So’nggi yangiliklar

14:56Беллингемнинг "Ливерпул"даги дўсти кейинги йил "Реал"га ўтади  1 14:22"Фиорентина" ярим ҳимоячи Андреа Колпанини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 13:58"Бавария" уч нафар футболчиси билан хайрлашишга тайёр  1 13:37Ла Лига энг кўп маош олувчи футболчилар ТОП-10 — рўйхатда "Атлетико"дан битта футболчи бор  0 12:53"Бавария" ва "Ювентус" Англия термаси марказий ҳимоячисини ўз сафига қўшиб олмоқчи   0 12:32Миллатлар Лигаси доирасидаги баҳсда Бельгия Исроилни Венгрияда қабул қилади  3 11:56"Интер" "Зенит" ҳимоячисига қизиқиш билдирмоқда  0 11:27Mirabror Usmanov Cup-2024. Ўзбекистон бугун Қирғиз Республикасига қарши кураш олиб боради  2 10:53МЮдан навбатдаги юриш. Инглизлар 90 миллион евролик трансферни амалга оширишга тайёр  10 10:25«Барселона» Дани Ольмо бўйича музокараларни бошлади. Каталонияликлар қанча таклиф қилгани маълум  11 09:57«Атлетико» икки нафар Европа чемпионлари билан шартнома тузмоқчи  0 09:28Месси ХХI асрнинг энг яхши спортчилар рейтингининг ТОП-3лигидан жой олди. Роналду эса…  28 09:00Слот «Ливерпуль» бошқарувидаги дебют ўйнида Чемпионшип вакилига мағлуб бўлди  2 08:31«Пахтакор»нинг яна бир футболчиси «Металлург»га ижарага берилди  2 08:05АПЛ. Ким энг кўп ойлик олади?  1

12 yillik faoliyatdan so'ng De Xea “Manchester Yunayted”ni tark etdi. Uning faoliyatidagi yorqin seyvlaridan iborat fotomaqola Yangiliklar

12 yillik faoliyatdan so'ng De Xea “Manchester Yunayted”ni tark etdi. Uning faoliyatidagi yorqin seyvlaridan iborat fotomaqola

Xayr, afsona...

Hammasi shu erda tugadi – David De Xeaning “Manchester Yunayted” bilan shartnomasi tugadi, tomonlar yangi shartnoma borasida kelishib olishmagan. Klubda 12 yil o'tkazgan darvozabon ketmoqda... Ispaniyalik darvozaboning yorqin faoliyatini eslash uchun esa eng maqul vaqt.

2011 yilda afsonaviy Edvin van der Sar o'z faoliyatini yakunladi. Uning o'rniga Aleks Fergyuson yaqin o'n yillikning eng zo'r darvozabonlaridan biri bo'lishi taxmin qilingan “Atletiko”ning 21 yoshli darvozaboni David De Xeani tanladi.

Ser Aleks kelishuvdan juda mamnun edi. MYUdan Peter SHmeyxel ketganidan so'ng va Van der Sar kelgunga qadar bo'lgan vaqt orasida Fergi janoblari bir nechta darvozabondan foydalanishga majbur bo'lgandi. U bu safar bunday xato qilishni istamadi va faoliyatidagi eng ajoyib transferlardan birini amalga oshirdi.

De Xeaning debyuti juda omadli o'tmadi. U “Man Siti”ga qarshi Superkubok bahsida har ikki golda ham xatoga yo'l qo'ydi. Biroq ushbu uchrashuvda “Qizillar” 3:2 hisobida g'alaba qozonishdi. Uchrashuv yakunlanganidan so'ng Fergyuson yosh darvozabonining yonini oldi.

“Ikkinchi golda De Xeani itarib yuborishdi, buning uchun hakam qo'pollik qayd etishi lozim edi. De Xea APLga xush kelibsan”,-deb fikrini yakunlagandi o'shanda Fergyuson.

2011/12 mavsumning uchinchi turida “Arsenal”ga qarshi uchrashuvda 1:0 hisob bo'layotgan vaqtda  De Xea Van Persining penaltisini qaytardi. Uchrashuv esa 8:2 hisobi bilan yakunlangandi. Agar o'shanda “to'pchilar” hisobni tenglashtirganida edi, hammasi boshqacha bo'lardi. Biroq De Xea bunga rozi emas edi...

Biroq Devid haqiqatan ham Angliyada moslashishda qiyinchiliklarga duch keldi. Jusasi kichik darvozabon to'pga chiqishida o'zidan ancha katta futbolchilarga imkoniyatni boy berib qo'yardi. SHu sababli dastlabki turlardan so'ng ispaniyalik “bonka”ga o'tirishga majbur bo'ldi. Bular ham etmaganidek, De Xea do'kondan ponchik o'g'irlagani uchun hibsga olindi. O'shanda u tilni bilmagani sababli policiya xodimlariga puli uyda qolib ketganini tushuntira olmagan.

SHu tariqa, yosh darvozabon yangi yilga qadar zaxira darvozaboni bo'lib qoldi. Biroq Lindegor jarohati barchasini o'zgartirdi va David “CHelsi”ga qarshi uchrashuvda yana maydonga qaytdi. U Mataning jarimadan yo'llagan aniq va kuchli zarbasini qaytardi. SHundan so'ng Ser Aleks uni #1GA ishondi.

Devid o'z ishonchini ajoyib seyvlar bilan oqladi. Misol uchun, u 2012/13 yilgi CHempionlar ligasi 1/8 finalida Fabio Koentrauning zarbasini shunday qaytardi. Bernabeuda jamoasi uchun muhim bo'lgan durangni taqdim etdi. 

Bu esa De Xeaning Angliyadagi birinchi va oxirgi chempionligi. U Fergyuson bilan shampanga cho'milgan bo'lsa kerak. De Xea haqidagi barcha shubhalar o'sha vaqtga kelib yo'qolgan edi: Premer ligada 28 ta o'yinda 26 ta gol o'tkazib yubordi, 11 ta o'yinda esa o'z darvozasini daxlsizligini saqlab qoldi.

Fergyuson ketganidan so'ng MYUda ishlar ortga keta boshladi, biroq qahramonimiz jamoani oldinga undashda davom etaverdi. Beynsning ushbu zarbasidan so'ng amalga oshirilgan seyv yil davomida muxlislar va mutaxassislarning tilidan tushmadi. Bu seyvning muhimligining yana bir sababi uchrashuvning so'nggi daqiqalarida sodir bo'lgandi.

De Xeaning ajoyib o'yini “Real Madrid”ni ham ilhomlantirdi va ular darvozabon uchun kurashga qo'shildi. 2015 yilda ispaniyalik Madridga qaytishi mumkin edi, biroq transfer kunining so'nggi daqiqalarida transfer barbod bo'lgan. Sabab sifatida “Manchester Yunayted” ofisidagi eskirgan faks mashinasi aybdor qilib ko'rsatildi. Lekin keyinchalik aslida umuman hech qanday faks mashinasi yo'qligi ochiqlandi. Oradan ko'p o'tmay David yana yangilangan 4 yillik shartnoma imzoladi.

Yillar o'tdi va De Xea “Manchester Yunayted”da eng zo'r edi. Muxlislar uni 2013/14, 2014/15, 2015/16 yilgi mavsumlarda eng yaxshi futbolchi sifatida tanladi. Faqatgina 2016/17 yilgi mavsumda Ander Errera ushbu sovrinni qo'lga kiritdi.

2017/18 yilgi mavsumda David o'zining eng yuqori cho'qqisiga chiqdi. Ushbu mavsumda ispan faoliyatidagi eng zo'r o'yini namoyish etdi. 2017 yil, 2 dekabr! “Arsenal”ga qarshi bahs. Ushbu o'yinda De Xea 14 seyv qildi va jamoasi 3:1 hisobida g'alaba qozondi. Bu APLda rekord hisoblanadi. Hozirgacha ham hech bir darvozabon ushbu rekordni takrorlay olmadi.

Ushbu mavsumda ispaniyalik 18 ta uchrashuvda nolga turdi va faoliyatida ilk bor «Oltin qo'lqop»ni qo'lga kiritdi.

Daxshatli va mukammal mavsumdan so'ng De Xeada pasayish boshlandi. U o'zidan kutilgan o'yini ko'rsata olmay qoldi. ECHLning chorak finalida “Barselona”ga qarshi bahsda Messining to'g'ri zarbasini o'tkazib yubordi.

Xatolarga qaramay De Xea bazi o'yinlarda aqlbovar qilmas harakatlarni amalga oshirdi. Misol uchun , “Tottenxem”ga qarshi o'yinda 11 ta sevy qildi!

Yildan yilga MYUning Evro kuboklarda omadi yurishmay qoldi. Ular 2020 yilda Evropa ligasining yarim finalida “Sevilya”ga mag'lub bo'ldi. 2021 yilda esa finalda "Vilyarreal"ga penaltilar seriyasida mag'lub bo'ldi. Ushbu bahsda De Xea hech bir penaltini qaytara olmadi va o'zi so'nggi bo'lib zarba yo'lladi, biroq uning zarbasi noaniq ketdi. Ser Aleksning o'zi maydonga darvozabonga tasalli berish uchun chiqdi.

SHundan so'ng Manchesterliklarning rahbariyati De Xeaning davri o'tdi deb hisoblashdi va klub tarbiyalanuvchisi Din Xendersonga imkon bermoqchi bo'lishdi. Biroq De Xea 2021-22 mavsumda o'zining ikkinchi yoshligini o'tkazdi va Xendersonga hali borligini isbotlab qo'ydi.

SHu yilning mart oyida Ser Aleks De Xeaga maxsus qo'lqopni topshirdi. David klub tarixda eng ko'p quruq o'yin ko'rsatgan darvozabonga aylandi.

2023 yilning 28 may sanasi. APLning so'nggi turi. David De Xea Mitrovichni 11 metrdan yo'llagan zarbasini qaytardi. Bu esa uning APLdagi so'nggi o'yini bo'lib qoldi.

Ushbu uchrashuvdan so'ng De Xeaga mavsumning eng yaxshi darvozaboni uchun topshiriladigan “Oltin qo'lqop”ni taqdim etishdi. 

Yaqin to'rt oy davomida MYU va De Xea yangi shartnoma bo'yicha muzokaralar olib borishdi. Oxir-oqibat ular kelishuvga erisha olmadi. 

SHu tariqa, “Manchester Yunayted”ning so'nggi o'n yillikdagi eng zo'r o'yinchilaridan biri jamoa bilan xayrlashdi.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика