So’nggi yangiliklar

01:12Суперлига-2025. Биринчи давранинг эсда қоларли лаҳзалари  0 00:45IBA раҳбари Кремлёв Смоловнинг жанжали ҳақида: "Футболчиларнинг интизоми билан боксчилар шуғулланиши керак"  0 00:26"Галатасарой" Осимхен учун 50+5 миллион евро таклиф қилди, "Наполи" кўпроқ сўраяпти  1 23:43Виталий Левченко: "Шартномам ноябрда якунига етади"  2 23:18Ҳаким Фузайлов: "Маҳаллий футболчилар Нарх ва Самиевлардан ёмон ўйнашмаяпти"  2 22:52Доннарумма агенти Нойернинг Мусиала жароҳати ҳақидаги сўзларига: "Мануэль 2014 йилда Игуаинни урганда ҳам, жароҳатланиш хавфини билиб турган"  2 22:26Шченсни "Барселона" билан янги битим имзолади  0 22:15Мбаппе судга берган аризасини қайтариб олди  4 22:00Суперлига. "Нефтчи" "Хоразм"ни мағлуб этди ва иккинчи ўринга чиқиб олди   37 21:07Акмал Мозговой БАА клубига ўтди  11 20:20Ўзбекистонлик ҳакамлар Президент кубоги (Индонезия) мусобақасида фаолият олиб боришади  1 19:47Анчелотти "Олтин тўп"га муносиб бўлган, лекин қўлга киритолмаган футболчи номини айтди  8 19:20"Антверпен" янги аъзоси Муҳаммадали Ўринбоев: "Ўзбекистонни янада танитишга ваъда бераман!"  27 18:49Расман: Муҳаммадали Ўринбоев – Бельгия клуби футболчиси!  15 18:35Доннарумма Мусиала туфайли психологга мурожаат қилди  2

Rasman: Futzal Olimpiya o'yinlariga kiritildi Yangiliklar

Rasman: Futzal Olimpiya o'yinlariga kiritildi

O'zbekiston milliy olimpiya qo'mitasi bergan malumotga ko'ra, 2026 yil 31 oktyabrdan 13 noyabrgacha Senegal poytaxti Dakar shahrida IV o'smirlar o'rtasidagi Yozgi Olimpiya o'yinlari bo'lib o'tadi.

Xalqaro olimpiya qo'mitasi tashkilotchilar tomonidan tavsiya etilgan sport turlarini ko'rib chiqdi va ro'yxatni tasdiqladi.  

O'zbekiston milliy olimpiya qo'mitasi Dakar-2026 Olimpiadasida suv sporti turlari, kamondan otish, engil atletika, badminton, basketbol, boks, sport raqsi, velosport, ot sporti, qilichbozlik, futzal, gimnastika, gandbol, dzyudo, eshkak eshish turlari, regbi, skeytbord, stol tennisi, taekvondo, triatlon, voleybol, sport kurashlari hamda ushu sport turlaridan qatnashishni rejalashtirgan. 

Futzal yo'nalishi bo'yicha XOQ ishtirok etish tamoyillariga muvofiq qatnashuvchi mamlakatlardan quyidagi mezonlarga rioya etishlarini so'ramoqda:

-  Ushbu yosh toifasida qita miqyosidagi yoki xalqaro turnirlarda ishtirok etgan bo'lishi;

-  FIFAning futzal bo'yicha reyting jadvalidan o'rin olgan bo'lishi;

-   Barcha sportchilarning fuqaroligi xalqaro federaciya hamda XOQ talablariga javob berishi kerak.

O'zbekiston futzal federasiyasi hamda Dilshod Rahmatov boshchiligidagi o'smirlar terma jamoasi Dakar-2026 Yozgi Olimpiya o'yinlariga tayyorgarlik rejasini ishlab chiqdi. Unga ko'ra o'smirlar o'quv-mashg'ulot yig'inlari o'tkazishi, shu yilning oktyabr oyida esa o'smirlar o'rtasida Bahraynda bo'lib o'tadigan Yozgi Osiyo o'yinlarida qatnashishi ko'zda tutilgan. Osiyo qitasi bo'yicha saralash musobaqasi vazifasini o'tab beruvchi Osiyo o'yinlarida muvaffaqiyatli ishtirok etilgan taqdirda, o'zbekistonlik o'smirlar 2026 yilgi IV o'smirlar o'rtasidagi Yozgi Olimpiya o'yinlari ishtirokchisiga aylanadi.

Reyting: +5   

Fikrlar

+1   
19 iyu 19:52:46
Demirbay Deniz
Frend Uzbekistan foydalanuvchining fikriga javob berish
O'zbekiston ham bemalol olimpia o'yinlarini o'tkazaolarkan mana nigeriyada bo'layabdiku dunyoning eng qashshoq mamlakati
Нигерия ялпи ички махсулот хажми буйича жахонда 30-уринда, Узбекистон 67. Фарки борми?
+1   
19 iyu 18:00:51
Hatamov Jahongir
Frend Uzbekistan foydalanuvchining fikriga javob berish
O'zbekiston ham bemalol olimpia o'yinlarini o'tkazaolarkan mana nigeriyada bo'layabdiku dunyoning eng qashshoq mamlakati
Dakar Nigeriya emas, Senegal
   
19 iyu 19:54:46
Demirbay Deniz
Фикр билдиришдан олдин одам деган миясини сал ишлатади. Агар мияси булса албатта. Кутига карамай тушуниб-тушунмай, билиб-билмай коммент ёзадиганлар купайиб кетди
   
19 iyu 18:34:03
nodir sharipov
Yangilikning matnini oʻqib futzal yozgi Olimpiya oʻyinlari dasturiga toʻliq kiritilgan deb oʻylabman:keyin yangilik matnini oʻqib koʻrsam,oʻsmirlar yozgi olimpiada oʻyinlari dasturiga futzal kiritilgan ekan.Yangilik yozadigan muxbirlarimiz ham kalla qoʻyishga rosa usta boʻlib ketishyapti lekin.
   
19 iyu 18:31:01
nodir sharipov
Hatamov Jahongir foydalanuvchining fikriga javob berish
Dakar Nigeriya emas, Senegal
Ha shunday:Abuja Nigeriyaning poytaxti.Dakar Senegalning poytaxti.
   
19 iyu 18:30:05
nodir sharipov
Frend Uzbekistan foydalanuvchining fikriga javob berish
O'zbekiston ham bemalol olimpia o'yinlarini o'tkazaolarkan mana nigeriyada bo'layabdiku dunyoning eng qashshoq mamlakati
Bu qanday gʻalati maʼlumot boʻldi? Nigeriya qashshoq davlat degan gapni kimdan eshitdingiz?Agar Nigeriya qashshoq davlat boʻlsa qanaqasiga har yili bu davlatda 1000-2000 ta film suratga olinadi?Film suratga olish uchun ham katta mablagʻ kerakku.Sizning bu fikringizni qattiq krinj deb eʼlon qilaman.
   
19 iyu 18:03:24
Umurzoqov Begali
Frend Uzbekistan foydalanuvchining fikriga javob berish
O'zbekiston ham bemalol olimpia o'yinlarini o'tkazaolarkan mana nigeriyada bo'layabdiku dunyoning eng qashshoq mamlakati
Kim aytdi eng qashshoq mamlakat deb?
   
19 iyu 17:09:49
Frend Uzbekistan
O'zbekiston ham bemalol olimpia o'yinlarini o'tkazaolarkan mana nigeriyada bo'layabdiku dunyoning eng qashshoq mamlakati
championat.asia
Яндекс.Метрика