So’nggi yangiliklar

13:57"Қизилқум" клуби 1979 йилги фожиада ҳалок бўлган "Пахтакор"нинг навоийлик ўйинчиси қабрини зиёрат қилишди  0 13:31Ван-Биссака фаолиятини "Вест Хэм"да давом эттиради  0 13:07ПСЖ ярим ҳимоячисини "Бешиктош"га ижарага беради  0 12:42Агуэро Альварес ҳақида: "Симеоне учун идеал ўйинчи. У "Атлетико"да ҳар ўйинда ҳаракат қилади – унинг Холанд билан рақобат қилишига тўғри келмайди"  0 12:12Эдерсон "Ман Сити"да қолади: "Пеп билан суҳбат ҳал қилувчи ролни ўйнади. Янги титуллар ютишга эътиборимни қаратганман"  1 11:43"Барселона" ҳимоячиси Араухо "Борнмут"га ўтади  1 11:13"Ливерпуль" Субименди билан музокараларни бошлади  0 10:44Озарбайжонлик дарвозабон "Барселона" билан шартнома тузди  1 10:15«Манчестер Юнайтед» «Бавария» билан келишувга эришди - Фабрицио Романо  4 09:46Футзал. Ўзбекистон ва Ангола ўртасидаги бугунги учрашув 13 августга қолдирилди. Нега?  0 09:18«Вест Хэм» анча вақт «Ювентус» қизиққан футболчи билан шартнома тузди  1 08:49Суперлига. Бугун яна иккита учрашув бўлиб ўтади  3 08:20"Пахтакор-79" абадий қалбимизда!  3 07:52Париж-2024. Мартанинг сўнгги учрашувида Бразилия финалда АҚШга мағлуб бўлди  1 07:2511 август куни Париж Олимпиадасида қайси спортчиларимиз иштирок этишади? (рўйхат)   6

16ta jamoa bu yaxshimi yoki yomon yoxud nima qilsak yaxshi bo'ladi? Yangiliklar

16ta jamoa bu yaxshimi yoki yomon yoxud nima qilsak yaxshi bo'ladi?

“So'g'diyona” va “Andijon” jamoalarini tabriklagan holda maqolani boshlasam. Demak, yangi mavsumdan boshlab oliy ligada 16ta jamoa ishtirok etadi.

Quyi ligadan “Qo'qon-1912” va “SHo'rtan” jamoalari oliy ligani to'ldirdi. Mirabror Zufarovichning vodiyga qilgan tashrifidan so'ng birinchi ligaga ravona bo'lgan ikki klubimiz yana oliy ligaga qaytgani malum bo'ldi.

KO'ZINGNI OCH, “ANDIJON”. “SO'G'DIYONA”, BOSHQA BUNDAY IMKONIYAT BO'LMASLIGI MUMKIN

So'nggi yillar davomida “Andijon” va “So'g'diyona” jamoalari eng ko'p birinchi ligaga tushib chiqqan jamoa nomini o'zlashtirib olayotgandek go'yo. Jizzax klubi 2000 yillardan keyin 5, vodiyliklar esa 3 marotaba oliy liga bilan xayrlashdilar. Muammoga chuqur yondoshish kerak deb o'ylayman. Boisi Jizzax istedodlar shahri, “Andijon” esa moliyaviy tomondan yomon bo'lmagan klub. Lekin nima uchun bu ikki jamoa eng ko'p oliy liga bilan xayrlashyapti, nima uchun bitta qilingan xatoni yanagi yil yana takrorlayapti? Savollar ko'p, javob esa yo'q. “Andijon” moliyaviy tomondan yaxshi jamoa bo'lgani uchun u erga mutaxassislar pul ilinjida borishyapti, tekinga esa hech kim Jizzaxdagi istedodlarni tarbiyalashni istamaydi. Bu eng asosiy sabablardan biri deb o'ylayman. Davron Fayziev asli jizzaxlik bo'lgani uchun “So'g'diyona”da faoliyat olib boryapti, ammo uning ham barcha ishlarini to'g'ri deb ayta olmaymiz, balki klubdagi moliyaviy holat tufayli klubini bir maromda ushlab tura olamyotgandir. Lekin “Andijon”ga nima etishmayapti? Har yili futbolchi olinadi, bitta murabbiyga 3 yillab imkoniyat berildi. Aslida bir murabbiy kamida asosiy tarkib bilan 3 mavsumni birga o'tkazsa natijaga erishish mumkin, “Andijon” esa o'yini o'xshamagan futbolchining pulini bermay, pattasini qo'liga tutqazaverdi. Natijada klub boshqa futbolchilar oldida ishonchni yo'qotdi va jamoaga yaxshi futbolchilar bormay qo'ydilar. “So'g'diyona” esa aksincha mahalliy yoshlarga imkoniyat berdi, jamoa avvaliga yomon o'ynamadi, ammo mavsum o'rtasiga kelib, aldamchi natijalar ko'zga tashlana boshlandi. Ammo Davron Fayzievda nimadir bor, jamoasi ishtirokidagi o'yinlarni kuzatsangiz, futbol ko'rgandek bo'lasiz, lekin afsuski, hamma o'yinlar ham shunday emas.

REGLAMENT BUZILDI, AMMO UNI BUZMASLIK HAM MUMKIN EDI

Professional futbol ligasining reglamentiga binoan 13 va 14 egallagan jamoalar birinchi ligaga tushib ketishlari lozim edi. Amalda shunday bo'ldi ham, ammo kuni kecha “Andijon” va “So'g'diyona” jamoalarining oliy ligada qolishi malum bo'ldi. Ularni reglamentga kichik o'zgartirish orqali ham olib qolish mumkin edi. Masalan, OFKning talabidan kelib chiqib 26ta o'yin kamligini ko'rsatgan holda, quyi ligaga tushib ketgan 2ta jamoa va birinchi ligada 3-4 o'rinlarni egallagan klublar o'rtasida betaraf maydonda pulka bahslarini o'tkazish. Real ko'z bilan qaraganda “So'g'diyona” va “Andijon”, quyi ligadagi “Obod” hamda “Oq-Tepa”dan bir muncha kuchli. Kichik turnir orqali, qonunan bu ikki jamoani oliy ligada olib qolsa bo'lardi. Bu borada PFL yakuniy qaror qabul qilishdan avval o'zi chiqargan reglamentga bir nazar tashlab olsa maqsadga muvofiq bo'lardi.

16TA JAMOA OLIY LIGAGA MOSMI?

Meni ko'proq boshqa narsa qiziqtiryapti. Endi oliy ligaga chiqish uchun kim kurash olib boradi? Joriy mavsum 1-ligasidan kelib chiqib “Obod” va “Oq-Tepa” jamoalarimi? Lekin Toshkentda jamoa shundoq ham ko'p. Birinchi ligani G'arb mintaqasida “SHo'rtan”dan keyin ikkinchi o'rinni qo'lga kiritgan “Zomin” yakuniy jadvalda 8 pog'onadan joy oldi. Agar “Xorazm” va “Orol” jamoalariga yaxshi homiy biriktirilmas ekan, ular yangi mavsumda ham nazardan chetda qoladilar. Menga ko'proq “Orol” murabbiyi Nematullo Quttiboevning ishi yoqyapti. Juda qiynalib bo'lsa-da, so'nggi ikki mavsumni bir amallab yakunlayotgan murabbiy yaxshi futbolchilarni tarbiyalay oldi. Hududiy joylashuvidan kelib chiqib uncha-muncha futbolchi bu jamoaga bormaydi. Bu esa murabbiyning ishini ikki karra qiyinlashtiradi, SHunda ham jamoa o'z mintaqasida etakchilikni qo'lga ola bildi. SHunday ekan, bu murabbiyni qo'llab-quvvatlash lozim. Ko'rinib turibdi, ayni paytdagi vaziyatdan kelib chiqib birinchi ligadan oliy ligaga munosib nomzod yo'q. Endi reglamentga kichik o'zgartirish kiritish lozim. Yani, 16 o'rinni qo'lga kiritgan jamoa to'g'ridan-to'g'ri 1-ligaga ravona bo'lsa, 15 o'rinni egallagan klub, birinchi ligada 2 o'rinni band qilgan jamoaga qarshi pley-off uchrashuvida maydonga tushsin. Boisi, shundoq ham kuchsizlanib borayotgan oliy liga 2016 yilga kelib yanada kuchsizlanib qolmasin deyman. Aslida Alixo'ja, Xo'jaali. CHunki bizda oliy ligaga yo'llanmani qo'lga kiritgan jamoa, quyi ligaga tushib ketgan jamoa futbolchilarini o'z safiga qo'shib oladi xolos. Bu bilan futbolchi hech nimani yutqazmayapti. Ularning jamoasi tushib ketgani bilan yangi mavsumda birinchi ligadan kuchlilar qatoriga chiqqan klub eshiklari ular uchun ochiq. Murabbiy esa o'ziga savol bersa bo'lardi,”Nega buni olyapman, axir shu bola kuchli bo'lganida jamoasi birinchi ligaga tushib ketmas edi-ku!” Aslida oliy ligadagi jamoalar sonini yanada kamaytirib, davrama-davra jamoasini o'zgartiradigan futbolchilarni quyi ligaga surgun qilish orqali oliy ligani bir elakdan o'tkazib olsak bo'lardi. Aynan mana shu omillarga ko'ra, oliy liga 16ta jamoaga mos emas. SHundoq ham sifatsiz futbolchilarga to'lib ketgan ligamiz ikki jamoaning qo'shilishi bilan yanada kuchsizlanadi. Endi nafaqaga chiqaman deb turgan qariyalar, ikki jamoani ko'payishi natijasida yana faoliyatini davom ettiradilar. 14ta jamoadan biri taklif qilmasa, o'n beshinchisi albatta uni takif etadi. Lekin shu vaziyatdan ham chiqib ketsa bo'ladi, ha bo'ladi. Ammo bu loyihani amalga oshirish uchun nima etishmayotganiga hamon tushunayotganim yo'q.

FORMATGA O'ZGARTIRISH KIRITISH KERAK

Avvaliga oliy ligada 12ta jamoani qoldirib, ikki davralik tizimdan keyin pley-off bosqichini o'tkazish taklifi bilan chiqayotgandik. SHunda o'yinlar soni 32ta bo'ladi. Bugungi vaziyatdan kelib chiqib, bu ishni amalga oshira olmasligimiz aniq. Ligadagi jamoalar soni 16taga etib bo'ldi. Endi oliy ligadagi o'yinlar soni 30taga etdi. CHempionat o'yinlariga 4ta tur qo'shildi xolos, boshqa o'zgarish yo'q. Bizga esa aynan o'zgarish kerak, u qanday bo'lmasin, chempionatimizga bitta yangilik kerak. Muxlislar futboldan bezib bo'ldilar. Ularni ortga qaytarish uchun nimadir qilish lozim. Bugungi kunda chempionatni 1 va 2-o'rinlarda yakunlayotgan ikki klub asosan quyi pog'onadan joy olayotgan jamoalarni yutish bilan katta tafovut bilan oldinga o'tib ketishyapti. Keling yaxshisi, so'nggi 2 yillik natijalarga ko'z tashlaymiz. Turnir jadvalining yakunidan kelib chiqib, turnir jadvalining qoq o'rtasini bo'lamiz. 

26-tur natijalariga ko'ra, yakuniy jadval quyidagicha ko'rinish olgan:


#

Jamoalar

O'

G'

D

M

UG

O'G

+/-

O

1

BUNYODKOR

26

19

4

3

59

13

+46

61

2

LOKOMOTIV

26

19

3

4

63

21

+42

60

3

NASAF

26

18

4

4

64

27

+37

58

4

PAXTAKOR

26

17

3

6

45

25

+20

54

5

OLMALIQ

26

11

7

8

46

43

+3

40

6

BUXORO

26

10

3

13

33

44

-11

33

7

METALLURG

26

10

3

13

36

45

-9

33

8

DINAMO

26

8

8

10

28

36

-8

32

9

NEFTCHI

26

9

3

14

28

31

-3

30

10

SO'G'DIYONA

26

8

4

14

34

54

-20

28

11

NAVBAHOR

26

7

6

13

30

48

-18

27

12

QIZILQUM

26

8

1

17

28

48

-20

25

13

GULISTON

26

6

2

18

28

62

-34

20

14

SHO'RTAN

26

4

5

17

22

47

-25

17


Agar pley-off tizimi amalda qo'llanilganida 2013 yilgi turnir jadvali quyidagicha ko'rinish olgan bo'lardi.


#

Jamoalar

O'

G'

D

M

UG

O'G

+/-

O

1

LOKOMOTIV

10

6

2

2

16

8

+8

20

2

BUNYODKOR

10

5

2

3

19

11

+8

17

3

OLMALIQ

10

4

2

4

15

16

-1

14

4

PAXTAKOR

10

4

1

5

12

13

-1

13

5

NASAF

10

3

3

4

12

15

-3

12

6

METALLURG

10

3

0

7

13

24

-11

9


26-tur natijalariga ko'ra, "Bunyodkor" chempion, "Lokomotiv" ikkinchi, "Nasaf" uchinchi bo'lgandi. Keyingi o'rinlarni "Olmaliq" va "Metallurg" klublari qo'lga kiritishgan. SHu yili “Olmaliq” ikkita o'yinda ham “Paxtakor” ustidan g'alaba qozongan edi. Endi pley-offdagi turnir jadvaliga yaxshilab nazar tashlang,”Bunyodkor” hamshaxaridan uch ochkoga ortda qolyapti. Agar “Olmaliq” qolgan o'yinlarning barchasida birdek g'alaba qozonsa, hech ikkilanmay chempionlikni qo'lga kiritishi mumkin. Bugungi oliy ligadan kelib chiqib “Olmaliq”ni chempion bo'lishini tasavvur qila olasizmi? To'g'ri, aslo yo'q! Pley-off tizimini joriy qilishning yana bir yaxshi tomoni shundaki, oliy liganing so'nggi 25 va 26-turlari ham adolatli o'tadi. Bugunga kelib, o'z o'rinlarini 100 foizga naqd qilgan jamoalar, so'nggi turlarni shunchaki rasmiyatchilik uchun o'tkazishdan tashqari, kuchlilar qatorida qolishni niyat qilgan jamoalar bilan kelishib qo'yishyapti. Yoki “Metallurg”ga bir razm soling, agar shu jadval bo'lganida edi, jamoa hech ikkilanmay uchinchi o'rin uchun kurasha olar ekan. Uchinchi o'rin esa OCHLga yarim qadam degani. 

Endi etiboringizni quyi o'rinlarga qarataman. Mazkur jamoalarni yuqoridan 6ta o'rinni qo'lga kiritgan klublar bilan bo'lib o'tgan o'yinlardagi natijalarini olib tashlaymiz va quyidagi jadvalni xosil qilamiz. 2013 yili oliy ligani “Guliston” va “SHo'rtan” jamoalari tark etishdi. 14ta jamoadan iborat turnir jadvalida “SHo'rtan” oliy liga chizig'idan 8 ochkoga ortda qolib ketgandi. Bu erda esa bor-yo'g'i uch ochko, bu bitta g'alaba va “SHo'rtan” yuqorida degani. 


#

Jamoalar

O'

G'

D

M

UG

O'G

+/-

O

1

NEFTCHI

14

8

1

5

20

12

+8

25

2

DINAMO

14

6

6

2

18

11

+7

24

3

BUXORO

14

7

2

5

21

18

+3

23

4

SO'G'DIYONA

14

7

2

5

21

21

0

23

5

NAVBAHOR

14

5

4

5

18

16

+2

19

6

GULISTON

14

5

1

8

13

24

-11

16

7

QIZILQUM

14

5

1

8

18

21

-3

16

8

SHO'RTAN

14

4

1

9

15

21

-6

13


Ko'ryapsizmi, bir deganda chempionatimizni qizdirib yuborsak bo'ladi. Endi yakuniga etgan mavsumni shu tarzda tahlil qilsak.

#

Jamoalar

O'

G'

D

M

UG

O'G

+/-

O

1

PAXTAKOR

26

23

3

0

54

14

+40

72

2

LOKOMOTIV

26

20

4

2

58

22

+36

64

3

NASAF

26

16

7

3

45

21

+24

55

4

BUNYODKOR

26

15

6

5

44

20

+24

51

5

MASH'AL

26

10

6

10

37

42

-5

36

6

OLMALIQ

26

8

7

11

33

38

-5

31

7

NAVBAHOR

26

9

3

14

38

41

-3

30

8

NEFTCHI

26

7

7

12

19

26

-7

28

9

METALLURG

26

8

4

14

44

54

-10

28

10

DINAMO

26

8

4

14

25

39

-14

28

11

QIZILQUM

26

7

6

13

23

34

-11

27

12

BUXORO

26

6

7

13

23

43

-20

25

13

SO'G'DIYONA

26

7

3

16

32

49

-17

24

14

ANDIJON

26

3

3

20

18

50

-32

12


“Paxtakor” bu yil asosan o'z taqibchilarini mag'lubiyatga uchratish orqali chempionlikni qo'lga kiritdi. Masalan, “Neftchi”, “Navbahor”, “So'g'diyona”, “Andijon” jamoalarni yuqoridagi klublarimizning barchasi mag'lubiyaga uchratishdi. Ammo o'zaro o'yinga kelganda “Paxtakor”da ustunlik yuzaga keldi. Agar chempionatimiz biz va siz o'ylaganidek bo'lganida edi, endi cho'g' olgan ligamiz, ikkinchi bosqichda alanga olgan bo'lardi. Bu turnir jadvalidan kelib chiqsak, “Mashal” o'zidan yuqori turgan klublar ichida eng kam ochko olgan jamoa bo'lyapti. Ammo bunisi qo'rqinchli emas, pley-off bosqichida biron bir jamoa uchga uch” o'ynamaydi, chunki hamma chempion bo'lgisi keladi. Mana shu oltinchi o'rinni qo'lga kiritish uchun esa, turnir boshidan klublar kelishmasdan yaxshi o'ynashga harakat qilishni boshlaydilar. Mana shuni kuchli oltilik desa bo'ladi. Bu jadvaldan kelib chiqsak, “Lokomotiv”da hamon chempionlik uchun imkoniyat saqlanib qolinadi. Agar barcha o'yinlarda g'alaba qozongan taqdirda, g'alaba qozonmadi deylik, ammo ikki o'yin natijasiga ko'ra “Paxtakor”da ustun. Ikki jamoa hech bo'lmasa shuning uchun o'ynaydi. Har bir tur derbiga boy bo'ladi. Aynan mana shu o'yinlarni muxlislar intiqlik bilan kutishadi, terma jamoa uchun bu koni foyda. Biror bir o'yin natijasini ayta olmaysiz. Eh-xeeeeeee, Farhod-akaaaaa.....


#

Jamoalar

O'

G'

D

M

UG

O'G

+/-

O

1

PAXTAKOR

10

8

2

0

22

7

+15

26

2

LOKOMOTIV

10

5

3

2

20

12

+8

18

3

NASAF

10

3

5

2

16

16

0

14

4

BUNYODKOR

10

4

2

4

17

15

+2

14

5

OLMALIQ

10

1

4

5

7

15

-8

7

6

MASH'AL

10

0

2

8

6

23

-17

2



“So'g'diyona” asosan yuqoridagi jamoalarga qarshi o'yinlarda imkoniyatlarni boy bergan holda quyi ligaga tushib ketdi. Aslida esa ularga qarshi o'yinlardagi natijalarni olib tashlasangiz, jamoaning ishlari besh! “Andijon” bilan solishtirganda juda katta farq bilan jizzaxliklar “Qizilqum”dan keyin ikkinchi o'rinda turibdilar. Real vaziyatdan kelib chiqib aytadigan bo'lsak, mazkur guruhdan o'rin olgan jamoalarning barchasida saviya bir xil. Bittasi bo'lsa-da bir kalla ustun emas. Agar bir kalla ustun bo'lganidami, ikkinchi guruhga tushib qolmagan bo'lardilar. 


#

Jamoalar

O'

G'

D

M

UG

O'G

+/-

O

1

QIZILQUM

14

6

4

4

13

10

+3

22

2

SO'G'DIYONA

14

7

1

6

24

25

-1

22

3

DINAMO

14

6

4

4

17

14

+3

22

4

NEFTCHI

14

6

4

4

12

11

+1

22

5

METALLURG

14

6

3

5

29

26

+3

21

6

NAVBAHOR

14

6

2

6

28

24

+4

20

7

BUXORO

14

5

3

6

15

18

-3

18

8

ANDIJON

14

3

1

10

15

25

-10

10


ENDI KECHMI?

Aytayapman-ku, nimadir qilmasak bo'lmaydi. 16ta jamoa bilan ham xuddi shu tartibda qiziqarli chempionat o'tkazsak bo'ladi. Mayli kuchli bo'lmasin, ammo qiziq bo'lsin. Hamma kuch qiziqishdan kelib chiqadi. Butun dunyo nigohini o'ziga qaratgan Hindiston chempionati kuchli deb o'ylaysizmi, yo'q albatta, ammo butun mamlakat bir yoqadan bosh chiqarib uni qiziqarli ko'rinish bera oldilar. Bugun Hindiston superligasini butun dunyo kuzatyapti. 

Endi oliy ligada 30ta o'yin bo'ladi. Bu kam ham, ko'p ham emas. 45ta futbolchini o'z ro'yxatidan o'tkazadigan klub uchun bu kam bo'lsa kerak deb o'ylayman. Biz oliy ligamizdagi futbolchilarimizning asl kuchini ichki chempionatda bilmay qolyapmiz. Natijada MTJga kirib kelayoganlar biz kutgan o'yinni ko'rsatib bera olishmayapti. Agar 2 davradan iborat chempionatimizga bir davralik pley-off o'yinlarini qo'shsak maqsadga muvofiq bo'lardi. Ikki davra qila olmaymiz. Unda oliy ligadagi o'yinlar soni 44taga etadi. Bu haddan tashqari ko'p, qolaversa tomi yo'q stadionlarga muxlis qor va yomg'ir yoqqan o'yinlarga kelmaydi. Eng maquli pley-off bosqichini bir davradan iborat qilish. Kim uyda, kim safara o'ynaydi, buni “ko'zi ko'r” qura malum qilsin. Bunday holatda, “Nasaf” o'z maydonida “Paxtakor” va “Mashal”ga qarshi o'ynashi, safarda “Lokomotiv” va “Bunyodkor” bilan bellashishi mumkin. Xuddi shunday “Paxtakor” o'z maydonida “Nasaf”ni qabul qilsa, quraga ko'ra “Lokomotiv” mehmoni bo'ladi. Albatta, bunisi omadga bog'liq. Bugungi kundan kelib chiqib bizga omad emas, MTJga yaxshi futbolchilarni etkazib berishlari uchun kuchli va qiziqarli chempionat kerak. 

FUTBOLGA ETISHMAYOTGAN SHOU

Biz aynan shu borada oqsayapmiz. Kubok finalidan tortib, mamlakat Superkubogigacha bo'lgan o'yinlar oddiy uchrashuv kabi tarixdan joy olyapti. Futbolchi maydonga tushib kelayotganida uni kuchli hayajon bosishi kerak. Nima uchun OCHLda maydonga tushayotganda futbolchi gerdayib chiqib keladi, boisi u hamma-hammaning diqqat-markazida bo'ladi, bu darajaga chiqquncha u ko'p mehnat qildi, jamoasi yutadimi yoki yo'q, u OCHLda va o'zidan faxirlanadi. Uning ota-onasi uzoq-uzoq qishloqlarda mahalla-ko'yda faxrlanadi, farzandi mening dadam TVda chiqdi deb maqtanadi. Mana shularning zamirida kuchli tashkilotchilik yotibdi. Oliy ligaga esa futbolchi xuddi uyga bozor qilib kelgani xonadonidan chiqib ketgan kishi kabi maydonga chiqadi. Aslida ham shunday emasmi? Yaxshilab o'ylab ko'ring, futbolchi bugun oliy ligada maydonga tusha turib ko'proq nimani o'ylayapti, pulnimi yoki oliy ligani? Oliy ligani o'ylashi uchun nima qilish kerak, avvalo oliy ligani qadriga etishi kerak. Bugun biroz yaxshi to'p tepsangiz, oliy liga sizniki. Oliy liganing qadri yo'qolib boryapti, uni esa ko'tarish kerak. Oliy liga bozor emas, mahalliy futbolchilar uchun Everest tog'i kabi cho'qqi bo'lsin. 

PFL o'zini OAVdan olib qochadi, o'ylab ko'rsam, TVdagi yagona bo'lgan “Futbol sharhi”da Farhod Magometovning efirga chiqmaganiga oooo, yillar bo'lib ketibdi. TV, radio, sayt va gazetalar bir bo'lib PFL bilan hamkorlikni yo'lga qo'yishi lozim. Barchamiz bir yoqqadan bosh chiqargan holda oliy ligani mavqeini tiklash borasida aniq bir dasturga ega bo'lishimiz kerak emasmi? Afsuski, shuncha yozilayotgan maqola, shuncha aytilayotgan gaplar havoga uchyapti. Har bir o'tayotgan yil, bizni bir yilga manzilimizga kechiktiryapti. Bazi maqolalarni o'rtadagi vositachilar umuman boshqacha talqinda rahbarlarga etkazib berishayotgani esa ishimizni ikki karra qiyinlashtiryapti. Masalan, “Lokomotiv” klubini olaylik, bu klub tomon yozilgan bazi tanqidiy fikrlarni dushmanga aytilgan gap kabi etkazishdi. Axir siz ham, biz ham mana shu qozonda qaynayotganimizni nahot tushunmasangiz? U “Paxtakor” bo'ladimi yoki “Lokomotiv”, ana bo'lsin “Nasaf”, ammo MTJ yo'lida bir tiyinlik foyda bo'lmasa, unda nima keragi bor bunday chempionatni? Bizning maqsad MTJmi, nega unda orqamizdan bir-birimizga bo'hton uloqtirish bilan ovoramiz? 

Gapiray desa gap ko'p, gapdan esa qilinmagan ish ko'p. Bizda-ku g'oyalar bisyor, aslida buni g'oya deb ham aytib bo'lmaydi. Futbolda hamma narsa allaqachon ixtiro qilib bo'lingan, faqat unga to'g'ri amal qilsak bo'lgani. Omon bo'ling, o'zingiz uchun, oilangiz uchun sog'lig'ingizni asrang!

Nodirxo'ja Yuldashev. 


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика