Shusuke Furuya: "Saudiyaga qarshi o'yin men uchun birinchisi edi. O'zbekistonliklar paslar orqali o'yinni yaxshi nazorat qiladigan jamoa"
26 iyu 14:11
Yangiliklar


Shusuke Furuya: "Saudiyaga qarshi o'yin men uchun birinchisi edi. O'zbekistonliklar paslar orqali o'yinni yaxshi nazorat qiladigan jamoa"
"O'zgacha hayrat og'ushidaman. Sababi bugungi o'yin men uchun birinchisi edi, shuning uchun biroz asabiylashdim va o'yinim o'zim kutgandek bo'lmadi. Ammo tanaffusdan so'ng ikkinchi bo'limda o'z suratimni topib, ko'plab yaxshi vaziyatlar yarata oldim deb o'ylayman. Oldinda yana bir o'yin bor, shu bois, jamoaga ko'proq moslashib, dadilroq harakat qilishni xohlardim.
Keyingi o'yin O'zbekistonga qarshi bo'ladi. O'zbekistonliklar paslar orqali o'yinni yaxshi nazorat qiladigan jamoa hisoblanadi, shuning uchun biz pressing qilishimiz, shu bilan birga mustahkam himoyalanishimiz kerak. Qolaversa, to'pni yo'qotmasligimiz muhim ahamiyatga ega. Keyingi ikki kun davomida kuchli mehnat qilish va yaxshilab tayyorgarlik ko'rishimiz kerak", dedi Furuya.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston va Yaponiya o'rtasidagi uchrashuv 28 iyul kuni bo'lib o'tadi.
Oqil Abdubarnoev suhbatlashdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar