So’nggi yangiliklar

19:45Моуринью: "Португалияга қайтаман. Фаолиятим охирида эмас, чўққисида"  0 19:23Алишер Одилов "Навбаҳор" ва унинг мухлислари билан хайрлашди. Унинг кейинги жамоаси маълум  6 19:05Расман: Одил Ҳамробеков Эроннинг амалдаги чемпиони сафини тўлдирди  2 19:00Кападзе, Лёв, Билич – кимнинг ўйин услуби Ўзбекистонга мосроқ?  4 18:40ЖЧда муносиб иштирок этиш учун мураббийлар штаби таркибини такомиллаштириш мақсад қилинган — ЎФА  4 18:27"Комо" "Манчестер Сити" футболчисни сотиб олди  0 17:59Альканатара "Барселона" мураббийлар штабига қайтмоқда  0 17:30МЮ яқин орада янги базасини очади. Унда сартарошхона ҳам бўлади  1 17:02Манба: Мбеумо МЮга ўтди  2 16:40"Реал" собиқ ҳимоячиси фаолиятини "Ювентус"да давом эттириши мумкин  1 16:36"Персеполис" Шукуров вариантини танламади, бунинг сабаби маълум қилинди  4 16:08Тен Ҳаг: "Антони ҳали ҳам мен учун ўғлимдек, аммо у "Байер"га қизиқ эмас"  0 15:37Ямалнинг отаси ўғлини танқид қилувчилар ҳақида: "Одамлар бошқаларга қарайди, кейин ҳасаддан ўлади. Бу уларнинг муаммоси".  6 15:08Обамеянг "Ал Қодисия"ни тарк этди ва Европага қайтиши мумкин  2 14:40Терма жамоага хорижлик мураббий керакми?  102

Sabr qilamiz, atigi ikkita o'yin qoldi (Terma jamoa tarkibiga munosabat) Yangiliklar

Sabr qilamiz, atigi ikkita o'yin qoldi (Terma jamoa tarkibiga munosabat)

Bugun Samvel Babayan O'zbekiston milliy terma jamoasi tarkibini elon qildi.

Kengaytirilgan tarkibdan jami 27 futbolchi o'rin olgan. Bu futbolchilarda uchta o'yinda tushish imkoniyati bo'ladi: 25 avgust Qirg'iziston (o'rtoqlik), 31 avgust Xitoy (rasmiy) va 5 sentyabrda Janubiy Koreya (rasmiy). 

Qirg'iziston bilan kechadigan bahs jahon chempionati saralash bosqichining hal qiluvchi ikkita o'yinidan oldin o'ziga xos tayyorgarlik vazifasini o'tab beradi. Xuddi Eronga qarshi o'yindan oldin Tailand bilan o'ynaganimiz kabi bu safar Qirg'izistonni sinovdan o'tkazamiz. 

Aslida Tailand ham, Qirg'iziston ham futbolda bizning darajamizdagi raqiblar emas. Tailand saralashda oxirgi o'rinda boryapti, Qirg'iziston esa bizga qarshi uchrashuv orqali o'z maydonida 5 sentyabr kuni bo'ladigan Myanmar bilan o'yinga tayyorgarlik ko'rib oladi. 

Maqsad - oliy: jahon chempionatiga chiqish, lekin shu maqsad yo'lida olib borilayotgan ishlar tahsinga sazovor emas. Kuchsiz raqiblar orqali kuchli o'yinlarga tayyorgarlik ko'ryapmiz. Bu oyda faqat biz o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazamiz. Xitoy ham, Janubiy Koreya ham to'g'ridan-to'g'ri rasmiy bahslarda maydonga tushishadi. 

Iyul oyida Turkiyada o'tkazilgan bir haftalik yig'in nima berdi? Bu borada xulosa qilindimi? Qirg'iziston bilan o'yin nima beradi? Bu o'yingacha hamma futbolchilar terma jamoa ixtiyoriga etib kela oladimi? Masalan, Rossiyada 26-27 avgust kunlari tur o'yinlari o'tkaziladi va katta ehtimol bilan futbolchilarimiz 28 avgustda terma ixtiyoriga etib kelishadi. Demak, ular Qirg'izistonga qarshi bahsni o'tkazib yuborishadi. 

Terma jamoaga chaqirilgan futbolchilar to'g'risida nima deyish mumkin? Avvalo shuni aytish kerak, 27 futbolchidan 16 nafari mahalliy o'yinchilar va 11ta legioner. Eng ko'p futbolchi "Paxtakor"dan taklif etilgan - oltita (Aleksandr Lobanov, Davron Hoshimov, Vladimir Kozak, Jamshid Iskanderov, SHerzod Azamov, Igor Sergeev). Keyingi o'rinda "Loko" - beshta (Ignatiy Nesterov, Islom To'xtaxo'jaev, Sardor Mirzaev, Jaloliddin Masharipov, Marat Bikmaev). "Nasaf"dan uch nafar futbolchi (Farrux Sayfiev, Akmal SHorahmedov, Aziz G'aniev) chaqirilgan bo'lsa, "Bunyodkor" (Otabek SHukurov) va "Qo'qon-1912"dan (Nikita Ribkin) bittadan o'yinchi chaqiruv olgan.

Qolgan futbolchilar legionerlar. Bular - Vitaliy Denisov, Anzur Ismolilov, Egor Krimec, Sardor Rashidov, Fozil Musaev, Server Jeparov, Odil Ahmedov, Aziz Haydarov, Aleksandr Geynrix, Eldor SHomurodov va Temurxo'ja Abduxoliqov. 

Albatta, terma jamoaga kimni chaqirish avvalo bosh murabbiyning ishi, chunki natijaga u javob beradi. SHu bois falonchi nimaga chaqirilmadi, pistonchi nimani qoyillatibdiki termaga taklif etildi kabi gaplar ortiqcha. Bu bilan nimadir o'zgarib qolmaydi. O'zi ikkita o'yin qoldi, shuni o'tkazib olaylik, keyin bir gap bo'lar. YO jahon chempionatiga chiqamiz yo yana to'rt yil kutamiz. Hozirgi kunda eng yaxshi yo'l sabr qilib voqealar rivojini kuzatish. 

X.Xoliqov


Reyting: -47   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика