So’nggi yangiliklar

21:20"Айнтрахт" "Нюкасл"нинг Экитике бўйича берган катта суммали таклифини рад этди  0 21:08Туғилган кундаги машғулот: U-23 терма жамоаси йиғинларни бошлади  0 20:35"Навбаҳор"га ФИФА тақиқи қўйилган. Клуб айни дамда янги футболчиларни рўйхатдан ўтказа олмайди  7 20:05"Манчестер Юнайтед" "Лион" ярим ҳимоячисини сотиб олмоқчи  1 19:38"Ливерпуль" Исакни қўлга киритиш йўлидаги ҳаракатини тўхтатмаяпти  9 19:10Туанзебе "Манчестер Юнайтед"ни судга берди  0 18:42"Милан" таркибни швейцариялик ҳужумни билан тўлдирмоқчи   0 18:15Каррерас: "Реал"ни бола сифатида тарк этиб, эркак бўлиб қайтдим"  4 17:49Сардор Рашидов катта футболга қайтди  20 17:40Аббос Файзуллаев Туркияга йўл олишга яқин   14 17:23"Мальорка" "Барселона"дан ярим ҳимоячи сотиб олди  2 16:56"Бунёдкор" ҳужумчиси жамоани тарк этди  9 16:35"Реал" футболчиси Вальверде жаҳон рекордини ўрнатди  4 16:07Расман: "Брентфорд" "Ливерпуль" собиқ аъзосини бепул қўлга киритди  1 15:40Тер Штеген уни асосий дарвозабон сифатида кўрмайдиган Фликдан хафа  3

Vladimir Safarov 80 yoshda! Yangiliklar

Vladimir Safarov 80 yoshda!

Bugun o'zbek futboli jurnalistikasi va tarixida katta iz qoldirib bo'lgan Vladimir Safarov 80 yoshni qarshi olmoqda.

Vladimir Ashotovich Safarov - O'zbekiston futboli tarixchisi va "Paxtakor"ga oid barcha muhim voqealarini qayd etib boruvchi inson.

U jazmen, jurnalist, yozuvchi va o'zbek futboli tarixchisi sifatida mashhur inson sanaladi. U tashkil etgan "Arcax" jaz guruhi O'zbekistondagi arman madaniy markazi nomidan xalqaro festivallarda qatnashadi. Turli mamlakatlardagi OAVda uch mingdan ortiq maqolalari chop etilgan, O'zbekiston futboli tarixi va statistikasiga oid o'ttizga yaqin kitoblar muallifi hisoblanadi. SHuningdek, bir qator mashhur futbolchilar va futbol klublari haqida kitoblar yozgan.

Vladimir Ashotovich o'zi to'plagan statistik malumotlarni "Rossiya futbolining yuz yilligi" va "Futbol sayyorasi" kitoblari yaratilish uchun taqdim etgan. Estoniyada chop etilgan "Mustaqil davlatlar futboli", Ukraina-Rossiyada omma etiboriga havola qilingan "Statistika to'plami" kitoblari uchun O'zbekiston futboli statistikalarini yig'ib bergan. 2000 yil O'FF tomonidan yilning eng yaxshi jurnalisti sifatida tan olingan. "O'zbek futboli enciklopediyasi" ham aynan Safarov tomonidan yaratilganini takidlab o'tamiz.

Vladimir Ashotovichning kitoblari orasida eng mashhurlari quyidagilardir:

«Paxtakor. Unutib bo'lmas uchrashuvlar...» (1990), «Paxtakor. 40 yilga cho'zilgan o'yin» (1995), «Aka-uka An futboli» (2002), «Xotira qanotlari. "Paxtakor-79" aviahalokati hujjatli xronikasi» (2004), «O'zbek futboli afsonasi: Birodar Abduraimov» (2009), «Hamid Rahmatullaev – o'zbek Pelesi» (2011), «Bahodir Ibrohimov: Futbolga baxshida umr» (2013), «Igor SHkvirin. Hujumchi odisseyasi» (2014), «Rahim Mo'minov. Futbolga baxshida umr» (2015).

Unga mustahkam sog'liq va ijodiy muvaffaqiyatlar tilaymiz. Tug'ilgan kun muborak, Vladimir Ashotovich!


Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика