"Real" "Benfika" futbolchisining transferi borasida kelishuvga erishdi
11 iyu 20:18
Yangiliklar


"Real" "Benfika" futbolchisining transferi borasida kelishuvga erishdi
"Benfika" himoyachisi Alvaro Karreras "Real"ga o'tishga yaqin turibdi, deya xabar berdi jurnalist Fabricio Romano.
Manba malumotiga qaraganda, tomonlar 22 yoshli ispaniyalikning 50 million evro evaziga Madrid klubiga o'tishini kelishib olgan. Transfer bir necha bosqichda to'lanadi.
Agar Karrerasga bo'lgan huquqlarning bir qismiga ega bo'lgan "Manchester Yunayted" himoyachi bilan shartnoma imzolamasa, futbolchi "Real" bilan bitim imzolaydi.
Karreras o'tgan mavsum 52 ta o'yinda qatnashib, 4 ta gol urdi va 5 ta golli pas uzatdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar