De Xea: "Parvozimni kuzatishda davom eting"

Sherzod Nurmatov
2 sen 2022, 17:29
"Manchester Yunayted" posboni David de Xea payshanba oqshomida "Lester" ustidan g'alaba qozonilgan o'yindagi qoyilmaqom seyvini marhum buvisiga bag'ishladi.

"King Pauer" stadionida o'tkazilgan o'yinning ikkinchi bo'limida "Lester" futbolchisi Jeyms Meddison jarima zarbasidan darvozani ishg'ol qilishga urinib ko'rdi. De Xea baland sakrab to'pni bir qo'li bilan urib yubordi.

Ispaniyalik darvozabon o'yindan keyin Twitter'dagi sahifasida marhum buvisiga hurmat bajo keltirdi va shunday deb yozib qoldirdi: "Bu seyv va g'alaba siz uchun, buvijon. Qayerda bo'lsangiz ham, mening parvozimni kuzatib turing".

"Lester"ga qarshi o'yinda De Xea asosiy figuraga aylandi va MYUning uch o'yinlik g'alabali seriyasi davom etishiga o'z hissasini qo'shdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/D_DeGea