safidagi 100-golini urishga erishdi. Messi bir-necha o'yindan buyon jarimadan gol urmoqda. Hujum chizig'ining yana bir vakili Neymar ham juda uzoq davom etgan golsiz seriyasiga ohirgi o'yinda yakun yasadi.   Bu uchlik navbatdagi uchrashuvda ham raqib darvozabonini bir necha bor ranjitishga tayyorgarlik ko'rmoqda. Mashhur murabbiylardan biri aytganidek, "siz o'yinlaringizni yutavering, titul keyinroq o'zi yo'lingizdan chiqadi". 

Qolganlarni bilmadik-ku, Messi xuddi shunday yo'l tutmoqda chog'i. U xatto "Yilning eng yaxshilari"ni taqdirlash marosimiga ham bormay, jarima zarbalarini mashq qildi. Bazilar, a nima, u bu ishni bilmasmidi mashq qiladi. U hech nima yutmasligini bilgani uchun ham bormagan, deganlar bo'ldi. Mayli, bu endi siz bilan bizni emas, Messining ishi. 

Asl sabab nimada bo'lsa ham, olib borilgan mashg'ulotlar samarasini rasmiy o'yinlarda ko'rib turibmiz. 

"Ko'k-anorranglilar" safida yo'qotishlar yo'q, hamma sog'-salomat. Kubok bahsidan so'ng, kayfiyat ham chog'. Futbol dunyosi yulduzlari ijrosida tomoshabop o'yin ko'rishga umid qilamiz. 

(P.S: "Barselona" va "Real" muxlislaridan yozilgan biror gap, yoki boshqa masalada tortishmaslikni so'raymiz. Bizdan exxeee nechchi kilometr uzoqda futbol o'ynayotgan va undan zavq olayotganlarni deb hamyurtimizni ranjitmaylik. Asl muxlis arzimagan sabab bilan jamoasi uchun "jangga" kirmaydi)

Mehmondagi o'yinlarda "Las-Palmas" ijobiy natijalarga erisha olmayapti. 8 o'yinda 5 ochko, maqtanishga arziydigan natija emas albatta. 10 ta gol urgan jamoa o'z darvozasidan 16 ta to'p olib chiqishga majbur bo'ldi. Bu esa "Las-Palmas" himoyasida etarli muammolar borligini ko'rsatib turibdi. Va bugungi uchrashuvda "Barsa" ulardan unumli foydalanib qolishga intiladi. 

Ohirgi 5 o'yinda "Las-Palmas" 3 bor g'alaba ("Ueska", "Sporting Xixon" va "Atletiko") qozondi va 2 marta mag'lub (ikkisi ham "matraschilar" bilan uchrashuvda) bo'ldi.

Maydonga tusha olmaydiganlar: 
"Las-Palmas": Pedro Bigas, Xose Artiles.

So'roq ostida: 
"Las-Palmas": Dani Kastelyano, Serxio Arauxo va David Simon.


Bugun bo'lib o'tadigan barcha uchrashuvlarni aleziya.com sayti orqali jonli tarzda tomosha qilishingiz mumkin!!!


Ispaniya. La Liga. 
18-tur. "Atletiko Madrid" - "Betis" 
2017 yil 14 yanvar; 22:30 Toshkent vaqti (Uchrashuvni jonli efirda Setanta Sport + - Aleziya.com (TAS-IX tomosha qilishingiz mumkin)


"Matraschilar" yo'qotadigan ochkolarini yo'qotib bo'lishdi. Avvalgi maqolamizda aytganimizdek, chinakamiga yuqori o'rinlarni egallash niyati bo'lsa, poytaxtliklar faqat g'alaba qozonishlari zarur. Jamoa inqirozdan o'tib olgandek, sababi ohirgi 5 turda "Atletiko" 1 martagina mag'lub bo'ldi (yana 3 g'alaba va 1 durrang). Qizig'i, o'sha 4 bahsda jamoa darvozasidan birorta ham to'p olib chiqmadi;  

"Atletiko" "Betis"ni 6 o'yindan buyon mag'lub etadi va ularning 4tasida gol o'tkazib yubormagan. 

Poytaxtliklar "Betis"ga La Liga doirasida 2011 yil dekabr oyida so'nggi bor mag'lub bo'lgan. O'shanda uchrashuv "Visente Kalderon" stadionida bo'lib o'tgan va mehmonlar 2:0 hisobida zafar quchgan. O'sha o'yin "matraschilar"ning Gregorio Mansano qo'l ostidagi so'nggi o'yini bo'lgandi. 

"Betis" safarda o'tgan ohirgi 6 o'yinning 5tasida mag'lubiyat alamini totib ko'rdi va 1ta o'yinda 3 ochkoga ega chiqdi; 

Jamoa hujumchisi Kevin Gameyro bu mavsumning o'zida sherigi Antuan Grizmannga to'pni 4 bor etkazib berganidan so'ng, francuz gol urishga erishgan. Bu chempionatda, aynan bir sherigiga to'p oshirilgandan so'ng, eng ko'p gol urilgan vaziyat sifatida qayd etildi;

Hisobni ochgandan so'ng ochko yo'qotmagan, yani albatta halaba qozonish borasida "Betis" La Liganing eng yaxshi va yagona jamoasi hisoblanadi; 

"Betis"ga qarshi 5 o'yinning 4tasida Kevin Gameyro albatta raqib darvozasiga yo'l topa bilgan;

Grizmann hisobida hozirgi vaqtda 4ta golli uzatma bor. Misol uchun avvalgi mavsumda (butun mavsum davomida) Antuan to'p etkazib berganidan so'ng jamoadoshlari 5 bor gol urishgan xolos.

Ruben Kastro "Betis"ning muhim o'yinchilaridan biri. U jamoaga qo'shilganidan so'ng, umumiy gollarning 46,4% da bevosita ishtirok etgan (71 gol va 19 ta pas).


Ispaniya. La Liga. 
18-tur. "Deportivo" – "Vilyarreal"  
2017 yil 15 yanvar; 00:45 Toshkent vaqti (Uchrashuvni jonli efirda Setanta Sport + - Aleziya.com (TAS-IX tomosha qilishingiz mumkin)


"Deportivo" taxmin qilinganidek, jadvalning quyi pog'onalaridan birini egallab turibdi. Safardagi o'yinlarda jamoa ishlari yurishmayapti. Bu mavsum la-korunyaliklar safarda biror marta ham g'alaba qozona olishmadi. O'z uyida esa vaziyat biroz yaxshiroq: 4 g'alaba – durrang – 3 mag'lubiyat. "Depor" muxlislarga manzur keluvchi o'yin namoyish etmoqda. O'rtacha hisobda jamoa 1,88 gol urib, 1,25 tadan gol qo'yib yubormoqda.

"Vilyarreal" yangi yilni ko'tarinki ruhda boshladi. "Sariqlar" kimsan "Barselona"ni mag'lub etishlariga bir necha daqiqa etmay qoldi. "Vilyarreal" nazarimizda nafaqat Ispaniyaning, balki butun Evropaning - eng murosali klubi. Balki, 6 durrang kuchli uchlikka kirish uchun kamlik qilar, lekin "Vilyarreal" 30 ochko bilan 5-o'rinda bormoqda. Ularning uchdan ikki qismi "El-Madrigal"da qo'lga kiritilgan. Jamoa minimal hisobda bo'lsa ham, g'alaba uchun maydonga tushadi (jamoa shu mavsumning o'zida 3 marta 0:0 hisobdagi durranggi imzo qo'ydi). 

"Deportivo" maydonida o'tgan 8 to'qnashuvning 6 tasida har ikki jamoa futbolchilari gol urishga erishgan. 


Avvalgi o'yinlardan kelib chiqsak, "Deportivo" o'z maydonida hujumga katta etibor qaratishi va doim ham himoyada ishonchli o'yin namoyish etolmayapti. SHu sababli ham bizni har ikki jamoa ijrosidagi gollarga boy uchrashuv kutib turibdi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика