So’nggi yangiliklar

14:10Испания ЖЧ-2026дан воз кечишга тайёр — сабаб Исроил  3 13:42ФИФА рейтинги янгиланди: Ўзбекистон бир поғона юқорилади  3 13:26Максим Шацких: "Биз сафарда Туркманистон терма жамоасига қарши ўйнадик, буни унутмаслик керак"  6 12:54УЕФА Англия клубини мухлислар баннери туфайли жазолади  2 12:20МЮ Аморимнинг ўрнига бошқа мураббий излаётгани ҳақидаги хабарлар рад этилди  1 11:50Жозе Моуринью: "Бенфика"дан таклиф бўлганида бир сония ҳам иккиланмадим"  1 11:25Сон Хён Мин "Реал" билан ўйинда хет-трик қайд этди  10 10:45Ўзбекистон U-16 терма жамоаси бугун Черногория билан ўйнайди   6 10:05Мареска "Бавария" билан ўйиндаги ҳакамликни танқид қилди  12 09:40Рустам Турдимуродов: "Сурхон" ҳеч қайси жамоадан кам эмаслигини исботлаймиз"   2 09:20Here we go! Жозе Моуринью "Бенфика" таклифини қабул қилди  7 08:50Нодирбек Абдураззоқов: "Ҳамма ўз хатосини билади"   1 08:20Суперлига. "Пахтакор" сўнгги бор Ғузорда қачон ғалаба қозонган?  5 07:55Факт. "Машъал" бугун тарихий натижа қайд этиши мумкин  1 07:25Суперлига. Бугун 22-турга старт берилади   0

Usmonali Usmonaliev kechagi qizil kartochkaga munosabat bildirdi Yangiliklar

Usmonali Usmonaliev kechagi qizil kartochkaga munosabat bildirdi

Superliganing 2-turidan o'rin olgan “Andijon” - “Bunyodkor” uchrashuvida qizil kartochka olgan Usmonali Usmonaliev vaziyatga oydinlik kiritdi.

- Muhammadkarim bilan yoshlikdan katta bo'lganmiz, uch yil bitta jamoada to'p surdik. Og'ir kunlarimizda bir-birimizni qo'lladik, yonma-yon bo'ldik. Oilaviy bordi-keldimiz bor. Qisqasi, u bilan aka-ukadek yaqinmiz, qalinmiz. Uchrashuvdan avval ham Toirov bilan ancha suhbatlashdik, hazillashdik.

Golimiz VARda tekshirilayotganda Muhammadkarim bilan hazillashdik. Boshqa jiddiy gap yo'q. Vaziyatni chuqurlashtirish, muammo izlash, vahima ko'tarish shart emas. Agar o'sha hazilim uchun qizil kartochka ko'rsatilishini bilganimda Muhammadkarimni oldiga umuman yaqinlashmasdim. Xo'p, men chetlatildim, vaziyatni qo'rqinchli qilib ko'rsatish, Toirovni yiqitib, uni yotgan joyida tepish shart emas. Hakam cho'ntagidan kartochka chiqardi, fikridan qaytmaydi. Hazillashganim uchun qoidaga amal qilishdi, chetlatishdi, insoniylik ikkinchi “planga” tushdi, etiroz yo'q, ammo yana qaytaraman, vaziyatni vahimali ko'rsatishga harakat qilish noto'g'ri.

Toirov o'sha vaqtda hakamga qizil kartochka ko'rsatmang demoqchi edi, ulgurmay qoldi, chunki uni yiqitishdi. Buning uchun o'zi mendan uzr so'radi. Aslida meni xafa qilgani boshqa narsa, hisob tenglashguniga qadar o'yindagi ustunlik biz tomonga o'tayotgan edi, maydondan chetlatilganimdan so'ng hammasi o'zgarib ketdi. SHunisi alam qildi. CHetlatilganimdan so'ng kiyim almashtirish xonasiga yo'l oldim, tanaffusga qadar o'yin biz uchun teskari ko'rinish oldi. SHundan keyin chetlatilganim jiddiy tarzda alam qildi. O'zimni hammasiga aybdorlik hissi qamrab oldi. Ehtiyotsizligim uchun muxlislar va murabbiylar shtabidan uzr so'rayman!

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика