So’nggi yangiliklar

02:35БАА кундалиги: CА кортежи ёхуд Абу-Дабини эгаллаган ОАВ  0 02:05Роналдунинг голи Португалияни Миллатлар лигаси финалига олиб чиқди  47 01:15"Милан" Рейндерс трансферидан кутилган маблағни ишлаб ололмайди  0 00:50Невилл МЮга қандай футболчилар кераклигини айтди  1 00:17"ESPN" айни пайтдаги энг кучли марказий ҳужумчилар рейтингини тузди  3 23:36Ўзбекистон олимпиячилари ўртоқлик ўйинида Францияга кичик ҳисобда мағлуб бўлди  82 23:10"Ал Ҳилол" Инзагига қанча бонус тўлаши маълум бўлди  0 22:50Месси Чилига қарши ўйинда асосий таркибда ўйнайдими? Скалони жавоб берди  6 22:27Конате: "Мбаппе ақлбовар қилмас мавсумни ўтказди"  21 21:58"Ман Сити" Шеркига альтернатив топиб қўйди  0 21:41Ўзбекистон терма жамоасининг қувноқ кайфиятда ўтган расмий машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  3 21:15Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Францияга қарши баҳс олиб боради. Французлар таркибини ўрганамиз  13 20:53"36 миллионлик халқимиз биздан ижобий натижани кутмоқда. Биз улар учун катта байрам қилиб беришни режа қилганмиз". Тимур Кападзе ва Жалолиддин Машарипов иштирокидаги матбуот анжумани  34 20:34ЎзПФЛ "Бухоро" - "Андижон" ва "Хоразм" - "Динамо" учрашувлари қаерда бўлишини маълум қилди  3 20:05Сунъий интеллект: "Ўзбекистон эртага мундиал йўлланмасини қўлга киритади, Сергеев ва Файзуллаев гол уради"  24

16 yoshgacha bo'lgan qizlardan tashkil topgan O'zbekiston terma jamoasi bugun Vetnamga uchib ketadi Yangiliklar

16 yoshgacha bo'lgan qizlardan tashkil topgan O'zbekiston terma jamoasi bugun Vetnamga uchib ketadi

16 yoshgacha bo'lgan futbolchi qizlardan tashkil topgan O'zbekiston terma jamoasi bugun tunda Osiyo chempionati saralash bosqichini o'tkazish uchun Vetnamga jo'nab ketadi.

2017 yil Xitoyda bo'lib o'tadigan o'smir qizlar o'rtasidagi futbol bo'yicha Osiyo chempionati saralash bosqichida O'zbekiston “D” guruhidan o'rin olgan. Ushbu guruhda O'zbekistonning raqiblari – Avstraliya, Vetnam, Gonkong, Falastin hamda Iroq jamoalari bo'ladi.

Saralashda umumiy, 22 jamoa qatnashmoqda. “A” va “V” guruhlarida 5tadan jamoa bo'lsa, “S” hamda “D” guruhlarida 6tadan jamoa joylashgan. Har bir guruhdan faqat birinchi o'rinni qo'lga kiritgan jamoa final bosqichiga yo'l oladi.

SHimoliy Koreya, Yaponiya, Xitoy hamda Tailand jamoalari 2015 yilda Xitoyda bo'lib o'tgan qita birinchiligida eng yuqori  o'rinlarni qo'lga kiritgani uchun ushbu chempionatda to'g'ridan to'g'ri final bosqichida ishtirok etadi. SHu tariqa, Xitoyda bo'ladigan o'smir qizlar o'rtasidagi futbol bo'yicha Osiyo chempionatida 8 jamoa qatnashadi.

Tailand to'g'ridan-to'g'ri yo'llanmaga ega bo'lishiga qaramay, final bosqichiga tayyorgarlik ko'rish maqsadida saralash bosqichida ishtirok etishga qaror qilgan. Agar Tailand o'zi ishtirok etayotgan “A” guruhida birinchi o'rinni egallasa, u holda guruhda ikkinchi o'rinni qo'lga kiritgan jamoa final bosqichiga yo'l oladi.

O'smir qizlar o'rtasidagi Osiyo chempionati final bosqichi o'tkazilish sanalari hali malum qilinmagan.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика