So’nggi yangiliklar

19:00Ўртоқлик ўйини. "Милан" Гонконгда "Ливерпул"ни мағлуб этди  0 18:40"Реал" "Арсенал" билан учрашув учун делегация тайёрламоқда  1 18:15Ўзбекистон U-17 терма жамоасининг "Чертаново"га қарши ўйин учун таркиби маълум  4 17:55Тодоров Тошкентнинг бошқа клубига ўтди  0 17:31Иккинчи даврадан водийдаги ўйинлар ПФЛ сотиб олган янги камераларда трансляция қилинади  5 17:07Отабек Шукуров: "Персеполис" менга таклиф билан чиқди, лекин..."  3 16:42"Андижон" нигериялик ҳужумчи билан шартнома имзолади  15 16:20Ўзбекистон U-18 селекция йиғини учун футболчиларнинг иккинчи қисмини танлаб олди  0 15:53"Қўқон-1912" ва "Нефтчи"да ҳам қарздорлик бор  8 15:29Аброр Исмоиловнинг агенти "Навбаҳор" устидан ОФКга арз қилди  18 14:53Шаҳзод Азмиддинов иккинчи даврани "Андижон"да бошлайди  6 14:48Иккинчи давра стартига бир ҳафта қолди  2 14:34"Интер" ҳужумчи учун 45 млн евро таклиф қилди  0 14:11Шусуке Фуруя: "Саудияга қарши ўйин мен учун биринчиси эди. Ўзбекистонликлар паслар орқали ўйинни яхши назорат қиладиган жамоа"  0 13:53Расман: Кожо Ўзбекистонга қайтди  5

Temurxo'ja Abduxoliqov - Turkiyadagi yig'in, Superkubok va yangi mavsum haqida Yangiliklar

Temurxo'ja Abduxoliqov - Turkiyadagi yig'in, Superkubok va yangi mavsum haqida

Kuni kecha "Lokomotiv" klubi Turkiyadagi yig'inni yakunlab yurtimizga qaytib keldi.

Biz ushbu yig'inda qatnashgan jamoa hujumchisi Temurxo'ja Abduxoliqov bilan qisqa suhbat qurdik.

- Turkiyadagi yig'in qanday o'tdi?
- Bir qator kuchli klublarga qarshi nazorat uchrashuvlarini o'tkazdik. Murabbiylar bergan barcha topshiriqlarni bajarishga harakat qildik. Barcha rejalar amalga oshirildi. Qanchalik tayyor ekanligimizni mavsum davomida bilib olamiz.



- Yangi kelgan futbolchilar jamoaga moslashib ketishdimi?

- Moslashish jarayoni davom etmoqda. Buning natijasini birinchi rasmiy o'yinda ko'ramiz.

- 23 fevral kuni O'zbekiston Superkubogi uchun bahsda AGMK bilan o'ynaysizlar...

- Bu uchrashuv oson bo'lmaydi. Lekin Superkubokni qo'lga kiritish uchun bor kuchimiz bilan harakat qilamiz.

- Marat Bikmaev "Lokomotiv"ni tark etdi. Endi hujumda sizga ko'proq "yuk" tushishi kutilmoqa. Bunga tayyormisiz?

- 2016 yilgi mavsumda jamoaning asosiy hujumchisi bo'lgandim va chempionat to'purari bo'lgandim. Buni yana takrorlashga harakat qilaman.



- Yangi mavsumdan nimalar kutayapsiz?

- Hali mavsum qachon boshlanishini bilmaymiz. SHunga juda ham qiziq bo'lsa kerak deb o'ylayapman. Boshlanishi qiziq bo'layapti, endi davomi ham qiziq bo'lsa kerak.

Malumot uchun, "Lokomotiv" Turkiyadagi yig'in davomida "Dinamo" (Moskva, Rossiya) 1:1, "Astana" (Qozog'iston) 1:1, "Zarya" (Ukraina) 0:1 va "Olimpiya" (Sloveniya) 1:1 klublari bilan nazorat uchrashuvlari o'tkazdi.



Narzulla Saydullaev suhbatlashdi

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика