Qirg'iziston prezidenti milliy jamoa vakillarini taqdirladi
25 jan 2019 11:23
Yangiliklar


Qirg'iziston prezidenti milliy jamoa vakillarini taqdirladi
Qirg'iziston prezidenti Sooronbay SHaripovich Jeenbekov BAAda o'tayotgan Osiyo Kubogida birinchi marta ishtirok etib, guruh bosqichini muvaffaqiyatli yakunlagan milliy jamoa vakillari bilan uchrashdi.
Qirg'iziston prezidenti Osiyo Kubogida munosib qatnashgan milliy jamoa azolarini maxsus sovg'a va ordenlar bilan taqdirladi.
Terma jamoa bosh murabbiyi Aleksandr Krestininga "Danaker" ordeni topshirildi. Bu mukofot do'stlik, tinchlik o'rnatishda katta xissa qo'shganlar uchun beriladi.
Qirg'iziston futbol federaciyasi prezidenti Sultanov Semetey, terma jamoa futbolchilari Baymatov Azamat, Kashuba Valeriy, Kichin Valeriy, Lyuks Vitaliy va Murzaev Mirlanga "Dank" medali topshirildi. Bu davlat xizmatida sezilarli natijaga erishganlarga beriladi.
Futbolchilarga 2 mln. somlik sertifikat topshirildi va terma jamoaning har bir vakiliga (shifokor, murabbiy va texnik xodimlarga ham) qimmatbaho soat sovg'a qilindi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar