Spalletti Nainggolanni o'yindan kim chetlatganini aytdi
25 dek 2018 20:04
Yangiliklar


Spalletti Nainggolanni o'yindan kim chetlatganini aytdi
"Inter" bosh murabbiyi Luchano Spalletti yarim himoyachi Raja Nainggolanning klub tomonidan o'yinlardan chetlatilgani haqida gapirdi.
"Nainggolan "Napoli"ga qarshi o'yinda ishtirok etmasligidan achinyapman. Qoidalar o'yin kabi muhim emas, albatta. Raja faqatgina "Napoli"ga qarshi bahsda ishtirok etmaydi. Bu klub prezidentining qarori", - dedi Spalletti.
Belgiyalik futbolchi mashg'ulotlarga doimiy tarzda kechikkani uchun "Napoli"ga qarshi bahsni jazo sifatida o'tkazib yuboradi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar