So’nggi yangiliklar

14:55МЮ Эдерсон бўйича музокаралар олиб бормоқда  0 14:28"Тоттенхэм", "Ньюкасл" ва "Наполи" Грилишга даъвогар  0 14:02U-16 халқаро турнири. Ўзбекистон бу гал Японияга имкониятни бой берди  8 13:33Луис Диас "Бавария"га ўтиш арафасида: клублар музокараларга киришмоқда  4 13:06"Спортинг" Гёкерешни Суарес билан алмаштирмоқчи  2 12:39Файзуллаевнинг мураббийи: "Аббос ўзи учун тўғри қарор қабул қилади"  2 12:18Марко Верратти Қатарда жамоасини ўзгартирди  1 11:50"Комо" таркибни кучайтиришда давом этади. А Серия клуби "Селтик" юлдузини 19 млн еврога сотиб олмоқчи  4 10:50Ўзбекистон МТЖ аъзосига Туркия клуби қизиқиш билдирмоқда  4 10:24Мусиала операция қилинди  8 09:53“Навбаҳор“ футболчиси ОКМКга ўтди  4 09:22“Пахтакор“ вингери фаолиятини “Андижон“да давом эттиради  9 08:51Ўзбекистон U-16 терма жамоаси Японияга қарши баҳс олиб боради  6 08:20“Пахтакор“ Муҳаммадали Ўринбоевнинг трансферидан қанча ишлаб олди?  10 08:00Суперлига-2025. “Нефтчи” - “Хоразм” 2:0  0

Viktor Jalilov bilan Amet Memet Andijonda ish boshladi Yangiliklar

Viktor Jalilov bilan Amet Memet Andijonda ish boshladi

Joriy mavsum Superliga yo'llanmasini qo'lga kiritgan Andijon jamoasi bo'lajak chempionatga har tomonlama puxta hozirlik ko'rishga intilmoqda.

Jamoa rahbariyati murabbiylar shtabiga tajribali mutaxassislarni jalb etishga qaror qildi. Xususan mamlakatimizdagi taniqli futbol mutaxassislaridan biri bo'lgan Jalilov Viktor Romanovich «Andijon» futbol klubida sport direktori sifatida faoliyatini boshladi.

O'z vaqtida murabbiy sifatida «Navbahor», «Mashal», «Paxtakor» singari mamlakatimizning nomdor jamoalarini boshqarib, sezilarli yutuqlarni qo'lga kiritgan Viktor Romanovich endilikda «Andijon» jamoasining ravnaqi yo'lida astoydil mexnat qilish uchun bel bog'ladi. Jalilov hozirda bosh murabbiy Ildar Sakaevga selekciya ishlari bo'yicha keng ko'lamda yordam berayotganini aytish lozim.



SHuningdek bosh murabbiyga yangi mavsumda yana bir taniqli mutaxassis Amet Memet yaqindan yordam beradigan bo'ldi. O'z vaqtida malum muddat bosh murabbiy sifatida  «Andijon»ni boshqargan Amet Abdullaevich endilikda katta murabbiy lavozimida faoliyat yuritadigan bo'ldi. Bir necha yillardan buyon, Ukrainada istiqomat qilib kelayotgan Memet hozirda «Andijon»ga yuqori saviyadagi legionerlarni jalb etish yuzasidan ish olib borayotganini takidlash lozim. Tez kunlarda Amet Memet Andijonga tashrif buyuradi.

Malumot uchun «burgutlar» dekabr oyidagi o'quv-yig'in mashg'ulotlarini o'z qarorgohida olib boradi. Jamoaning yangi mavsumga tayyorgarlik rejasi haqida keyinroq batafsil malumot beramiz.



Reyting: +37   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика