So’nggi yangiliklar

14:07"Барселона" Гави борасида бир қарорга келди  0 13:39Мюллер: "Бавария" ҳаво иссиқлигига қарамай, "Окленд Сити" билан ўйинда яйради"  0 13:12Руслан Жиянов: "Чемпионлик учун охиригача курашамиз"  1 12:55Акмал Мозговой: "Ҳар бир жамоа бизга қарши борини бериб ўйнайди"  5 12:40"Жаҳон чемпионатида Ўзбекистон ва Украина беллашувини кўришни истардим" – Максим Шацких билан катта интервью  6 12:27Эшитдик-да! "Нефтчи" Ўзбекистон МТЖнинг икки аъзосига қизиқмоқда  13 12:06"Манчестер Сити"га янги келган Шерки: "МЮни йўқ қилиш учун улар билан ўйинни кутяпман"  14 11:39Симеоне: "Энрике таркибни кучайтириши керак бўлганида, ПСЖ вингер учун 70 млн евро сарфлади"  4 11:11Гравина: "Гаттузо – Италия футболининг рамзи"  0 10:41“Арсенал“ 19 ёшли футболчи учун курашда “Челси“ни "енгди"  6 10:08ПСЖ украиналик футболчининг трансфери учун қанча сарфлаши маълум  1 09:35ЦСКА вингери Туркия клубига ўтиши мумкин  2 09:04“У футбол ва футбол учун яшайди.“ Карлес Пуйоль Роналду ҳақида  6 08:30Хакан Чалханоглу фаолиятини бошқа жамоада давом эттириши мумкин  0 07:55Суперлига. "Навбаҳор" ва "Хоразм" жамоалари мағлубиятга учради. "Сурхон" ва "Нефтчи" баҳсида эса ҳисоб очилмади  0

1 yilda har kuni ertalab yugurgan odam haqida eshitganmisiz? (maqola) Yangiliklar

1 yilda har kuni ertalab yugurgan odam haqida eshitganmisiz? (maqola)

Kutib oling, quyida sog'lom hayot shinavandasi haqida malumot beramiz.

Hammamiz sport bilan shug'ullanamiz va uni yaxshi ko'ramiz. Kimdir sport zalga boradi, kimdir fitnesga va yana bazi insonlar ertalablari yugurishni xush ko'rishadi.

Lekin, barchamizda rejalashtirilgan mashg'ulotlarni qandaydir sabablar bilan o'tkazib yuborgan holatlarimiz bo'lgan. Ammo, birgina mashg'ulotni qoldirmasdan, yil bo'yi muntazam shug'ullansak qanday bo'ladi?

Biz buni bir yil har kuni to'xtovsiz yugurgan afrikalik yigitning misolida ko'rib chiqamiz. 

Bu bola maqsad qo'yishdan hech qachon qo'rqmagan.


Xelok Sidibe, bugungi qahramonimiz, g'arbiy Afrikada tug'ilgan. Bolaligidan beri, Xelok juda kichik va nimjonligi bilan tengqurlaridan ajralib turgan. SHu sababli, u bolalar futbol klubidagi faoliyatini davom ettira olmadi va bu narsa uni juda xafa qildi. SHunga qaramay, Sidibe baquvvat ko'rinish va har kuni sport bilan shug'ullanishga o'ziga vada berdi. 

Mana 10 yillardan ko'p vaqt o'tgandan so'ng, Sidibe 365 kun ertalab yugurishni o'z oldiga maqsad qilib qo'ydi va buni udalladi. Bu mashg'ulot unga ijobiy o'zgarishlarni olib kelganini aytish kerak.

Birinchi o'zgarish, bu Xelokning bo'yi 4 santimetrga o'sgani bo'ldi. Albatta, qomati ham o'ziga yarasha chiroyli ko'rinishga kelganini qo'shib ketish mumkin.


"Hayotimda 25-soat paydo bo'ldi. Jiddiy aytyapman, ko'proq narsalarni qilishga ulgura boshladim. Kunim juda quvnoq va tetik, shuningdek samarali o'tmoqda", - deydi Xelok.

Afrikalik yigitning so'zlariga ko'ra, ushbu chellenjni boshlaguniga qadar avvalari bo'lgan yurak muammolari yil davomida uni bezovta qilmagan. Zaldagi kuch to'plovchi mashqlarni qilish orqali Xelok chidamliroq bo'lganini aytib berdi. 

Yana u noto'g'ri ovqatlanish, spirtli ichimliklar va tamaki mahsulotlardan qutulganini ham qo'shimcha qilib o'tdi. 


"Bu avtomatik holda yuz bera boshladi", - deydi Sidibe Xelok.

Eng muhimi — mazkur "365 kun yugurish" chellenji orqali aqlbovar qilmaydigan irodaga ega bo'ldi. Ob-havo, o'zini bezovta qiluvchi omillar va "qulay zona"dan chiqish orqali kuchli ruhiyatni o'zida tarbiyalay olgani malum bo'ldi. 


Bu haqda undan endi boshlamoqchi bo'lgan yangilar so'rashganida, Xelok dastlabki 30 kunda rosmana qiyin bo'lishi va shundan so'ng odatiy holga aylanishi, bu narsa zavq bera boshlashini aytgan. 


   

Siz qanday qiyinchiliklarga duch kelgansiz? Ularni engib o'ta olganmisiz?


Nodir Abdurasulov tarjima qildi

Reyting: +24   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика