005 agent. Mudrik "CHelsi"da hali hech nima qilgani yo'q
19 fev 2023 12:34
Yangiliklar


005 agent. Mudrik "CHelsi"da hali hech nima qilgani yo'q
"CHelsi" futbolchisi Mixail Mudrik jamoadagi 5 o'yinida samarali harakat amalga oshirgani yo'q.
Undan tashqari 22 yoshli ukrainalik ushbu bahslarda darvoza tomon birorta aniq zarba ham bermadi. Kecha "Sautgempton"ga qarshi o'yinning 64-daqiqasida o'yinga qo'shilgan futbolchi bunga qadar 3 o'yinni asosiy tarkibda boshlagandi.
SHu davr mobaynida u bir marta darvozaga noaniq zarba berdi, 7 pasning 3tasida aniq o'ynadi, to'pni raqibidan olib qo'ymadi va hali raqiblarini aldab o'tgani yo'q.
Eslatib o'tamiz, "CHelsi" futbolchini 70+30 mln evro evaziga sotib olgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar