So’nggi yangiliklar

01:40АПЛ клуби "Ман Сити" хавбеки Филлипс билан шартнома имзолашга яқин  0 01:03"Реал" футболчиси клубдан кетиш ҳақида ўйламоқда  1 00:32Костич "Ювентус"дан кетадими?  0 00:05"Атлетико" Галлахер қарор қабул қила олмаётгани сабаб "Валенсия" билан Герранинг 25 млн евролик трансферини келишиб қўйди  0 23:25Суперлига. "Металлург" - "Локомотив" 1:1, Ҳошимов "Металлург"даги биринчи расмий ўйинида қизил карточка олди  6 23:05Александр Крестинин: "Ғалаба қозониш учун бир оз ақлли футбол керак  0 22:57Григорий Колосовский: "Энди биз майдонга чиқадиган ҳар бир ўйин финал бўлиши керак"  2 22:35"Тоттенхэм" ўйинчиси "Милан"га ўтишга яқин  0 22:07"Ювентус" ўйинчисини "Аякс"га ижарага беради  0 21:40Суперлига. "Металлург" ва "Локомотив" иккинчи даврани дуранг билан бошлади   25 21:27"Арсенал" собиқ вингери Николя Пепе "Вильярреал" ўйинчисига айланди  0 20:29"Барса" собиқ форварди Брейтуэйт "Эспаньол"ни харид қилмоқчи  0 20:05Назорат ўйини. "Пахтакор" "Олимпик"га 7та гол урди  5 19:29РПЛ. ЦСКА ўз майдонида "Оренбург"ни тор-мор этди, Файзуллаев эса...  9 19:10"Барса" Уильямснинг трансфери барбод бўлса, "Бавария" вингери билан шартнома имзолаши мумкин  4

115 yoshing muborak “Real Madrid" Yangiliklar

115 yoshing muborak “Real Madrid"

1896 yili Ispaniyada “Futbol Skay” jamoasi tashkil etilgan. Lekin jamoaning rasman tashkil topgan yili 1902 yil 6 mart sanasi deb belgilangan.

Bundan 115 yil avval shu kuni aka-uka Padros va Xulian Palasioslar “Madrid football club” nomi ostida jamoa tashkil etgan. 1920 yil 20 iyun kuni Ispaniya qiroli Alfons 13 jamoaga “qirol klubi” nomini bergan. Ispan tilida bu “Real” deb ataladi. Ko'pchilik jamoaning zamonaviy nomi “Real Madrid” bilan ataydi. “Real Madrid” klubi tashkil topishi bilan Ispaniya futbolchining etakchi jamoasi bo'lishga davogarlik qilgan. 1903 yili bo'lib o'tgan mamlakat kubogida “Real Madrid” final yo'llanmasini qo'lga kiritgan va finalda “Atletik Bilbao” jamoasiga imkoniyatni boy berib qo'ygan. Bir necha yildan so'ng nufuzli sovrin uzoq muddatga poytaxtga olib kelindi. “Real Madrid” Ispaniya kubogini 4 marotaba ketma-ket qo'lga kiritgan. Ispaniya chempionati esa 1928/29 yilgi mavsumdan etiboran o'tkaziladigan bo'lgan. Bungacha jamoalar mntaqalar aro musobaqada ishtirok etib kelgan. Mana shu vaqt ichida “Real Madrid” mamlakat birinchiligida 16 marotaba zafar quchgan. Yaqin o'tmishda Madridning “Real” klubi safida o'z vaqtida bir qator yulduz futbolchilar to'p tepishgan. “Qaymoqranglilar” klubining 115 yilligi munosabati bilan sizlarning xukmingizga “Real Madrid” jamoasining o'z vaqtining 5 nafar yulduz futbolchilarini taqdim etamiz. 



Raul Gonsales

1994 yili Raul Gonsales Madridning “Real” klubi bilan futbolchilik faoliyatidagi professional shartnomaga imzo chekdi. Faqat Raul darxol “Real Madrid” klubida maydonga tushmadi, Raul o'yin amaliyotiga ega bo'lishini va tajriba orttirishini bosh murabbiy takidlagan. Raul bir yil “Real Madrid”ning ikkinchi va uchinchi jamoalarida to'p tepgan va 8 uchrashuvda raqiblar darvozasini 16 marotaba ishg'ol qilgan. Raulning mana shunday omadli harakatlaridan so'ng “Real” klubi bosh murabbiyi uni asosiy tarkibga jalb qilgan va talantli hujumchidan oqilona foydalangan. Raul Gonsales “Real Madrid” klubida har qanday murabbiy qo'l ostida asosiy hujumchi bo'lgan. Raul o'z davrining mohir hujumchisi bo'lgan. Raul Gonsales “Real Madrid” klubi tarkibida 741 uchrashuvda maydonga tushib raqiblar darvozasini 323 marotaba ishg'ol qilgan. 



Devid Bekxem

Angliya terma jamoasining mohir yarim himoyachisi Devid Bekxem 2003 yili “Manchester Yunayted” klubidan “Real Madrid” jamoasiga ko'chib o'tgan. Angliyalik futbolchi Ispaniyadagi faoliyatini g'alaba bilan boshlagan. Bekxem “Real Madrid” klubi tarkibida ilk uchrashuvni Superkubok bahsida “Malorka” jamoasiga qarshi o'tkazgan. Devid Bekxem ushbu uchrashuvda hisobni ochgan va o'z nomiga “Real Madrid” safidagi ilk golini yozib qo'ygan. Devid Ispaniya chempionatida ilk golini debyut uchrashuvida 3 daqiqada nishonlagan. La ligada mavsumdagi 16 uchrashuvda Devid Bekxem raqiblar darvozasini 5 marotaba ishg'ol qilgan. Devid Bekxem “Real Madrid” tarkibida 4 yil mobaynida to'p tepgan. U jarima zarbalarini mohirlik bilan amalga oshirgan. Bekxem gollarini asosan jarima zarbalari orqali kiritgan. Bekxem “Real” tarkibida 159 uchrashuvda maydonga tushib raqiblar darvozasini 20 marotaba ishg'ol qilgan. 



Ronaldo

Yaponiya va Janubiy Koreyada bo'lib o'tgan Jahon chempionatidan so'ng Ronaldo Madridning “Real” klubiga Italiyaning “Inter” klubidan 40 million funt sterling evaziga ko'chib o'tgan. Ronaldo mana shu transferdan so'ng “qaymoqranglilar”ning yulduz futbolchilaridan biri bo'lgan. Bundan oldin “Real” tarkibiga portugaliyalik Luish Figu va franciyalik Zinedin Zidan kelib qo'shilgandi. “Neradzurrilar” muxlislari Ronaldoning ketishini klubga xiyonat qildi, deya qarashgan. Ammo Ronaldo tantanali ravishda Italiyaga qaytgan, faqat “Inter” klubiga emas balki ularning ham shahari “Milan” jamoasiga kelib qo'shilgan.

Ronaldo “Real Madrid” safidagi ilk uchrashuvida muxlislar va jamoa rahbariyati kutgan o'yinni namoyish qilgan va “Real” safida debyut uchrashuvida gol urgan. Mavsumdagi ilk “el-klassiko”da “Barselona”ga qarshi uchrashuvda Ronaldo shamollashi tufayli maydonga tusha olmagan. 2003 yili “Barselona”ga qarshi “Santiagu Bernabeu”da bo'lib o'tgan javob uchrashuvida maydonga tushgan va sobiq jamoasi darvozasiga gol urgan. Ushbu bahsda tomonlar murosa yo'lini tanlashgan. O'tgan mavsumdagi uchinchi o'rindan so'ng Ronaldo jamoaga kelishi bilan “Real Madrid” Ispaniya chempionati g'olibligini qo'lga kiritgan. Ronaldo Madridning “Real” klubi safida 194 uchrashuv o'tkazib raqiblar darvozasini 118 marotaba ishg'ol qilgan.



Roberto Karlos

Braziliyalik talantli himoyachi Roberto Karlos 1996 yil Italiyaning “Inter” klubidan Madridning “Real” jamoasiga 6 million evro evaziga ko'chib o'tgan. O'sha paytdagi “Real Madrid” bosh murabbiyi bo'lgan Fabio Kapello Roberto Karlosni sotib olishni juda ham xohlagandi. “Real Madrid” tarkibida Karlos “Betis”ga qarshi uchrashuvda raqiblar darvozasini ishg'ol qilib o'z nomiga gol yozdirib qo'ygan. Roberta Karlos birinchi yili “Real Madrid” tarkibida 42 uchrashuvda maydonga tushgan va o'z nomiga 5 ta golni rasmiylashtirib qo'ygan va jamoasining Ispaniya chempioni nomiga sazovor bo'lishiga o'z xissasini qo'shgan. Bir yildan so'ng Karlos jamoasi bilan CHempionlar ligasi g'olibligini qo'lga kiritgan. 2000 yili Roberto Karlos “Real” bilan yana o'sha natijani takrorladi, yani ECHl musobaqasida bosh sovrinni qo'lga kiritdi.

2003 yili Roberto Karlos transferi borasida “CHelsi” va “Inter” jamoalari muzokara boshlab yubordi. Afsuski ushbu muzokara amalga oshmadi va Karlos “Real Madrid” bilan yangi shartnomaga imzo chekdi. 2007 yili 9 mart kuni Roberto Karlos “Real” klubidan ketishini malum qildi. Roberto Karlos “Real Madrid” tarkibida 584 uchrashuvda maydonga tushgan va raqiblar darvozasini 71 marotaba ishg'ol qilgan. SHulardan 370tasida Ispaniya chempionatida maydonga tushib 47ta golga mualliflik qilgan. 



Zinedin Zidan

Kelib chiqishi jazoirlik bo'lgan Zinedin Zidan Franciyaning Marsel shahrida 1972 yili 23 iyunda tavallud topgan. Zidan futbolchilik faoliyatida bir qator jamoalarda to'p tepgan. Zidan Ispaniyaning “Real Madrid” klubiga 2001 yili Italiyaning “Yuventus” jamoasidan 75 million evro evaziga kelib qo'shilgan. Yangi mamlakat va u erning futboliga moslashish Zidan uchun og'ir kechgan. Zinedin Zidan “Real Madrid” klubidagi debyut uchrashuvida Ispaniya chempionatining barcha etakchi to'purarlari qatorida sanab o'tilgan. Ammo yorqin o'yinlarini nafaqat Zidan balki “Real Madrid” klubi ham ko'rsata olmagan. Klub bosh Murabbiyi Visente Del Boske “Real”ning odatiy taktikasiga o'zgartirish kiritishga va Zidan uchun maydonda joy topishga to'g'ri kelgan. 2001/2002 yilgi mavsumda Zinedin Zidan “Real Madrid”ning ECHL musobaqasining final bosqichida Leverkuzenning “Bayer” klubini mag'lub etib yana bir bor g'olib bo'lishiga o'z xissasini qo'shgan.  Ushbu bahsda “qaymoqranglilar” raqiblarini 2:1 hisobida mag'lubiyatga uchratishgan. Gollardan biriga Zidanning o'zi mualliflik qilgan. 2002/2003 yilgi mavsumda “Real Madrid” va Zidan Ispaniya chempionligini qo'lga kiritgan. Madrid klubida o'sha paytlarda Zidan jamoaning etakchi futbolchilaridan biri bo'lgan. Bundan tashqari “Real” safida Figu, Ronaldo, Roberto Karlos, Bekxem va Raul kabi yulduz futbolchilar to'p tepgan. Zinedin Zidan “Real Madrid” klubida 225 uchrashuv o'tkazib 49 marotaba raqiblar darvozasini ishg'ol qilgan.

2016 yili 4 yanvar kuni Rafael Benites o'rniga Zinedin Zidan “Real Madrid” klubi bosh murabbiyligi postini egallagan. SHu kungacha Zinedin Zidan “Real Madrid” klubini boshqarib kelmoqda.



Jahongir Sotvoldiev tayyorladi.


Reyting: +31   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика