12 aprel kuni ayollar futboli bo'yicha O'zbekiston Superkubogi-2019 uchrashuvi o'tkaziladi
09 apr 2019 13:19
Yangiliklar


12 aprel kuni ayollar futboli bo'yicha O'zbekiston Superkubogi-2019 uchrashuvi o'tkaziladi
Bilasiz, o'tgan mavsum yakunlariga ko'ra “Bunyodkor-W” jamoasi yakunda 75 ochko jamg'arib, o'z tarixida ilk marta O'zbekiston chempioniga aylangan edi. “Sevinch” jamoasi futbolchi qizlari esa mamlakat Kubogiga ega chiqishgandi.
2019 yilgi mavsum avvalida esa ushbu ikki klub mamlakat Superkubogi uchun bahs olib borishadi. O'zbekiston Superkubogi-2019 uchrashuvi 12 aprel kuni “Jar” stadionida bo'lib o'tadi.
O'zbekiston Professional futbol ligasi mazkur uchrashuvni yuqori saviyada tashkillashtirish maqsadida bir qator tashabbuslarni amalga oshirmoqda. Jumladan, o'yin oldidan elimiz suygan sanatkorlar ishtirokida shou koncert dasturlari bo'lib o'tadi. SHuningdek, ilk marta ayollar futboli bo'yicha Superkubok bahsi bosh homiyga ega bo'ladi.
O'zbekiston Superkubogi-2019
“SEVINCH” - “BUNYODKOR”
Jar stadioni. 16:00 / 12 aprel.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar