105 o'yin, 6 gol. CHili "gladiator"laridan biri termadagi faoliyatini yakunladi
07 iyu 2019 14:57
Yangiliklar


105 o'yin, 6 gol. CHili "gladiator"laridan biri termadagi faoliyatini yakunladi
CHili termasi qanot yarim himoyachisi Jan Bosejur xalqaro faoliyatini yakunladi.
35 yoshli futbolchi endi bor etiborini o'z jamoasi "Universidad de CHili" klubiga qaratishini aytib o'tdi.
Bosejur 2004-2019 yillar davomida CHili termasi tarkibida 105 o'yinda qatnashib, 6 gol kiritdi.
Evropada u "Servett", "Gent", "Birmingem" va "Uigan" kabi jamoalarda faoliyat olib borgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar