So’nggi yangiliklar

08:05“Сўғдиёна“ икки нафар легионери билан хайрлашди  0 07:37“Реал Мадрид“ самолёти бўрон туфайли Нюаркка аэропортига узоқ вақт қўнолмади  1 02:04"Челси" клублар ўртасидаги жаҳон чемпионати финалида!  21 00:55Карло Анчелоттининг ўғли Бразилия клуби бош мураббийи бўлди  7 00:35Уэсли Фофана "Челси"да қолади  1 00:05"Тоттенхэм" Япония миллий терма жамоаси ҳимоячисининг трансферини эълон қилди  1 23:34"Милан" ва А Сериясининг бошқа етакчи клублари Хейлундга қизиқиб қолишди  0 23:05Жота билан собир бўлган ҳалокатнинг сабаблари бўйича экспертиза хулосаси маълум бўлди  13 22:40"Реал" "Бенфика" ҳимоячиси билан келишиб олди, клубни рози қилиш қолди  3 22:15"Рома" янги мавсум учун уй либосини тақдим этди  2 21:45ПСЖнинг икки футболчиси учун Клублар ўртасидаги ЖЧ якунланди. Хайсен эса...  13 21:25Расман: "Банияс" Акмал Мозговойни ўз футболчиси сифатида таништирди  8 21:00Championat.asia ҳамда Transfermarkt Ўзбекистон Суперлигасининг ўтган ойдаги энг яхши мураббийи ва футболчисини аниқлади  5 20:22Тиаго Силва: "Челси" ва ПСЖдан чексиз миннатдорман"  12 19:52"Арсенал" Евро ярим финалчиси трансферини ҳал этди  5

Spiegel sirlarni ochishda davom etmoqda Yangiliklar

Spiegel sirlarni ochishda davom etmoqda

Teglar :  FIFA
Germaniyaning Spiegel nashri Football Leaks taqdim etgan hujjatlar asosida futbol olamining sirlarini ochib berishda davom etyapti.

Malumotlarga ko'ra, FIFA intizom qo'mitasi rahbari Mariya Klaudia Roxas JCH-2018 oldidan doping bo'yicha yurist va ekspert hisoblangan Richard Maklaren mustaqil antidoping tekshiruvi o'tkazishga halaqit bergan.

2017 yilning avgustida Makleren FIFAning Cyurixdagi shtab kvartirasida Roxas bilan uchrashmoqchi edi. U Rossiya sportidagi doping ishi bo'yicha tekshiruvlar borasida yangi malumotlarni muhokama qilmoqchi bo'lgan. Uchrashuvga bir necha kun qolganida Roxas Cyurixga bora olmasligini malum qildi.

2017 yilning sentyabrida Roxas Maklarenga elektron xat yuboradi va unga FIFAda ish taklif qiladi. SHu bilan birga Roxas Maklarendan hamkorlikning aniq rejalarini taqdim etishni so'raydi. Maklaren rozi bo'ladi va oy oxirida rossiyalik sportchilardan yangi doping analizlarini olishini aytadi.

29 sentyabrda kanadalik ekspert yig'ilgan materiallar bilan xat yuboradi. Yozishmalar 2018 yilning yanvarigacha davom etadi. Keyinroq FIFA vakili VADAdan mustaqil antidoping tekshiruvini o'tkaza oladigan tashkilotni tavsiya qilishni so'raydi. SHundan so'ng Maklaren Roxasdan nimalar bo'layotganini so'radi. Roxas esa endi ish bilan intizom qo'mitasi emas, FIFAning antidoping bo'limi shug'ullanishini malum qildi.

Bir muddat o'tib FIFA Maklarenning tekshiruvlariga katta mablag' ketishi va shu sababli mustaqil tekshiruvchilar kerak emasligini malum qildi. SHunday qilib, Roxas Rossiyadagi JCH oldidan mustaqil tekshiruvning oldidan oldi.

"Muzokaralarimiz nega cho'zilib ketganini endi tushundim. Sahna ortida bir nimalar bo'lgan ekan. Ular umuman tekshiruv o'tkazishni istamagan ekan" - deydi Maklaren.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика