So’nggi yangiliklar

02:20А Серия. "Рома" ва "Наполи" ишончли ғалабага эришди, "Ювентус" ва "Милан" ўртасидаги ўйинда ҳисоб очилмади  3 02:14Ла Лига. "Сельта" ва "Атлетико" ўзаро дуранг ўйнади, мадридликлар 40-дақиқада бир киши кам бўлиб қолишди  5 01:40Лига 1. "Лилль"ни ПСЖга қарши ўйиндаги мағлубиятдан Мбаппе қутқариб қолди  5 01:03Харри Магуайр фаолиятини Саудия Арабистонида давом эттириши мумкин  1 23:58Туркия Суперлигаси. "Башакшехир" меҳмонда "Гёзтепе"га мағлуб бўлди, меҳмонлар сафида Шомуродов ва Файзуллаев ҳаракат қилди  13 22:27АПЛ. "Манчестер Сити" меҳмонда Холанднинг голи эвазига "Брентфорд"ни мағлуб этди  10 22:12Виталий Левченко: "Ўзимизга боғлиқ барчасини максимал даражада бажарамиз"  11 22:00Суперлига. "Нефтчи" – "Андижон" 2:0   1 21:55Эрон Про лигаси. "Истиқлол" меҳмонда "Чадормалу" билан дуранг ўйнади, Ашурматов баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  0 21:22Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Севилья"дан тўртта гол қабул қилиб олди ва мағлубиятга учради  173 21:15Мирко Йеличич: "Уч очкони қўлга киритдик, лекин ўйиндан унчалик мамнун эмасман"  0 21:02Максим Шацких: "Футболчилар чарчаб қолгани сезилиб турди"  18 20:59Асрор Алиқулов: "Кўп вазиятлар яратдик, лекин гол уришга келганда муаммога йўлиқдик"  0 20:55Кенжабоевнинг СУПEР голи "Қизилқум"га муҳим ғалабани тақдим этди  4 20:30Раде Петрович: "Ўйинни 60 дақиқа назорат қилиб ғалаба қозондик"  2

10 yil oldin Drogba Mbappe bilan rasmga tushishni istamagan ekan. Kecha Dide aybini yuvdi va yana qanday qilib? Yangiliklar

10 yil oldin Drogba Mbappe bilan rasmga tushishni istamagan ekan. Kecha Dide aybini yuvdi va yana qanday qilib?

O'shanda norvegiyalik hakam Evrebe xalal bergan edi.

Kilian Mbappe 2019 yilgi «Oltin to'p» sovrini uchun kurashda oltinchi o'rinni egalladi, ammo xafa bo'ldi deyish qiyin. Sababi francuz Dide Drogba bilan marosim o'rtasida rasmga tushdi.

Mbappe yilning eng yaxshi yosh futbolchisini aniqlash uchun sahnaga chiqqandi, «CHelsi» sobiq hujumchisi esa unga selfi tushishni taklif qildi.

Bu narsani Kilian rosa 10 yil kutdi. 2009 yilda Mbappe «CHelsi»ga ko'rikdan o'tish uchun kelgandi. Londonda bir haftaga yaqin bo'lgan va 10-raqamni olib, bolalar jamoasi safida «CHarlton»ga qarshi o'ynagan.


Tanishi orqali Kilian Dide Drogba bilan rasmga tushishni iltimos qilgandi. Ivuarlik futbolchi ECHL yarim finali doirasidagi «Barselona»ga qarshi bahsdan so'ng rasmga tushishga vada bergandi.

Ammo o'sha bahsda norvegiyalik hakam Tom-Xenning Evrebe tufayli «CHelsi» finalga chiqa olmagan edi. Final hushtagi yangraganidan so'ng Dide Drogba boshchiligida londonliklarning deyarli butun tarkibi hakamga hujum qilishgandi.

Italyan matbuoti ivuarlik hujumchi Evrebeni stadion tonnelida ham taqib qilgan, haqorat qilganini yozgandi. Drogbaning o'zi buni rad qilgan, ammo kameraga qarab «Bu sharmandalik deb aytgandi!».



Dide Evrebeni nima qilmoqchi bo'lganini tasavvur qilmasangiz bu ko'zlarga etibor qiling!

«10 yil oldin mening yonimga bir bolakay kelib rasmga tushishni so'ragandi. O'sha kuni rad qilgandim, sababi natijadan xafa edim. Keyinchalik bu bolakay – Kilian Mbappe ekanini bildim. Qarzimni qaytarmoqchiman», - dedi Drogba kechagi marosim vaqtida.

SHu tariqa 10 yildan keyin Drogba o'sha xatosini yuvdi va franciyalik futbolchi bilan sahnaning o'zida rasmga tushdi. Faqat undan oldin Drogba 10 yil oldingi nigohini takrorlab berdi. 




Bolalikdagi orzular ushalishi baribir ajoyib.



sports.ru saytidan Narzulla tarjima qildi

Reyting: +56   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика