So’nggi yangiliklar

16:02"Реал" ярим ҳимоячиси Алонсо билан келишмовчилик сабаб клубдан кетиши мумкин  4 15:25"Ливерпуль" Конате билан янги шартнома бўйича келишувга эриша олмаяпти, футболчига "Реал" қизиқиш билдирмоқда  1 14:55Левандовски 2026 йилнинг ёзида Саудия Арабистонига ўтиши мумкин  6 14:30Вирцнинг "Ливерпул"га мега трансфери! Нима учун инглизлар шунча пулдан воз кечишга қарор қилишди?  1 14:20ОКМК 6 йилдан буён Намангандан ғалабасиз қайтмоқда. Лушчан ва Қосимов дуэлида ким ғолиб чиқади?  6 13:58"Ал Иттиҳод" Погба учун курашга киришди  4 13:37Учрашувнинг сўнгги қисми жанжалга айланиб кетган "Нефтчи" - "Бухоро" баҳсидан ГАЛEРEЯ  3 12:25"Интер" Маркус Рэшфордни нишонга олди  3 11:47А Серия клуби Антони билан шартнома имзолашга уринди. Аммо, у Испанияга қайтишни хоҳламоқда  1 11:20"Манчестер Сити" ўйинчиси янги клуби билан келишувга эришди  1 10:51Поль Погба “Монако“га ўтмайди. Унинг режалари ўзгарди  4 10:23“Арсенал“ Испания терма жамоаси аъзоси билан келишувга эришди (Фабрицио Романо)  2 09:55Элдор Шомуродовга Франциядан ҳам таклиф бор  24 09:27“Манчестер Сити“ Ҳусановни Франция клубига ижарага беришни истамади  20 08:58Расман. Аббосбек Файзуллаев жамоасига янги бош мураббий тайинланди  0

Vohid Zokirov: Bunyodkor stadioni yangi mavsumga tayyor Yangiliklar

Vohid Zokirov: Bunyodkor stadioni yangi mavsumga tayyor

17 fevral kuni Toshkentda yurtimizdagi dastlabki rasmiy o'yin o'tkaziladi.
Bunyodkor Osiyo CHempionlar ligasi pley-offida BAAning Al-Jazira klubini qabul qiladi. Bunyodkor stadioni direktori Vohid Farhodovich Zokirovga bir nechta savollar bilan murojaat qildik.

- Vohid Farhodovich, ko'plab muxlislarga maydon holati qiziq? OCHL o'yiniga tayyorgarlik qanday?
- Muxlislar xotirjam bo'lishlari mumkin, maydon o'yinga to'la tayyor. O'tgan yil oxirida maydonga urug' sepganmiz. Istitish tizimi va boshqa jihozlar yordamida chimni kerakli darajaga keltirdik. SHu bois maydon xalqaro talablarga to'la javob beradi.

- 12-17 fevral oralig'ida poytaxtda yog'ingarchiliklar kuzatilishi taxmin qilinmoqda. Bu maydon sifatiga tasir qilmaydimi?
- Drenaj tizimi, nasoslar va boshqa jihozlar bizga har qanday ob-havoda o'yinni o'tkazish imkonini beradi. Testlar vaqtida maydon barchasiga chidab berdi.

- Qizig'i Osiyo chempionlar ligasi doirasida ushbu stadionda umuman gol urilmagan. Bunga sabab qilib maydonning o'sha vaqtdagi holatini ko'rsatishgan. Nima deb o'ylaysiz 17 fevralda bu anana buzilarmikin?
- Gollarni ko'rishni istayotgan muxlislarni to'g'ri tushunaman. Biz ham samarador futbol tarafdorimiz. Bu ko'p jihatdan futbolchilarning mahoratiga bog'liq. Biz murabbiy va futbochlilar fikrlari bilan qiziqqandik. Ularning aytishicha bu maydonda tezkor futbol o'ynash va gollar urish mumkin. 17 fevralda gollar Bunyodkor raqibi darvozasidan o'rin olishini istaymiz.

- O'yin uchun chiqarilgan chipta narxlari malummi?
- CHiptalar oddiy sektorlar uchun 13 ming so'm, CIP sektori uchun 30 ming so'mdan sotilmoqda.

- Muxlislarga stadionda qanday qulayliklar yaratiladi? Tashrifchilarga stadion hududida qanday xizmatlar taklif qilinadi?
- Fevralda ob-havodan xavotir olish tabiiy hol. Stadionga kelgan muxlislar har qanday ob-havo sharoitida bemalol o'yinni kuzatishlar mumkin. Stadion tomi ularni yog'ingarchilikdan saqlaydi. Kompleks hududida tamaddixonalar bor. Ularning soni tomoshabinlarga tez va qulay tarzda ovqatlanish imkonini yaratadi.

- Tomoshabinlar savol bilan murojaat qilishmoqda: videotabloda o'yinning xavfli vaziyatlari takroran namoyish etiladimi?
- Bu erda hech qanday yordam bera olmaymiz. OCHL reglamentiga ko'ra stadion videotablosida xavfli vaziyatlarning takroriy lavhalarini namoyish etish mumkin emas. O'yindan oldin va tanaffus vaqtida Bunyodkorning oldingi o'yinlarda urgan gollarini namoyish etamiz.

- SHaxsan siz "Bunyodkor" - "Al-Jazira" uchrashuvidan nimalar kutayapsiz?
- Tajribali futbolchilar ishtirokidagi chiroyli, qiziqarli o'yin guvohiga aylanmoqchiman. SHuningdek, yigitlarimiz arab jamoasini mag'lub etishlarini istayman.

- Yangi mavsum oldidan muxlislar tilaklaringiz…
- Futbol muxlislariga mavsum davomida qiziqarli o'yinlardan maroq olishlarini tilayman. Tomoshabinlar stadionlar tribunalarini to'ldirib o'z seviklilarini qo'llab-quvvatlashsin. Biz esa ularga barcha sharoitlarni yaratib berishga harakat qilamiz. Yangi mavsumda o'zbekistonlik futbolchilarga omad!

Omonboy To'xtamirzaev suhbatlashdi

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика