Uche Brian Nvadike: "O'zbekiston avvalgidan kuchliroq"
26 iyu 12:51
Yangiliklar


Uche Brian Nvadike: "O'zbekiston avvalgidan kuchliroq"
Mirabror Usmonov xotira turniri doirasida Saudiya Arabistoni U-23 hamda Yaponiya U-23 (1:5) uchrashuvidan so'ng yaponiyaliklar hujumchisi Uche Brian Nvadike o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"O'yindan avval unchalik yaxshi holatda emas edim. Birinchi bo'lib gol urib, jamoaga yordam bera olganim yaxshi bo'ldi deb o'ylayman. Keyin esa jamoadoshlarim hisobni ishonchli ko'rinishga keltirdi.
Endi O'zbekistonga qarshi o'yinga tayyorgarlik ko'ramiz. Bo'lajak raqib yuqori shiddatga ega jamoa hisoblanadi. Ular avvalgidan ham kuchliroq va ancha yuqori darajaga ega", dedi Uche.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston va Yaponiya o'rtasidagi uchrashuv 28 iyul kuni bo'lib o'tadi.
Oqil Abdubarnoev suhbatlashdi.
O’xshash yangiliklar
11:55
Muhannad Al Yahyo: "O'z maydonimizda U-23 Osiyo kubogi bosh sovrinini qo'lga kiritishni xohlaymiz" 0

Fikrlar