100 o'yinda 79 ta gol urgan Ronaldu "Yuve" tarixidagi 3-natijani qayd etdi
14 dek 2020 21:28
Yangiliklar


100 o'yinda 79 ta gol urgan Ronaldu "Yuve" tarixidagi 3-natijani qayd etdi
Kecha Krishtianu Ronaldu "Yuventus" tarkibida 100-o'yinini o'tkazdi va "Jenoa" darvozasini 2 bor ishg'ol qildi.
Portugaliyalik yulduz klub safidagi dastlabki 100 o'yinida 79 ta gol urgan. Hujumchining 62 goli A Seriya, 14 – ECHL, 2 – Italiya kubogi, bittasi esa mamlakat superkubogida urilgan. Bu "keksa sinora" tarixidagi 3-natija hisoblanadi. Quyida "Yuventus"dagi dastlabki 100 o'yinida eng ko'p to'p kiritgan hujumchilar reytingi bilan tanishing:
1) Omar Sivori – 84 gol;
2) Feliche Borel – 80;
3) Krishtianu Ronaldu – 79;
4) Jon CHarlz – 70;
5) Yon Xansen – 62;
6) Roberto Badjo – 61;
7) Filippo Indzagi – 59;
8-10) Jampero Boniperti – 56;
8-10) Mishel Platini – 56;
8-10) David Trezege – 56.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar