17 maydan keyin Angliyada ham futbol o'yinlariga muxlislar tushishi mumkin bo'ladi
22 fev 2021 22:50
Yangiliklar


17 maydan keyin Angliyada ham futbol o'yinlariga muxlislar tushishi mumkin bo'ladi
Buyuk Britaniya premer-ministri Boris Jonson sport tadbirlariga muxlislarning kiritilishi borasida reja ishlab chiqilganini malum qildi.
"The Telegraph" xabariga ko'ra, 17 maydan keyin futbol o'yinlariga 10 ming muxlisning kiritilishiga ruxsat beriladi. Undagi birinchi o'yin esa Angliya Kubogi finali bo'lishi kutilmoqda.
SHu orqali APLning so'nggi tur o'yinlari muxlislar bilan o'tkazilishi kutilmoqda. Ammo hammasi epidemiologik holatga bog'liq bo'ladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar